Matematik modellashtirish va uning bosqichlari [info-referat]

Matematik modellashtirish va uning bosqichlari [info-referat]

O'quvchilarga / Informatika va AT
Matematik modellashtirish va uning bosqichlari [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Matematik modellashtirish va uning bosqichlari. Reja: Matematik model tushunchasi Matematik model bosqichlari Matematikmodellashtirishaniqfanlardagiturliamaliymasalalarniyechishdamuvaffaqiyatbilanqo'llanibkelinmoqda. Matematikmodellashtirishuslubimasalanixarakterlaydiganuyokibukattaliknimiqdorjihatdanifodalash, so'ngrabog'liqliginio'rganishimkoniyatiniberadi. Uslub asosida matematik model tushunchasi yotadi. Matematik model deb o'rganilayotgan obyektni matematik formula yoki algoritm ko'rinishida ifodalangan xarakteristikalari orasidagi funksional bog'lanishga aytiladi. Kompyuter ixtiro etilganidan so'ng matematik modellashning ahamiyati keskin oshadi. Murakkab texnik, iqtisodiy va ijtimoiy tizimlarni yaratish, so'ngra ularni kompyuterlar yordamida tatbiq etishning haqiqiy imkoniyati paydo bo'ldi. Endilikda obyekt, ya'ni haqiqiy tizim ustida emas, balki uni almashtiruvchi matematik model ustida tajriba o'tkazila boshlandi. Kosmik kemalarning harakat trayektoriyasi, murakkab muhandislik inshootlarini yaratish, transport magistrallarini loyihalash, iqtisodni rivojlantirish va boshqalar bilan bog'liq bo'lgan ulkan hisoblashlarning kompyuterda bajarilishi matematik modellash uslubining samaradorligini tasdiqlaydi. Odatda, matematik model ustida hisoblash tajribasini o'tkazish haqiqiy obyektni tajribada tadqiq etish mumkin bo'lmagan yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo'lmagan hollarda o'tkaziladi. Bunday hisoblash tajribasining natijalari haqiqiy obyekt ustida olib boriladigan tajribaga qaraganda juda aniq emasligini ham hisobga olish kerak. Lekin shunday misollarni keltirish mumkinki, kompyuterda o'tkazilgan hisoblash tajribasi o'rganilayotgan jarayon yoki hodisa haqida ishonchli axborotning yagona manbayi bo'lib xizmat qiladi. Masalan, faqat matematik modellashtirish va kompyuterga hisoblash tajribasini o'tkazish yo'li bilan yadroviy urushning iqlimga ta'siri oqibatlarini oldindan aytib berish mumkin. Kompyuter yadro qurolli urushda mutlaq g'olib bo'lmasligini ko'rsatadi. Kompyuterli tajriba Yer yuzida bunday urush oqibatida ekologik o'zgarishlar, ya'ni haroratning kekin o'zgarishi, atmosferaning changlanishi, qutblardagi muzliklarning erishi ro'y berishi, hatto Yer o'z o'qidan chiqib ketish mumkinligini ko'rsatadi. Matematik modellashda berilgan fizik jarayonlarning matematik ifodalari modellashtiriladi. Matematik model tashqi dunyoning matmatik belgilar bilan ifodalangan qandaydir hodisalari sinfining taqribiy tavsifidir. Matematik model tashqi dunyoni bilish, shuningdek, oldindan aytib berish va boshqarishning kuchli uslubi hisoblanadi. Matematik modelni tahlil qilish o'rganilayotgan hodisaning mohiyatiga singish imkoniyatini beradi. Hodisalarni matematik model yordamida o'rganish to'rt bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich - modelning asosiy obyektlarini bog'lovchi qonunlarni ifodalash. Ikkinchi bosqich - modeldagi matematik masalalarni tekshirish. Uchinchi bosqich - modelning qabul qilingan amaliyot mezonlarini qanoatlantirishini aniqlash. Boshqacha aytganda, modeldan olingan nazariy natijalar bilan olingan obyektni kuzatish natijalari mos kelishi masalasini aniqlash. To'rtinchi bosqich - o'rganilayotgan hodisa haqidagi ma'lumotlarni jamlash orqali modelning navbatdagi tahlilini o'tkazish va uni rivojlantirish, aniqlashtirish. Shunday qilib, modellashtirishning asosiy mazmunini obyektni dastlabki o'rganish asosida modelni tajriba orqali nazariy tahlil qilish, natijalarni obyekt haqidagi ma'lumotlar bilan taqqoslash, modelni tuzatish (takomillashtirish) va shu kabilar tashkil etadi. Matematik model tuzish uchun, dastlab masala rasmiylashtiriladi. Masala mazmuniga mos holda zarur belgilar kiritiladi. So'ngra kattaliklar orasida formula yoki algoritm ko'rinishida yozilgan funksional bog'lanish hosil qilinadi. Aytib o'tilganlarni aniq misolda ko'rib chiqamiz. O'ylagan sonni topish masalasi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.67 KB
Ko'rishlar soni 336 marta
Ko'chirishlar soni 27 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:06 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.67 KB
Ko'rishlar soni 336 marta
Ko'chirishlar soni 27 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga