Mantiqiy elementlar va sxemalar [info-referat]

Mantiqiy elementlar va sxemalar [info-referat]

O'quvchilarga / Informatika va AT
Mantiqiy elementlar va sxemalar [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

BITIRUV MALAKAVIY ISHI MAVZU : MANTIQIY ELEMENTLAR VA SXEMALAR Mundarija : Kirish 3 I. bob Asosiy qism. 1.1 Raqamli texnikaning mantiqiy asoslari8 1.2 Mantiqiy funksiyalaarning berilish usullari 12 1.3 Mantiqiy sxemalar shakllari14 1.4 Murakkab mantiqiy sxemalar 21 II. bob Xulosa 39 2.1 Foydalanilgan adabiyotlar 40 Kirish Hisoblash texnikasining ilk tarixini tahlil qilar ekanlar, xorijlik ayrim tadqiqotchilar kompyuterning qadimiy o'tmishdoshi sifatida tez-tez abak' deb atalgan mexanik qurilmalarni aytib o'tadilar. Abakka yondashish xato yondashishdan darak beradi, chunki abak avtomatik hisoblash xususiyatiga ega emas, kompyuter uchun esa bu belgilovchi (asosiy) xususiyatdir. Abak - eng birinchi, ilk hisoblash qurilmasi bo'lib, dastlab u tarnovlari bor sopol plastinka shaklida bo'lgan. Tarnovlar ichiga raqamlarni namoyon qiluvchi toshlar taxlangan. Uning paydo bo'lish davri eramizdan avvalgi to'rtinchi ming yillikka to'g'ri keladi. Paydo bo'lish hududi Osiyo hisoblanadi. Asrimiz o'rtasida Yevropada abak kataklarga bo'lingan jadvallar bilan almashtiriladi. Ular yordamida hisoblash chiziqlardagi hisoblar deb atalgan, Rossiyada esa XVI-XVII asrlarda hozir ham ishlatiladigan ilg'or kashfiyot - qo'l hisoblagichlari ham paydo bo'ldi. Shu bilan bir vaqtda hisoblashni avtomatik tarzda bajarishga ega bo'lgan boshqa asbob, soat ham ixtiro etildi. Ishlash tamoyilidan qat'iy nazar, soatlarning hamma turlari (qum, suv, mexanik, elektr, elektron) vaqtning teng bo'laklaridan so'ng ko'chishni yoki signallarni ishlab chiqarish (generatsiya qilish) va bunda ro'y beradigan o'zgarishlarni qayd qilish, ya'ni signallar va ko'chishlarni avtomatik tarzda qo'shib borish qobiliyatiga ega. Bu tamoyil hatto faqat qayd etuvchi uskunasiga ega bo'lgan quyosh soatlarida ham (bunda generator nomini Yer-Quyosh tizimi bajaradi) kuzatiladi. Mexanik soat - vaqtning berilgan teng intervallaridan so'ng ko'chishni avtomatik tarzda bajaruvchi uskuna va bu ko'chishlarni qayd qiluvchi uskunadan iborat asbobdir. Eng dastlabki namunalari XIV asrga mansub va ular monastirlarga tegishli bo'lgan (minora soatlari). Har qanday zamonaviy kompyuterning asosida, xuddi elektron soatlarda bo'lganidek, vaqtning teng intervallaridan so'ng kompyuter tizimidagi hamma uskunalarni harakatga keltirish uchun ishlatiluvchi elektr signallarini ishlab chiqaruvchi taktli generator yotadi. Ilk mexanik manbalar Qo'shish amalini bajaruvchi jahondagi birinchi uskuna mexanik soat asosida yaratilgan edi. 1623 yili uni T'yubingen dorilfununi (Germaniya) sharq tillari kafedrasining professori Vilgelm Shikard yaratdi. Bizning davrimizda uskunaning ishchi modeli chizmalar bo'yicha qayta tiklandi va o'zining ishlay olish qobiliyatini ko'rsatdi. Ixtirochining o'zi esa o'z maktublarida mashinani qo'shiluvchi sonlar deb atagan. 1642 yili fransuz mexanigi Blez Paskal (1623-1662) sonlarni qo'shuvchi ixchamroq uskunani ishlab chiqdi. U asosan Parijlik sudxo'rlar va sarroflar (pul almashuvchilar) uchun seriyali ravishda ishlab chiqarilgan jahondagi birinchi mexanik kalkulyator bo'lib qoldi. 1673 yili nemis faylasufi V.Leybnits (1646-1717) qo'shish va ayirish amallarini ko'p marta takrorlash yo'li bilan ko'paytirish va bo'lish amallarini ham bajaruvchi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 900.67 KB
Ko'rishlar soni 425 marta
Ko'chirishlar soni 29 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 900.67 KB
Ko'rishlar soni 425 marta
Ko'chirishlar soni 29 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga