Operatorlar, protsedura va funksiyalar [info-referat]

Operatorlar, protsedura va funksiyalar [info-referat]

O'quvchilarga / Informatika va AT
Operatorlar, protsedura va funksiyalar [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

II.OPERATORLAR, PROTSEDURA VA FUNKSIYALAR 2.1.Ma'lumotlarni kiritish va chiqarish operatorlari Biror bir masalani yechishning chiziqli bo'lgan algoritmiga dastur tuzishda algoritmdagi keltirilgan ketma-ketliklar asosida operatorlar yoziladi. Bunday dasturlarni tuzushda asosan o'zgaruvchilar qiymatini kiritish, natijalarni chiqarish va shu bilan birga o'zlashtirish operatorlari ishlatiladi. Dasturdagi o'zgaruvchilar qiymatlarini dastur ichida o'zlashtirish operatori yordamida ham berish mumkin. Lekin dasturda o'zgaruvchi qiymatini tashqaridan kiritish qulaylik tug'diradi va umumiylikni ta'minlaydi. Read operatori o'zgaruvchilar qiymatlarini ekrandan kompyuter xotirasiga kiritish uchun ishlatiladi. U quyidagi ko'rinishlarga ega. Read(c1,c2,,cn); Readln(c1,c2,,cn); Readln; bu yerda c1,c2,,cn - o'zgaruvchilar nomi; ln - qo'shimchasi qiymatni kiritib keyingi qatorga o'tishni bildiradi. Misollar: Read(Sm1,Sm2); Readln(x1,x2,x3); Readln; Bu yerda birinchi operator Sm1 va Sm2 o'zgaruvchilar qiymatini ekrandan kiritadi. Ikkinchi operator esa x1,x2,x3 o'zgaruvchilar qiymatini ekrandan kiritadi va kiritishni keyingi qatorga o'tkazadi. Oxirgi operator esa kiritishni kutadi va qator o'tkazadi. Write operatori oddiy ma'lumotlarni va o'zgaruvchilar qiymatlarini kompyuter ekraniga chiqarish uchun ishlatiladi. U quyidagi ko'rinishlarga ega. Write(c1,c2,,cn); Writeln(c1,c2,,cn); Writeln; bu yerda c1,c2,,cn - oddiy matnlar yoki o'zgaruvchilar nomi; ln - qo'shimchasi chiqarishni keyingi qatorga o'tishni bildiradi. Misollar: Write(Summa); Write('Natija yuk'); Write('Tenglama yechimi x1=', x1, 'x2=', x2); Oddiy ma'lumotlarni chiqarishda ular matn deb qaraladi va u qo'shtirnoq ichida yoziladi. CHiqarish operatori yordamida o'zgaruvchilar qiymatini format ko'rinishda ham berish mumkin: Write(c:m:n); bu yerda s-o'zgaruvchi; m-shu o'zgaruvchi qiymati uzunligi; n-qiymatning kasr qismi va unda n-1 ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 134.77 KB
Ko'rishlar soni 225 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:17 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 134.77 KB
Ko'rishlar soni 225 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga