Ofis dasturlari va ularning yangi imkoniyatlari. Ofis dasturlar paketi va uning tarkibi Reja: Office dasturlar paketi tarkibi. Office dasturlar paketining versiyalari. Microsoft Office vositalari. Amaliy dasturlar foydalanuvchi tomonidan aniq amallar bajarilishini ta'minlaydi. Amallarga misol keltirsak unga matn kiritish, rasm chizish, fototasvirlarni qayta ishlash, illustrasiya, video ma'lumotlarni qayta ishlash, audio ma'lumotlarni qayta ishlash, aloqa o'rnatish, hisob - kitob ishlari kabi amallar misol bo'la oladi Amaliy dasturlardan keng tarqalganlaridan biri Microsoft Office paketidir. Microsoft Office paketi Microsoft firmasi tomonidan ishlab chiqariladi va yer yuzining barcha davlatlarida aynan shu paketdan foydalanib kelinmoqda. Microsoft Office dasturlar paketi o'z ichiga bir necha amaliy dasturlarni mujassamlashtirgan. Bu dasturlarga Microsoft Word matn muharriri, Microsoft Excel elektron jadvali, Microsoft Power Point taqdimotchisi, Microsoft Access ma'lumotlar ombori, Microsoft FrontPage Web sahifalarni tayyorlovchisi va Outlook Express elektron pochta orqali ma'lumotlarni uzatish va qabul qilish maqsadida ishlatiladigan dasturlar kiradi. Yuqorida aytib o'tilgan barcha dastular yoki hech bo'lmaganda bittasi o'rnatilishi kerak bo'lsa u holda Microsoft Office paketi inisializasiya qilinadi. Inisializasiya jarayoni odatda Windows operasion sistemasi o'rnatilgandan keyingina amalga oshiriladi. Sababi o'rnatilishi kerak bo'lgan paket Windows muhitiga moslashtirilgan. Office dasturlarining mavjudligi foydalanuvchini to'liq qondira oladi. Microsoft Office paketini o'rnatishdan oldin, biz o'rnatayotgan kompyuterning xotira zaxirasining mavjudligi, paket tarkibidagi dasturlarning zarurligini va qaysi komponentlarning talab etilishini bilishimiz shart. Inisializasion dastur odatda ancha katta hajmga ega bo'lganligi tufayli arxivlangan holatda kompakt disklarda (CD-R) va mantiqiy disklarda (vinchesterlarda) yozilgan bo'ladi. Office paketining turli versiyalari mavjud. Ularga misol qilib Office 95, OSR, OSR2, malakali foydalanuvchilar uchun Office 97 pro, yuqori interfeysga ega Office 200, Office XP va h.k.z.lar. Yana shuni ta'kidlash joiski, har bir versiya ishlanmasining to keyingi versiya chiqqunicha ularning yangi ishlanmalari tavsiya etib borilgan va Office ning yangi imkoniyatlari qo'shimcha qilib borilgan. Microsoft Office dasturlar paketining rivojlanishi qisqacha quyidagi jadvalda keltirilgan. Officening versiyasi o'zgarishi bilan uning tarkibidagi dasturlarning versiyalari o'zgarib boradi. Har bir versiyaning o'zgarishi, uning imkoniyatining kengaytirilishi, qulay interfeysi va foydalanuvchiga taqdim etilgan qulayliklari bilan farq qiladi. Undan tashqari paket versiyasining o'zgarishi bilan uning hajmi ham kattalashadi, aniqrog'i Office tarkibidagi dasturlarning imkoniyatlari oshgan sari hajmi ham oshadi. Office tarkibidagi dasturlar uning komponentlarini tashkil etadi. Ko'pgina vaqtlarda o'xshash Office paketlari o'xshash kompyuterlarda ornatilgandan so'ng turli hajmlarni egallaydi. Bunga sabab komponentlarning o'rnatilganligidadir, ya'ni har bir komponent o'zining hajmiga ega. Demak paketning qaysi komponentlari yoki dasturlari o'rnatilganligidadir. OFFICE-xp va OFFICE-2003 ikkala versiyadagi dasturlar bir-biridandeyarli farq qilmaydi, faqat OFFICE-2003 ni imkoniyati ko'proq. Shuning uchun OFFICE-2003 dasturlar paketi haqida fikr yuritamiz. OFFICE-2003 dasturlar paketini shaxsiy kompyuterga o'rnatish uchun avvalambot ...
![Ofis dasturlari va ularning yangi imkoniyatlari | Ofis dasturlar paketi va uning tarkibi [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image-750x500.webp)
Joylangan
01 Oct 2022 | 13:37:06
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
151.4 KB
Ko'rishlar soni
369 marta
Ko'chirishlar soni
30 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:17
Arxiv ichida: docx
Joylangan
01 Oct 2022 [ 13:37 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
151.4 KB
Ko'rishlar soni
369 marta
Ko'chirishlar soni
30 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:17 ]
Arxiv ichida: docx