Operatsion tizimlarda jarayon tushunchasi [info-referat]

Operatsion tizimlarda jarayon tushunchasi [info-referat]

O'quvchilarga / Informatika va AT
Operatsion tizimlarda jarayon tushunchasi [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Operatsion Tizimlarda jarayon tushunchasi. Reja: Jarayon tushunchasi. Jarayon holati Jarayonlar ustidagi amallar Jarayonlarni rejalashtirish Rejalashtirish ko'rsatkichlari va algoritmlari. Operatsion tizimlarning ishini o'rganishda asosiy tushunchalardan biri bo'lib, ustida tizim aniq amallar bajaradigan asosiy dinamik obyektlar sifatida olinadigan jarayonlar hisoblanadi. Jarayon tushunchasi. Oldingi ma'ruzularda, OT tushunchasini qarab o'tganimizda, biz Ko'pincha dastur va to'shiriq so'zlarini Ko'p ishlatdik. Masalan, hisoblash tizimi bitta yoki bir nechta dasturni bajaradi, OT to'shiriqni rejalashtiradi, dasturlar ma'lumotlar almashadi va xokazo. Biz bu so'zlarni umumiy holda ishlatdik va siz xar bir aniq holda nimani tushunayatganingizni taxminan tasavvur qilar edik. Ammo bir xil so'zlar har xil holatda masalan, hisoblash tizimi ishlov bermaydigan statik holatdagi obyektlarni xam (masalan, diskdagi fayllar) va ijro jarayonidagi bo'lgan dinamik holatdagi obyektlarni xam bildirar edi. Bu holat OT lar umumiy xossalari to'g'risida gapirganimizda, ya'ni uning ichki qurilmalari va o'zini tutishiga e'tibor berilmagan holatda mumkin edi. Ammo endi zamonaviy kompyuter tizimlari ishini detallashgan holda o'rganganimizda biz amallarni(terminologiyani) aniqlashttirishimizga to'g'ri keladi. Dastur va to'shiriq terminallari statik, faol bo'lmagan(neaktivniy) obyektlarni tavsiflash uchun ishlatiladi. Dastur esa, bajarilish jarayonida dinamik, faol obyektga aylanadi. Uning ishlashi borasida kompyuter turli komandalarga ishlov beradi va o'zgaruvchilar qiymatlarini o'zgartiradi. Dastur bajarilishi uchun, OT ma'lum son operativ xotira ajratishi, unga kiritish chiqarish qurilmalarni va fayllarni bog'lashi, ya'ni butun hisoblash tizimi resurslari hisobidan ma'lum qismini rezervlab qo'yishi kerak. Ularning soni va konfiguratsiyasi vaqt o'tishi bilan o'zgarishi mumkin. Bunday kompyuter tizimlari ichidagi faol obyektlarni tavsiflash uchun dastur va topshiriq terminlari o'rnmga yangi jarayon terminini ishlatamiz. Jarayon holati. Ko'pincha abiyotlarda soddalashtirish uchun, jarayonni bajarilish vaqtidagi dasturni xarakterlaydigan abstrapena sifatida olish tavsiya etiladi. Jarayon OT boshqaruvi ostida hisoblanadi. Bunday qabul qilishda hisoblash tizimlarida bajariladigan xamma narsa(faqat foydalanuvchi dasturlarigina emas, balki OTning xam ma'lum isimlari xam) jarayonlar to'plami sifatida tashkil qilingandir. Bir prtsessorli kompyuter tizimida vaqtning xar bir momntida faqat bitta jarayon bajarilishi mumkin. Multidasturli hisoblash tizimlarida bir nechta jarayonni 'sevdaparallel qayta ishlash protsessorni bir jarayondan ikkinchisiga o'tkazish yordamida amalga oshiriladi. Bir jarayon bajarilguncha, qolganlari o'z navbvtini kutadi. Ko'rinib turibdiki xar bir jarayon minimum ikki holatda bo'lishi mumkin: Jarayon bajarilmoqda va jarayon bajarilmayapti. Bunday modeldagi jarayonlar holati diagrammasi quyidagi rasmda ko'rsatilgan. Bajarishga olindi ↓ ↓ ↑↑ To'xtatildi Bajarilayatgan holatdagi jarayon, ma'lum vaqtdan so'ng OT tomonidan tugallanishi, yoki to'xtatilishi va yana bajarilmayatgan holatga o'tkazilishi mumkin. Jarayon to'xtatilishi ikkita sabab bilan ro'y berishi mumkin: uni ishini davo ettirishi uchun biror bir hodisa talab etilsa, (masalan, kirish -chiqish operatsiyasini tugallash) yoki OT tomonidan ish jarayon uchun ajratilgan vaqt tugaganda ro'y beradi. Shundan so'ng ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.05 KB
Ko'rishlar soni 298 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:18 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.05 KB
Ko'rishlar soni 298 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga