Ma'lumotlar ombori tushunchasi va uning turlari [info-referat]

Ma'lumotlar ombori tushunchasi va uning turlari [info-referat]

O'quvchilarga / Informatika va AT
Ma'lumotlar ombori tushunchasi va uning turlari [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Ma'lumotlar ombori tushunchasi va uning turlari Reja: 1. Ma'lumotlar ombori 2. Obyekt va kattalik 3. Ma'lumotlar omborini boshqarish tizimlari 4. Ma'lumotlarning turlari va tuzilish Ma'lumotlar omborini tashkil etuvchi elementlar turli ko'rinishda bo'lishi mumkin. Eng ko'p tarqalgan va amaliyotda qo'llaniladigan ma'lumotlar matnli fayllar hisoblanadi. Chunki matnli fayllar orqali turli axborotlarni ifodalash va kompyuter xotirasida saqlash mumkin. Kompyuterlar asosidagi axborot texnologiyalarining ko'rinishlaridan biri ma'lumotlar ombori hisoblanadi. Oddiy fayllardan farqli ravishda ma'lumotlar ombori kompyuter xotirasida joylashgan axborotlarni izlash va saralashni amalga oshirish imkoniyati bor. Ma'lumotlar ombori deb, kompyuterning uzoq muddatli xotirasida saqlanayotgan axborotlar va ular ustida aniq bir ishlash usullariga imkon beradigan ma'lumotlar yig'indisiga aytiladi. Ma'lumotlar omborida turli ma'lumotlar saqlanishi mumkin. Masalan, poyezd, samolyot, avtobuslarning harakatlanish jadvali, do'kon yoki ombordagi mahsulotlarning mavjudligi haqidagi ma'lumotlar, talaba, o'qituvchi va xodimlar, shuningdek, kitoblar haqidagi ma'lumot va boshqa ma'lumotlar omboriga misol bo'la oladi. Ma'lumotlar omborini yaratish va uni ishlatish uchun shaxsiy kompyuterdan foydalanish shart emas. Masalan, shifokorning qabulxonasidagi bemorlar kartotekasini ma'lumotlar ombori deb hisoblash mumkin (kartotekalar qog'ozdan yoki kartonlardan foydalanib bajarilgan bo'lishi mumkin). Masalan, shifokor kompyuterda matn fayllarni yaratishni o'rganib, bemorlar kartotekalarini bir nechta fayllarda yozib «kompyuterli» ma'lumotlar omborini hosil qilishi mumkin. Albatta, bunday ma'lumotlar omboridan foydalanilganda bemorlarni hisobga olish va kerakli huijatlarni tayyorlash (bemorga ma'lumotnoma berish, retsept yozish va h.k.) ancha tez bajariladi. Ma'lumotlar omborini axborotlarni kompyuterlashgan shakldagi alohida yig'indisi deb tushunish mumkin. Biror kutubxonadagi barcha kitoblar yoki butun dunyoda chiqayotgan jurnallardagi matematik tadqiqotlar haqidagi barcha maqolalar ro'yxatining jamlanishi ma'lumotlar omboriga misol bo'lishi mumkin. Yer yuzida keng foydalanilayotgan mavjud 300 ma'lumotlar omborlaridan ko'p qismini xususiy kompyuterlarda yaratilgan. Ular omborlarda qanday ma'lumotlarni saqlash, axborotni qanday yig'ish, qanday yangilash va rasmiylashtirish kerakligi masalalarini hal etishgan. Ma'lumotlar omborlari ham ular joylashgan davlatlar kabi turli-tumandir. Ba'zi axborot tizimlari katta emas. Masalan, Avstraliyadagi «Ausinet» tizimi 17 omborga, Amerikaning «DAYALOG» tizimi 150 dan ortiq omborga ega. Ko'pchilik tizimlar o'rtacha o'lchamlarga ega. Shvetsariyaning «Data-Star» tizimi 46, G'arbiy Germaniyaning «INKA» tizimi 42, Fransiyaning «Kestel» tizimi 45, Buyuk Britaniyaning «Pergamon Infolayn» tizimi 35 omborga ega. Ma'lumotlar omboridagi axborotlar bir necha usullar bilan tashkil etilishi mumkin. Ma'lumotlar omborlarining eng sodda va keng tarqalgan shakli jadval ko'rinishidir. Ma'lumotlar omborining bunday ko'rinishi relyatsion omborlar deb ataladi. Relyatsion omborlar aniq sondagi ustunlarga ega bo'lib, ularning hammasi nomlarga ega bo'ladi. Masalan, guruhdagi o'quvchilar haqidagi ba'zi ma'lumotlarni quyidagicha tasvirlash mumkin: 2-jadval Kompyuterdan aksariyat hollarda matnli fayllar (turli xat, referat, she'r va h.k.) ni yaratishda foydalaniladi. Foydalanuvchining tajribasi oshib borgan sari u matnli fayllar o'rnida turli shakldagi va berilgan vazifaiarni bajaruvchi fayllardan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 28.84 KB
Ko'rishlar soni 268 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:03 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 28.84 KB
Ko'rishlar soni 268 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga