Lokal, mintaqaviy va global tarmoqlar haqida Kompyuterdan turli masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin. Axborot almashish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshqa kompyuterlar bilan umumiy ulanish kerak bo'ladi. Kompyuterlarning o'zaro axborot almashish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmuiga kompyuter tarmoqlari deyiladi.Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa ulangan kompyuterlar va axborot ashyolariga bog'liq.Axborot ashyolari deganda arxiv, kutubxona, fondlar, ma'lumotlar ombori va boshqa axborot tizimlaridagi hujjatlar yig'indisi tushuniladi. Tarmoqdagi kompyuterlarda saqlanayotgan axborot ashyolariga ushbu tarmoqqa ulangan boshqa kompyuterlar yordamida kirish mumkin. Jamiyatning hozirgi bosqichda axborot texnologiyalarining rivojlanishini kompyuter tarmog'isiz tasavvur qilib bo'lmaydi.Kompyuter tarmog'i - bu aloqa kanallari orqali yagona tizimga bog'langan kompyuter va terminallar majmuidir. Tarmoq axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi obyektlar tarmoq obyektlari deyiladi. Tarmoq obyektlari alohida kompyuter, kompyuter kompleksi, ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bo'lishi mumkin. Axborotni territorial joylashuviga qarab kompyuter tarmoqlarini 3 ta asosiy sinfga ajratish mumkin: 1. Global tarmoqlar. 2. Regional (mintaqaviy) tarmoqlar. 3. Lokal (mahalliy) tarmoqlar. Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlarda turli qit'alarda joylashgan obonentlarni birlashtiradi. Obonentlar orasida aloqa bunday tarmoqlarda telefon aloqa liniyalarida, radio aloqa, sputnik aloqa tizimlari asosida amalga oshiriladi. Mintaqaviy kompyuter tarmoqlari bir-biridan ancha uzoqda joylashgan biror bir mintaqaga tegishli obonentlarni birlashtiradi. Misol: biror shahar ichidagi yoki iqtisodiy regionda yoki alohida bir mamlakatda joylashgan obonentlarni birlashtiruvchi tarmoq.Lokal tarmoq kichik bir hududda joylashgan obonentlarni birlashtiradi. Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga bog'langan bo'ladi. Misol: biror korxona yoki tashkilotga mahalliy tarmoqning uzunligini 2-3 km bilan cheklash mumkin.Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloqa kabellari (ba'zan, telefon tizimi yoki radiokanal) orqali amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchilar tarmoqqa ulangan kompyuterlardagi ma'lumotlarni birgalikda qayta ishlash va ma'lumotlarni ayirboshlash va dastur, chop etish qurilmasi, modem va boshqa qurilmalardan birgalikda foydalanish imkoniyatiga ega bo'lishadi.Shuning uchun, bittadan ko'p kompyuterga ega bo'lgan firmalar o'z kompyuterlarini lokal tarmoqqa birlashtiradi. Lokal tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa yaqin bo'lganligi bois, telefon kanallaridan foydalanmasdan axborotni uzatish tezligini oshirish mumkin.Lokal tarmoqda axborotni uzatish uchun axborotni marshrutlash va selektsiyalash lozim bo'ladi.Marshrutlash bu - kerakli manzilga axborot blokini uzatish yo'lini aniqlash jarayonidir.Selektsiyalash - tegishli manzildagi axboroni saralash demakdir. Lokal tarmoqlar axborotni marshrutlash va selektsiyalash usuli bo'yicha ikki sinfga ajratiladi. Lokal tarmoqlar selektsiyalash orqali axborotni bir abonent tizimidan boshqa tizimga uzatishni ta'minlaydi. Ishchi tizimlar katta miqdordagi ma'lumotni saqlash, izlash, murakkab hisoblashlar, modellashtirish, dasturiy ta'minotni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ma'muriyat tizimlari-tarmoqni boshqaradi. Kommunikatsion tizimlar abonent tizimlar orasidagi axborotlarni uzatish uchun marshrutlash va bog'lanishlarni kommutatsiya qilish vazifasini bajaradi. Global, mintaqaviy va lokal tarmoqlarning birlashmasi ko'p tarmoqli iyerarxiyani tashkil etish imkonini beradi. Misol: INTERNET kompyuter tarmoqlari keng tarqalgan ommaviylashgan kompyuter tarmog'idir. ...
![Lokal, mintaqaviy va global tarmoqlar haqida [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image-750x500.webp)
Joylangan
01 Oct 2022 | 13:37:06
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
42.91 KB
Ko'rishlar soni
436 marta
Ko'chirishlar soni
36 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:02
Arxiv ichida: docx
Joylangan
01 Oct 2022 [ 13:37 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
42.91 KB
Ko'rishlar soni
436 marta
Ko'chirishlar soni
36 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:02 ]
Arxiv ichida: docx