Power Point taqdimot dasturi | Slaydlar va taqdimotlar [info-referat]

Power Point taqdimot dasturi | Slaydlar va taqdimotlar [info-referat]

O'quvchilarga / Informatika va AT
Power Point taqdimot dasturi | Slaydlar va taqdimotlar [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

PowerPoint taqdimot dasturi. Slaydlar va taqdimotlar. Diplom ishlari, dissertatsiya himoyalari korxona, tashkilot, ta'lim muassasalari taqdimotlari prezentatsiya dasturlari yordamida namoyish etiladi. Bundan tashqari televiziorda namoyish qilinadigan turli reklama roliklari, ko'rsatuvlarda ham Power Point animatsiya effektlaridan foydalaniladi. Power Point taqdimot yaratishga mo'ljallangan dastur bo'lib, Microsoft Office paketi tarkibidagi dastur hisoblanadi. Power Pointda yaratilgan fayl ppt kengaytmali fayl hisoblanadi. Taqdimot (Prezentatsiya) - bu slaydlar ketma-ketligi. Slayd - bu o'zida matn, grafik, rasm, jadval, ovoz va boshqa animatsiya samaralarini mujassam etgan taqdimot varag'i. Power Point dasturi odatda Pusk-Programmi-Microsoft Office-Microsoft Power Point menyular ketma-ketligi orqali ishga tushiriladi. Natijada quyidagi Power Point oynasi hosil bo'ladi. Power Point oynasining asosiy elementlari quyidagilar: 1. Sarlavha satri. Bu satrda sistemali menyu tugmasi, dastur va fayl nomi hamda oynani boshqarish tugmalari o'rin olgan. 2. Menyu satri. Sarlavha satridan keyin menyu qatori joylashib, unda dasturda foydalanish mumkin bo'lgan barcha buyruqlar keltirilgan. Power Point dasturi menyulari quyidagilar: Fayl, Pravka, Vid, Vstavka, Format, Servis, Pokaz slaydov, Okno va Spravka. 3. Asboblar paneli. Keyingi qatorlarda Uskunalar paneli joylashgan. Bu panellarda eng ko'p ishlatiladigan buyruqlar piktogrammalar shaklida joylashtirilgan. 4. Ishchi soha. Bu ish obyekti hisoblanib, slaydni hosil qiladi. 5. Holatlar satri. Bu satrda bajarilayotgan ishlar to'g'risida ma'lumotlar berib borilishi bilan birga ba'zi tugmalar holati aks etadi. Power Point dasturida taqdimot yaratish Power Point dasturida taqdimot yaratish jarayoni shartli ravishda ikki bosqichga bo'linadi: Taqdimotni loyihalashtirish va ma'lumotlarni kiritish; Taqdimot va slaydlar animatsiya samaralarini hosil qilish. Yangi taqdimot yaratishdan oldin yaratmoqchi bo'lgan taqdimot va slaydlarimizning tuzilishini ko'z oldimizga keltirishimiz lozim. Bu taqdimot yaratishda juda muhimdir. Loyihalashtirish va ma'lumotlarni kiritish bosqichida dastlab albatta bitta yangi bo'sh taqdimot hosil qilish lozim. Power Point dasturini ishga tushirganda odatda 1 ta bo'sh slayddan tashkil topgan yangi taqdimot hosil bo'ladi. Agar bunday bo'lmasa, Fayl menyusining Sozdat buyrug'i bosiladi. Natijada quyidagi yangi fayl yaratish paneli hosil bo'ladi: Bu paneldan Novaya prezentatsiya buyrug'i tanlanadi. Shundan so'ng ekranda yangi bo'sh slayd hosil bo'ladi. O'ng tomonda esa Slayd maketlari (Razmetka slayda) paneli paydo bo'ladi: Bu panelda 20 dan ortiq turli xil maket ko'rinishlari joylashgan. Maketlar har xil obyektlardan tashkil topishi mumkin. Masalan, 1 ta slayd matn va rasm, matn va grafik, matn va rasm, matn, jadval va animatsiyali obyekt va hoka'zolardan tashkil topishi mumkin. Umuman olganda slaydga matn, rasm (kartina) grafiklardan tashqari turli xil obyektlar, masalan, jadval, diagrammalarning turli ko'rinishlari, surat, animatsiyali obyektlar, audio va video ma'lumotlar va boshqa ma'lumotlarni joylashtirish mumkin. Har doim Vstavka menyusining Sozdat slayd buyrug'i orqali taqdimotga yangi bo'sh slayd qo'shish mumkin. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 45.62 KB
Ko'rishlar soni 220 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:21 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 45.62 KB
Ko'rishlar soni 220 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga