Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari Reja: Mа'lumоtlаr bаzаsi (MB), ulаrning xаrаktеristikаlаri MBBT ning arxitekturasi. Ma'lumotlarni tashkil qilish turlari Ma'lumotlar bazasi va ularni amalga oshirish uchun qo'yiladigan talablar. Axborot texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, ma'lumotlarning tez o'zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma'lumotlarni o'z vaqtida qayta ishlash choralarini qidirib topishga undaydi. Ma'lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun ma'lumotlar bazasi (MB)ni yaratish, sungra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo'lib kolmokda. Ma'lumotlar ba'zasi -bu o'zaro bog'langan va tartiblangan ma'lumotlar majmuasi bo'lib u ko'rilayotgan ob'yektlarni xususiyatini, holatini va ob'yektlar urtasidagi munosabatni ma'lum sohada tavsiflaydi. Darhaqiqat, hozirgi kunda inson hayotida MBda kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanish juda muhim rol uynaydi. Sababi: jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o'zimizga kerakli ma'lumotlarni olish uchun, albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo'lamiz. Demak, MB ni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozosi. Ma'lumki, MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma'lumotlardan turli ko'rinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur tuzuvchilar ma'lumotlarini shunday tashkil qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala uchunki o'rinli bo'lardi. Har bir yangi masalani hal qilishda ma'lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi. (Savol: Nima uchun biz inson hayotida MBda kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanish juda muhim rol uynaydi deb aytamiz?) Shuni qayd qilish lozimki, MB ni yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olmok zarur: Birinchidan, ma'lumotlar turi, ko'rinishi, ularni qo'llaydigan dasturlarga bog'lik bo'lmasligi lozim, ya'ni MBga yangi ma'lumotlarni kiritganda yoki ma'lumotlar turini o'zgartirganda, dasturlarni o'zgartirish talab etilmasligi lozim. Ikkinchidan, MB dagi kerakli ma'lumotni bilish yoki izlash uchun biror dastur tuzishga xojat qolmasin. Shuning uchun ham MB ni tashkil etishda ma'lum qonun va qoidalarga amal qilish lozim. Bundan buyon axborot so'zini ma'lumot so'zidan farqlaymiz, ya'ni axborot so'zini umumiy tushuncha sifatida kabo'l qilib, ma'lumot deganda aniq bir belgilangan narsa yoki xodisa sifatlarini nazarda tutamiz. Bugungi kunda ma'lumotlarni eng ishonchli saqlaydigan vositalardan biri esa hozirgi zamon Komp'yuter laridir. Komp'yuter larda saqlanadigan MB-bu maxsus formatga ega bo'lgan muayyan tuzilmali fayl demakdir. Komp'yuter xotirasida har bir fayl, yozuv deb ataladigan bir xil turdagi qismlardan iborat bo'ladi. Yozuv - o'zaro boglangan ma'lumotlarning bir qismidir. Fayldagi yozuvlar soni karalayotgan ma'lumotning o'lchoviga bog'lik. Har bir yozuv esa maydon deb ataladigan bo'laklardan tashkil topadi. Maydon ma'lumotlarning, imkoni boricha, qisqa tuplamidan iborat bo'lishi lozim. Har bir maydon, uzi ifodalaydigan ma'lumotlariga kura, biror nomga ega bo'ladi. Fikrimizni misol bilan ifodalashga harakat kilamiz. Bu misolda 4ta yozuv bo'lib, ularning har biri ...
![Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image-750x500.webp)
Joylangan
01 Oct 2022 | 13:37:06
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.93 KB
Ko'rishlar soni
348 marta
Ko'chirishlar soni
25 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:03
Arxiv ichida: docx
Joylangan
01 Oct 2022 [ 13:37 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.93 KB
Ko'rishlar soni
348 marta
Ko'chirishlar soni
25 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:03 ]
Arxiv ichida: docx