Operasion sistema va uning turlari. Reja: Shaxsiy kompyuterlarning operatsion sistemalari yaratilishi tarixi. Operatsion tizim haqida tushuncha. Operatsion sistema funksiyalari. DOS oilasiga mansub operatsion tizimlar. OS2 oilasiga mansub operatsion tizimlar. UNIX oilasiga mansub operatsion tizimlar. WINDOWS oilasiga mansub operatsion tizimlar. 1.Shaxsiy kompyuterlarning operatsion sistemalari yaratilishi tarixi. Sakkiz razryadli shaxsiy kompyuterlar uchun yaratilgan birinchi operatsion sistema SRM-80 (Control Programm for Microcomputers, ya'ni mikrokompyuterlar uchun boshqaruvchi dasturlar) nomi bilan tanilgan. Uning muallifi Digital Research kompaniyasining prezidenti Geri Kildell bo'lgan. 16 razryadli yangi kompyuterlar yaratish g'oyasini dasturlar yaratuvchi Microsoft (Maykrosoft) kompaniyasining asoschisi va prezidenti, multimilliarder Bill Geyts ilgari surgan. U IBM firmasi bilan hamkorlikda ishlashga rozi bo'ladi. Bill Geyts va Pol Allen BASIC dasturlash tili uchun tarjimon dastur yozishdi va u IBM firmasining MITS Altair kompyuteriga moslashtirildi. Shundan so'ng 16 razryadli kompyuterlar uchun operatsion sistemalar yaratish jadallashdi va 1981 -yilda shaxsiy kompyuterlar uchun birinchi yaratilgan CRM operatsion sistemasining ko'p g'oyalarini o'zida mujassamlashtirgan MS DOS operatsion sistemasi (Microsoft Disk Operation System - Maykrosoft diskli operatsion sistemasi) 1981-yil avgust oyida paydo bo'ldi.MS DOS 64 Kbayt xotiraga ega bo'lgan kompyuterlarga mo'ljallangan bo'lib, o'zi 8 Kbayt xotirani egallar edi. O'sha paytda yetarli deb hisoblangan bunday kompyuter xotirasi hozirgi paytda bir «o'yinchoqqa» aylandi. Chunki hozirgi zamon shaxsiy kompyuterlarining xotirasi bir necha Gigabaytlarga tenglashdi. Turli mualliflar MS DOS ni rivojlantirishni davom ettirib, uning MS DOS 1.1, MS DOS 1.25, MS DOS 2.0, MS DOS 2-11 versiyalarini taklif etishdi va, nihoyat, 1984-yilda MS DOS 3.0 IBM PC AT shaxsiy kompyuteriga 80286 mikroprotsessorga asoslangan, 5.25 dyuymli diskovodda ishlashga mo'ljallangan operatsion sistema yaratildi. 1986-yilda Compaq Computer firmasi 80386 mikroprotsessorga asoslangan IBM kompyuterini chiqardi. IBM firmasi esa 80386 mikroprotsessorga asoslangan PC2 (Personal system - shaxsiy sistema) kompyuterini yaratdi. Bu mikroprotsessor asosida yaratilgan kompyuter nazariy jihatdan bir necha Gbayt xotiraga ega bo'lishi mumkin edi. Ammo MS DOS esa 640 Kbayt xotiraga ega bo'lgan kompyuterlarga moslashgan edi. Shuning uchun MS DOS sistemasini kengaytirish ishlari davom etardi va 1987-yil MS DOS 3.3 yaratilib, u 3.5 dyuymli, ya'ni 1,44 Mbaytli disklar bilan ishlash imkoniyatini berdi. 1987-yili IBM va Microsoft firmasi tomonidan bir vaqtda bir nechta masalalar yechishga qodir bo'lgan OS2 operatsion sistemasi ishlab chiqildi. Ammo u keng tarqalmadi. Chunki o'sha paytda MS DOS 3.3 ning imkoniyatlari ko'pchilikni qoniqtirar edi. Hozir biz keng tarqalgan Windows, Unix, Linux operatsion sistemalaridan keng foydalanayotgan bo'lsak-da, MS Dos o'z kuchini yo'qotdi deya olmaymiz. MS DOS va uning qobiq dasturi hisoblangan Norton Commander sistemalari turli klavishlar va menyulardan iborat komandalar bilan ishlashga mo'ljallangan bo'lishiga ...
![Operasion tizim va uning turlari | DOS, OS2, Windows [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image-750x500.webp)
Joylangan
01 Oct 2022 | 13:37:06
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
66.65 KB
Ko'rishlar soni
311 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:17
Arxiv ichida: docx
Joylangan
01 Oct 2022 [ 13:37 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
66.65 KB
Ko'rishlar soni
311 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:17 ]
Arxiv ichida: docx