Power Point animatsion effektlar [info-referat]

Power Point animatsion effektlar [info-referat]

O'quvchilarga / Informatika va AT
Power Point animatsion effektlar [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

ANIMATSION EFFEKTLAR Animasiya - bu, obyektlar, kameralar, yorug'lik manbalarining o'zaro joyini almashtirish yoki ularning parametrlarini vaqt bo'yicha o'zgarishiga ega bo'lgan vazifa yoki topshiriqdir. Uozirgi paytda komp'yuterli grafika vositalarini qo'llashning ushbu sohasi kuchli rivojlanishni boshdan kechirmokda. Animasion grafika o'zida rang, tasvir va illyustrativ grafika (mashinaviy tasvirlar, illyustrativ matnlar, chizmalar, eskizlar va boshqalar) bilan ishlay olish imkoniyatiga ega. Televizorimiz ekranida xar kuni tomosha qiladigan reklama kliplari, turli mul'tfil'mlarning ko'pchiligi ana shu animasion grafika asosida yaratilgan. Misol uchun Uolt Disney studiyasi tomonidan bundan 50 yil mukaddam yaratilgan «Okkiz va yetti gnomlar» mul'tfil'mi birinchi animasion tasma bo'lgan . Yoki 1991 yilda ushbu kompaniya tomonidan yaratilgan «Soxibjamol va maxluk» mul'tfil'mini ko'pchiligingiz sevib tomosha kilasiz. Animasion effektlarni qo'llash uchun bichimlash uskunalari panelidagi tugmachasi bosiladi. Natijada quyidagi «Effekti animasii» (Animasiya effektlari) uskunalar paneli hosil bo'ladi (9.18-rasm). Ushbu uskunalar panelidagi asosiy elementlar bilan tanishib chiqamiz. 1. Sarlavxa animasiyasi. Bunda animasiya nomi yoziladi. 2. Slayd matnlarining animasiyasi. Matn yozilgan barcha slaydlarni ekranda namoyish etadi. 3. Kirish effekti. Bu piktogrammaga sichqoncha ko'rsatkichi keltirib bosilgandan So'ng, namoyish ekranida belgilarning chiqish tezliklari hosil bo'ladi. Ya'ni, belgilarning ketma-ket tartibda chiqishi ta'minlanadi. 4. Uchish effekti. Belgilarning namoyish ekranida ketma-ket uchib tushishini ta'minlaydi. 5. Kamera effekti. Namoyish slaydining tasvirini ta'minlaydi. 6. Portlash effekti. Bunda slaydga yozilgan axborotlarning ekranda bir marta hosil bo'lib, yuqolish holati ta'minlanadi. 7. Lazerli effekt. Slayddagi yozuvlarning uchish tezligini va turli tomonlardan uchib tushish parametrlarini o'zgartirish piktogrammasidir. 8. Yozuv mashinkasi animasiyasi. Bunda kiritilgan belgilar endi yozilayotgan yozuv mashinkasidagi kabi hosil bo'ladi. 9. Otib tushirish effekti. Bunda yaratilgan slayddagi belgilar biror tugma bosilgungacha yashirinib turadi. 10. Animasiyalarni sozlash. Bu piktogramma animasiyalar parametrlarini o'zgartirish uchun xizmat qiladi. Eslatma: Animasion effektda ishlash uchun: - animasion effekt qo'llanilishi kerak bo'lgan obyekt belgilanadi; - tanlangan animasion effekt tugmacha (piktogramma)si bosiladi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.44 KB
Ko'rishlar soni 228 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:21 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.44 KB
Ko'rishlar soni 228 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga