MathCAD dasturi va unda ishlash [info-referat]

MathCAD dasturi va unda ishlash [info-referat]

O'quvchilarga / Informatika va AT
MathCAD dasturi va unda ishlash [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Mathcad dasturi va unda ishlash Reja: Mathcad 200 dasturi haqida ma'lumot Mathcad 200 dasturining imkoniyatlari Dasturning menyular qatori bilan ishlash Hozirgi vaqtda kompyuterlarda ilmiy-texnikaviy hisoblashlarni bajarishda odatdagi dasturlash tillaridan va elektron jadvallaridan emas, balki Mathematica, MatLab, Maple, Gauss, Reduse, Eureka va boshqa turdagi maxsus matematik dasturlar keng qo'llanilyapti. Matematik paketlar, ayniqsa Mathcad - yuqorida sanab o'tilgan ro'yxat ichida eng mashhur paket bo'lib, ilmiy - texnikaviy soha mutaxassislariga dasturlashning nozik elementlariga e'tibor berilmasdan (masalan:fortran, C, paskal, BASIC va boshqalar kabi) kompyuterda matematik modellashtirishni amalga oshirishga katta yordam beradi. Quyida Mathcad matematik dasturlash muhitida ishlashning yaqqol ajralib turadigan imkoniyatlarini sanab o'tmoqchimiz: Mathcad muhitida matematik ifoda, qabul qilingan ko'rinishda ifodalanadi. Masalan, daraja yuqorida, indeks pastda, integralning yuqori va quyi chegaralari esa an'anaviy joyida turadi. Mathcad muhitida dasturlashni tuzish va ularning bajarilish jarayoni parallel kechadi. Foydalanuvchi Mathcad - hujjatida yangi ifoda kiritar ekan, uning qiymatini bira to'la hisoblash va ifodani kiritishda yo'l qo'yilgan yashiringan xatoliklarni grafigini ko'rish imkoniyati ham mavjud. Mathcad paketi yetarli darajada qudratli matematik apparat bilan qurollanganki, ular orqali tashqi pratseduralarni chaqirmasdan turib paydo bo'ladigan muammolarni hal qilishimiz mumkin. - Mathcad xos bo'lgan ayrim hisoblovchi qurilmalarni sanab o'tmoqchimiz: - Chiziqli va chiziqli bo'lmagan) algebraik tenglama va sistemalarni yechish; - Oddiy differensial tenglama va sistemalarni (Koshi masalasi va chegaraviy masala) yechish; - Xususiy hosilali differensial tenglamalarni yechish; - Berilganlarni static qayta ishlov berish(interpolyatsiya, ekstrapolyatsiya, approksimatsiya va ko'pgina boshqa amallar); - Vektor va matritsalar bilan ishlash (Chiziqli algebra va boshqalar); - Funksional bog'liqlikning maksimum va minimumini izlash. Mathcad paketi matematik va fizik-kimyoviy formulalarga, hamda o'zgarmaslarga asoslangan yordamchi qo'llanmalar bilan boyitilgan. Mathcad paketida turli sohalar bo'yicha electron darsliklar yaratish mumkin. Masalan: oddiy differensial tenglamarni yechish, statistika, termodinamika, boshqaruv nazariyasi, materiallar qarshiligi va boshqalar bunga misol bo'la oladi. Foydalanuvchi o'z oldiga qo'yilgan masalani yechish bilan cheklanibgina qolmay, fizikaviy maslalarni yechishda o'lchovni hisobga olish imkoniyatiga ega. Bunda foydalanuvchi birliklar sistemasini ham tanlashi mumkin. Mathcadmuhitibelgilimatematikaelementlaribilanboyitilganbo'lib, bundamasalaninafaqatsonliyechish, balkianalitikusuldahamyechishgaimkoniyatyaratilgan. Mathcad muhitidan chiqmagan holda boshqa serverdagi hujjatlarni ishlatish va Internet tavsiya qiladigan yuqori informatsion texnologiya imkoniyatlaridan foydalanish mumkin. Mathcad tizimida masalalarni sonli yechish bilan bir qatorda analitik usulda yechish hisobga olingan. Shuning uchun foydalanuvchilar bu dasturdan o'zlari yecha olmagan matematik masalalar uchun tayanch yechim ombori sifatida foydalanishlari mumkin. Bu tizimdan tabiiy fanlar bo'yicha electron darsliklar yaratishda asos dasturiy vosita sifatida foydalanishni tavsiya etish mumkin. Masalan differensial tenglamalarni yechish, statistika,termodinamika, boshqaruv nazariyasi kabi jarayonlarni geometric tasvirlash va animatsiyalar orqali ijro etishni yuqori darajada amalga oshirish mumkin. Mathcad dasturi ishga tushganda quyidagi oynani ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 61.46 KB
Ko'rishlar soni 283 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:06 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 61.46 KB
Ko'rishlar soni 283 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga