Marshrutlash protokollari [info-referat]

Marshrutlash protokollari [info-referat]

O'quvchilarga / Informatika va AT
Marshrutlash protokollari [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Marshrutlash protokollari Marshrutlash bu - kerakli manzilga axborot blokini uzatish yo'lini aniqlash jarayonidir. Seleksiyalash - tegishli manzildagi axborotni saralash demakdir. Kompyuter tarmoqlari server (yoki xizmatchi kompyuter), konsentrator (HUB), axborot uzatish kabellari va modemdan tashkil topadi. Server - tarmoq ishini ta'minlovchi maxsus kompyuter. Konsentrator (HUB) - tarmoqda kompyuterlarni o'zaro axborot almashinuvini ta'minlovchi maxsus qurilma. Axborotni uzatish kabellari - tarmoqda axborotni bir kompyuterdan boshqasiga uzatishga xizmat qiladi. Modem - axborotni kompyuterdan uzatish kabeliga o'tkazuvchi maxsus elektron qurilma. Modem modulator va demodulator so'zlari birlashmasidan hosil bo'lgan. Bu qurilma yordamida axborotlar uzatuvchi kompyuterda raqamli ko'rinishdan analog ko'rinishiga aylantiriladi, shuningdek, qabul qiluvchi kompyuterda analog ko'rinishidan raqamli ko'rinishiga aylantiradi. Global, mintaqaviy va mahalliy tarmoqlar birlashmasi ko'p tarmoqli ierarxiyani tashkil etish imkonini beradi. Masalan, Internet kompyuter tarmog'i keng tarqalgan, ommaviylashgan global kompyuter tarmog'idir, ya'ni Internet - bu mihglab local va mintaqaviy kompyuter tarmoqlarini bir butun qilib birlashtiruvchi butun dunyo kompyuter tarmog'i. Uning tarkibiga erkin ravishda birlashgan tarmoqlar kiradi. Internet alohida tarmoqlarni birlashtirgan. Shuning uchun u katta imkoniyatlarga ega. O'zining shaxsiy kompyuteri orqali Internetning ixtiyoriy abonenti axborotni boshqa shaharga uzatishi, Vashington kongressi kutubxonasidagi adabiyotlar katalogini ko'rib chiqishi, Nyu-Yorkdagi metropoliten muzeyining eng so'nggi ko'rgazmasining rasmlari bilan tanishib chiqishi, tarmoqga ulangan abonentlar bilan konferentsiyada yoki o'yinda ishtirok etishi mumkin. Internetning asosiy yacheykasini mahalliy kompyuter tarmoqlari tashkil etadi. Elektron aloqa - bu internetning eng ko'p xizmat ko'rsatish turi bo'lib, ma'lum elektron manzilga axborotni elektron usulda uzatish vositasidir. Kompyuterlarni mahalliy tarmoqga ulashning uch ko'rinishi mavjud: - halqasimon; - shinali; - yulduzsimon. Halqasimon bog'lanishda kompyuterlar yopiq chiziq bo'yicha bog'langan bo'ladi. Tarmoqning kirish qismi chiqish qismi bilan ulangan bo'ladi. Axborot halqa bo'yicha kompyuterdan kompyuterga o'tadi. Tarmoqning shinali bog'lanishida ma'lumotlar uzatuvchi kompyuterdan shina bo'yicha har ikki tomonga uzatiladi. Yulduzsimon bog'lanishda markaziy kompyuter mavjud bo'lib, unga qolgan barcha kompyuterlar boglangan bo'ladi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 11 KB
Ko'rishlar soni 327 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:05 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 11 KB
Ko'rishlar soni 327 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga