Mavzu: Multimedia tizimlari va texnologiyalari. Asosiy tushunchalar. Reja: Multimedia tizimlari va texnologiyalari. Asosiy tushunchalar. Multimedianing rivojlanish tarixi. Multimedia texnologiyalarining asosiy afzalligi 4. Multimediani qo'llanilish sohalari Multimedia tizimlari va texnologiyalari. Asosiy tushunchalar. Multimedia termini multi - ko'p va media - muhit, tashuvchi, muloqot vositasi so'zlaridan tuzilgan. Bu so'zlarni o'zbek tiliga ko'p muhitli kabi tarjima qilish mumkin Multimedia - bu turli kompyuter texnologiyalarining to'plami bo'lib, unda turli shakldagi va ko'rinishdagi ma'lumotlar, masalan, grafika, tekst, video, fotografiya, harakatlanuvchi obrazlar (animatsiya), ovozli effektlar qo'llaniladi. Qoidaga ko'ra multimedia deganda interaktiv dasturiy ta'minot orqali boshqariladigan vizual va audio effektlarning birgalikda qo'llanilishi tushuniladi. Multimedia tushunchasiga bir qancha misol keltiramiz: Multimedia (multimedia) - bu zamonaviy kompyuterli axborot texnologiyalari bo'lib, u kompyuter sitemasida tekst, ovoz, videotasvir, grafik tasvir va animatsiya (multiplikatsiya) ni birgalikda qo'llash imkonini beradi. Multimedia - bu kompyuterda tekst, grafika, animatsiya, raqamli o'zgarmas tasvirlar, video, ovoz, nutq kabi tipli ma'lumotlarni kiritish, qayta ishlash, saqlash almashish va tasvirlash imkonini yaratuvchi texnologiyalar yig'indisidir. Multimedia - bu tasvir va harakatli video, animatsiyali kompyuter grafikasi va matn, nutq va yuqori sifatli ovoz bilan ishlashni ta'minlovchi interaktiv sistemadir. Multimediali - kompyuter - bu multimedia texnologiyalarini amalga oshiruvchi apparat va dasturiy ta'minotiga ega bo'lgan kompyuterdir. Multimedianing rivojlanish tarixi. Multimedia-texnologiyalari informatikaning eng dolzarb va mashxur yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu yo'nalishning asosiy maqsadi tasvir, tekst va matn ovoz, video animatsiya va boshqa tasviriy effektlar (Simulation) kollektsiyasiga ega bo'lgan, hamda interaktiv va boshqa vizual boshqaruv mexanizmiga ega bo'lgan mahsulotlarni yaratishdan iborat. Bu tushuncha 1988 yil yangi texnologiyalarni tadbiq qilish va foydalanish muammolari bilan shug'ullanuvchi yirik YevropaKomissiyasi tomonidan bayon qilingan. 80 - yillar oxirida multimedia - texnologiyalarini gumanitar sohalarda qo'llashga bo'lgan qiziqishlarni oshishi, bevosita atoqli amerikalik kompyuter - biznesmeni Bill Geyts nomi bilan bog'liq. U turli muhitli: tasvir, ovoz, animatsiya va gipermatnli sistema asosidagi multimedia mahsulotlarini yaratish va amaliyotda muvaffaqiyatli qo'llash g'oyasini ilgari surgan (National Art Gallery. London). Aynan mana shu mahsulot o'zida multimedianing quyida keltirilgan 3 ta asosiy prinsipini mujassamlashtirib olgan edi: Ma'lumotlarni inson sezuvchi turli ma'lumot muhitlari kombinatsiyasi yordamida tasvirlash. mahsulotdagi ma'lumotlarni tasvirlashni turli xil liniyalarini mavjudligi (xususan unda ma'lumotni tasvirlash liniyasini mahsulotda mavjud bo'lgan boshqaruv mexanizmi orqali insonni o'zi belgilaydi). Interfeysning badiiy dizayni va navigatsiya vositalari. Multimedia texnologiyalarining asosiy afzalligi Multimedia texnologiyalarining asosiy afzalligi va o'ziga xos xususiyati ma'lumotlarni tasvirlashda faol qo'llaniladigan multimedianing quyidagi imkoniyatlari hisoblanadi: Katta xajmli har xil turdagi ma'lumotlarni bitta tashuvchida saqlash imkoniyati (20 tagacha avtorlik tomlari, 200 va undan ko'proq sifatli tasvirlarni, 30 - 45 minutli vidoyozuv, 7 soatlik ...
![Multimedia tizimlari va texnologiyalari | Asosiy tushunchalar [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image-750x500.webp)
Joylangan
01 Oct 2022 | 13:37:06
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.95 KB
Ko'rishlar soni
358 marta
Ko'chirishlar soni
33 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:14
Arxiv ichida: docx
Joylangan
01 Oct 2022 [ 13:37 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.95 KB
Ko'rishlar soni
358 marta
Ko'chirishlar soni
33 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:14 ]
Arxiv ichida: docx