Photoshop rastrli grafik dasturida ishlash asoslari Reja: Photoshop rastrli grafikasi tushunchasi Photoshop grafik dasturining oynasi Photosho grafik dasturining uskunalari Demak, Adobe Photoshop CS dasturini o'rnatdingiz va ruyxatdan samarali o'tib, birinchi marta uni ishga tushirdingiz. Ekranda dasturning asosiy oynasi hosil bo'ladi. Oynaning markazida asosiy ish bajariladigan hujjat o'rni mavjud bo'lib, unda grafik fayl ishga tushiriladi. Ushbu interfeys Adobe ning barcha dasturlari uchun standart hisoblanadi va Photoshop da interfeysdan foydalangandan so'ng esa, shu firmaning boshqa dasturlarini o'rganishda olingan ko'nikmalarni qo'llash mumkin. Photoshop dasturidan birinchi marta foydalanayotgan bo'lsangiz, boshqa dasturlar bilan ham ishlay olmaysiz va natijada uni o'rganish mushkul ko'rinadi. Aslida hecham qiyin emas - balki bir necha vaqt o'tgandan so'ng Photoshop muhitida ishlashni o'rganib olasiz. Dasturning asosiy oyna tarkibini ko'rib o'tamiz. Menyu satri. Barcha ilovalar uchun standart element hisoblanadi. Unda butun dunyo bo'ylab qabul qilingan standartlar mavjud bo'lib, Photoshop xam bundan mustasno emas, balki u ham File bilan boshlanib Help da tugaydi. File - Ushbu menyu asosan ishning boshida va so'ngida qo'llaniladi, chunki uning ko'pchilik funktciyalari fayllarni yaratish, yuklash, va xotiraga saqlash bilan bog'liq Edit - bu menyuda muharrirlashtirishning asosiy buyruqlari joylashgan. Image - menyusi esa, tasvirlar bilan ishlash uchun yaratilgan. Uning buyruqlari ko'pgina amallarda qo'llaniladi. Layer - qavatlar bilan ishlash. Select - rasm qismini ajratish va o'zgartirish. Filter - bu menyuda filtrlar ko'rsatilgan bo'lib, bir qancha funktciyalarni bajaruvchi Photoshop dasturining qo'shimcha modullaridir. View -interfeysni sozlashning turli ko'rinishi bo'lib, foydalanuvchi o'ziga mos ravishda qo'llaydi. Window - Ushbu menyu yordamida ekrandagi uskunalar panelini va hujjatlarning joylashuvini o'zgartirish mumkin. Help - tizim haqida ma'lumot beruvchi buyruqlar to'plami. Uskunalar paneli. Dasturning Ushbu elementi boshqa barcha buyruqlarga nisbatan ko'pincha qo'llaniladi. Unda uskunalar joylashgan bo'lib, barcha asosiy amallar ular yordamida bajariladi. Ko'pchilik uskunalarda strelka belgisi ko'rsatilganligiga e'tibor bering. Bu esa o'z navbatida, uning tagida qo'shimcha uskunalar paneli joylashganligini bildiradi. Uni ochish uchun uskuna tugmasini sichqoncha bilan belgilab ma'lum vaqt bosib turish lozim. Ushbu paneldan Biron uskuna tugmasi belgilanganda, asosiy panelda hosil bo'ladi. Bu usul panel hajmini qisqartirish maqsadida bajariladi. Parametrlar paneli. Bu yerda barcha o'zgartirilishi mumkin bo'lgan uskunalar parametrlari ko'rsatiladi. Panellar. Kichik hajmdagi oyna bo'lib, unda boshqaruv elementlari guruhlangan va ular maxsus funktciyalarni bajaradi. O'rnatmalar. O'zgarmas holda ular uch ko'rinishda bo'ladi: Browser, Tool Presets, Layer Comps. Ular ko'pincha qo'llaniladigan funktciyalarni yuklash uchun mo'ljallangan. Lekin o'rnatma sifatida xoxlagan panelni qo'llash mumkin, buning uchun panelni o'rnatmalar ro'yxatiga ko'chirishning o'zi kifoya. Piksel - rastrli (rangli chizilgan) ikki o'lchovli grafikada tasvirni o'lchash birligi. Tasvir tarkibidagi nuqtalar bo'lib, nuqtalar birin-ketin o'rnatilib butun ...
![Photoshop rastrli grafik dasturida ishlash asoslari [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image-750x500.webp)
Joylangan
01 Oct 2022 | 13:37:06
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
36.35 KB
Ko'rishlar soni
287 marta
Ko'chirishlar soni
34 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:20
Arxiv ichida: docx
Joylangan
01 Oct 2022 [ 13:37 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
36.35 KB
Ko'rishlar soni
287 marta
Ko'chirishlar soni
34 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:20 ]
Arxiv ichida: docx