MS Accessda jadvallarni o'zaro bog'lash, ma'lumotlarni berilgan shablon bo'yicha izlash va qayta ishlash [info-referat]

MS Accessda jadvallarni o'zaro bog'lash, ma'lumotlarni berilgan shablon bo'yicha izlash va qayta ishlash [info-referat]

O'quvchilarga / Informatika va AT
MS Accessda jadvallarni o'zaro bog'lash, ma'lumotlarni berilgan shablon bo'yicha izlash va qayta ishlash [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

MS Accessda jadvallarni o'zaro bog'lash, ma'lumotlarni berilgan shablon bo'yicha izlash va qayta ishlash Ma'lumotlar omborlarini yaratishdan asosiy maqsad - jamlangan ma'lumotlar ichidan ma'lum bir shart (qoida, shablon, kriteriy) bo'yicha kerakli ma'lumotlarni topish. Masalan, biz 9-sinf o'quvchilari to'g'risida ikki xil jadval tashkil etdik: Umumiy ma'lumotlar va fanlardan olgan Baholari. Endi bu ma'lumotlar ichidan turli kriteriylar bo'yicha kerakli ma'lumotni topishimiz kerak. Bunday kriteriylar quyidagicha bo'lishi mumkin: Algebra, Geometriya va Informatika fanlaridan «5» baho olgan o'quvchilarni aniqlash; Familiyasi «A» harfi bilan boshlanadigan o'quvchilarni aniqlash; O'quvchilar ichida May oyida tug'ilganlarini aniqlash va h.k. Ma'lumki, yuqorida keltirilgan kriteriylarga javob beradigan ma'lumotlar ikkita jadvalda joylashgan. Ikkita turli jadvaldan ma'lum kriteriylar bo'yicha kerakli ma'lumotlarni topish uchun ularni o'zaro bog'lash zarur. O'zaro bog'liq jadvallar Relyatsion jadvallar deyiladi. Relyatsion jadvallardagi bog'lanish jadvallardagi bir xil Kalit maydonlar orqali amalga oshiriladi. Jadvallarni bog'lash, ya'ni Relyatsion jadvallar hosil qilish quyidagicha amalga oshiriladi. Servis (Сервис) menyusining Ma'lumotlar sxemasi (Схема данных) bo'limini tanlaganimizdan so'ng quyidagi oyna hosil bo'ladi (1-rasm). Ushbu oynada ma'lumotlar omborida mavjud jadvallar nomlari aks etgan: Umumiy ma'lumotlar va Baholar. Kursor Baholar va Umumiy ma'lumotlar jadvallari nomlari ustida turganda Qo'shib qo'yish (Добавить), so'ng Yopish (Закрыть) tugmalarini bosamiz va 2-rasmdagi oynani hosil qilamiz. Ikkala jadvalda ham bir xil Tartib raqami nomli Kalit maydoni mavjud. 2-rasmdagi ikkita Kalit maydonlar nomlaridan birini sichqoncha bilan belgilaymiz va sichqoncha tugmasini ushlab turgan holda ikkinchi jadval Kalit maydonining nomi ustiga olib boramiz. Shundan so'ng 3-rasmdagi oyna ochiladi. Bu oynada Hosil qilish (Создать) tugmasini bosamiz. Shundan so'ng 2-rasmdagi oyna 4-rasmdagi ko'rinishga o'tadi. Bu ko'rinishning 2-rasmdagi holatdan farqi - ikkala jadvalning Kalit maydonlari yo'nalish chiziqlari bilan bog'langan. Bog'lanishlar jadvallarda + belgilari orqali ifoda etiladi va belgilar ochilganda quyidagi ko'rinishlar hosil bo'ladi: Shunday qilib, biz ikkita jadvaldan Relyatsion jadvallar hosil qildik. Zaruratga qarab, relyatsion jadvallarni ikkita jadvallar asosidagina emas, balki bir nechta jadvallar asosida ham tashkil etish mumkin. Relyatsion jadvallarni hosil qilishdan asosiy maqsad - ma'lumotlar omboridan ma'lum bir kriteriy bo'yicha kerakli ma'lumotlarni So'rovlar orqali tanlab olishdan iborat. Keyingi darsda So'rovlarni tashkil etish haqida so'z boradi. MS Accessda ma'lumotlarni berilgan shablon bo'yicha izlash va qayta ishlash Oldingi darslarda hosil qilingan ma'lumotlar ombori ikkita jadvaldan iborat edi: birinchi jadvalda o'quvchilar haqidagi umumiy ma'lumotlar, ikkinchi jadvalda - o'quvchilarning fanlardan olgan baholari haqidagi ma'lumotlar. Tayyor ma'lumotlar omboridan kerakli ma'lumotni chaqirib olishning qulay usuli - bu so'rovlarni tashkil etishdir. So'rov - o'zaro bog'langan jadvallardan berilgan shartga muvofiq tanlab olingan satrlardan hosil bo'lgan jadval. Bitta yoki bir nechta o'zaro bog'liq jadvallarga nisbatan bir nechta so'rovlarni tashkil ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 285.9 KB
Ko'rishlar soni 484 marta
Ko'chirishlar soni 46 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:12 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 285.9 KB
Ko'rishlar soni 484 marta
Ko'chirishlar soni 46 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga