Model va modellashtirish asoslari | Boshqarish nazariyasi elementlari | Optimal boshqarish [info-referat]

Model va modellashtirish asoslari | Boshqarish nazariyasi elementlari | Optimal boshqarish [info-referat]

O'quvchilarga / Informatika va AT
Model va modellashtirish asoslari | Boshqarish nazariyasi elementlari | Optimal boshqarish [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Model va modellashtirish asoslari. Boshqarish nazariyasi elementlari.optimal boshqarish Reja: Kibernetika haqida tushuncha Optimal boshqarish Teskari aloqa Jamiyattaraqqiyetgansariboshqariladiganobyektlarsoniko'payib, boshqarishmuammolarimurakkablashibboradi. Murakkab mashina va dastgohlar, korxona va muassasalar, hatto odamning o'zi ham, jamiyat ham boshqarish obyekti hisoblanadi. Bunday obyektlarni kibernetikada murakkab dinamik (harakatdagi) tizimlar deb ataladi. Ana shunday tizimlarni boshqarishga oid umumiy qonunlarni o'rganish, odam qo'liga boshqarish sirlari kalitini topib berish hozirgi kunda eng dolzarb masalalardan biriga aylanadi. Natijada boshqarish fani, ya'ni kibernetika paydo bo'ladi. «Kibernetika» yunoncha so'z bo'lib, o'zbek tilida «darg'a» ya'ni «kema boshqaruvchi» degan ma'noni anglatadi. Boshqarish haqidagi fanning endilikda «kibernetika» deb atalishi ham ana shundan. Hozirgi zamon kibernetikasining paydo bo'lishi Amerika olimi Norbert Viner (1894-1964) nomi bilan bog'liq. Norbert Viner texnik tizimlarda ham, jonli tizimlarda ham axborotlarni boshqarish qonunlari mavjud degan fikrga keladi va 1948-yilda chop etilgan «Kibernetika yoki jonzot va mashinalarda boshqarish hamda aloqa» kitobi bilan bu fanga asos solgan. Jonli organizmni boshqarish sohasidagi muhim kashfiyotlar sizga ma'lum. Mashina mexanizmlarining harakati asosida mexanika qonunlari yotadi. Demak, bir tomondan har xil tizimlar (tabiat, xalq xo'jaligi, jonli organism, mashina mexanizmlar va h.k.) o'ziga xos qonunlarga asosan harakatda bo'ladi, ya'ni har qaysi tizimning o'ziga xos harakat qonunlari bor. Bu tizimlarning har qaysisiga xos qonunlarni fizika, matematika, kimyo, biologiya, meditsina, siyosat, iqtisodiyot kabi mustaqil fanlar o'rganadi. Ikkinchi tomondan, kibernetika fani barcha tizimlarda boshqarish jarayonlarini o'rganishni o'z zimmasiga oladi. Ishlab chiqarish kunlari yuksak taraqqiy etgan jamiyatda faqat jismoniy mehnatgina emas, balki miya vazifalarini axborot miqdori ishlab chiqarish kuchlariga nisbatan yuqori darajada ko'payadi. Natijada, eski usullar bu qadar ko'p axborotni yig'ish va qayta ishlashni ta'minlashga imkon bermaydi. Shu sababli XX asr o'rtalarida kibernetika fani hamda axborotni qayta ishlash quroli bo'lgan elektron hisoblash mashinalari dunyoga keldi. Hozirgi kunda kibernetikaning nazariy asoslari yaratilmoqda va ularni xalq xo'jaligida, fan-texnikada, ta'lim sohalarida qo'llash ishlari olib borilmoqda, elektron hisoblash mashinalari kun sayin takomillashtirilmoqda. Kibernetikaning asosiy tushunchalaridan biri axborotdir. Havo bo'lmasa, odam yashay olmaydi, energiyasiz zavod ishlamaydi, axborotsiz boshqarish bo'lmaydi. Boshqarish uchun axborot yig'ish, uni aloqa kanallarida bir joydan ikkinchi joyga yetkazib berish, qayta ishlash kerak. Kibernetikada sezgi a'zolari (quloq, ko'z, og'iz, teri) yordamida bevosita yoki asboblar vositasida qabul qilingan har qanday ma'lumotga axborot sifatida qaraladi. Kibernetika jonli tabiat, jamiyat va ishlab chiqarishda hosil bo'ladigan jarayonlarni o'rganib, ularni ishlab chiqilgan maqsad va vazifalarga mos holda boshqarishni ta'minlaydi. Kibernetikaning o'ziga xos xususiyatlaridan biri uning turli muhit, sharoit va odam faoliyatining turli sohalarida bo'ladigan jarayonlarni boshqarish asosida yotuvchi qonuniyatlarining umumiyligiga asoslanganligidir. Kibernetika nuqtayi nazaridan barcha jarayonlar boshqarish obyektlaridan iborat murakkab dinamik tizimlarda ro'y ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.2 KB
Ko'rishlar soni 216 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:11 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.2 KB
Ko'rishlar soni 216 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga