Power Point taqdimot dasturi | Slaydlar va taqdimotlar yaratish [info-referat]

Power Point taqdimot dasturi | Slaydlar va taqdimotlar yaratish [info-referat]

O'quvchilarga / Informatika va AT
Power Point taqdimot dasturi | Slaydlar va taqdimotlar yaratish [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Power Point taqdimot dasturi. Slaydlar va taqdimotlar yaratish. Powerpoint dasturi MICROSOFT firmasining WINDOWS qobiqi ostida yaratilgan bo'lib, ushbu dastur prezentasiyalar (taqdimot qilish, ya'ni tanishtirish) bilan ishlash uchun eng qulay bo'lgan dasturiy vositalardan biridir. Bu dastur orqali barcha ko'rgazmali qurollarni yaratish va ba'zi joylarda esa ma'lumotlar bazasi sifatida xam qo'llash mumkin. Ayrim xollarda bu dasturdan multimedia vositalarini boshqarish va ularni qo'llab, namoyish etuvchi qurilmalarga yuborish vazifalarini xam bajarish mumkin. Dasturdagi asosiy tushunchalar bu - slayd va prezentasiya tushunchalaridir. Prezentasiya(taqdimot) - yaratilayotgan slaydlar turkumi va uni namoyish etish uchun beriladigan fayl nomi. Masalan: Prezentasiya1 - powerpoint dasturi ochilganda, sarlavxalar qatorida paydo bo'lib, yaratilgan yoki yaratilayotgan taqdimotning ayni vaqtdagi nomi hisoblanadi. Bu nomni keyinchalik o'z xoxishingizga ko'ra almashtirishingiz mumkin. Powerpoint dasturini ishga tushirish. Bu dasturni ishga tushirishni WINDOWS ish stolidan boshlash zarur. Ish stolidagi quyidagi buyruqlarni bajarish orqali dastur ishga tushiriladi: Pusk-Programmo'-microsoftpowerpoint Eslatma: yuqoridagi buyruqlarni bajarish sichqonchaning chap tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi. Powerpoint ishga tushirilganda ekranda 2-rasmda ko'rsatilgan taqdimot yaratish muloqot darchasini ko'rish mumkin. Bu muloqot darchasi orqali taqdimot yaratish turini tanlab olish mumkin bo'ladi. 2-rasmda quyidagi 4 ta asosiy bo'lim berilgan, ularning xar biri haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz. · Master avtosoderjaniya (Avtomundarija ustasi) - ma'ruzachi ismi, familiyasi, mavzu nomi, taqdimot turi, uslubi, rangli chizmasini kiritib, bir necha slayddan iborat bo'lgan tayyor taqdimotni chiqaradi. · Shablon prezentasii (Taqdimot qoliplari) - taqdimotni jihozlash turini tanlash va ularda ish olib borish imkonini beradi. · Pustuyu prezentasiyu (Bo'sh taqdimotni) - mustaqil ravishda taqdimot tuzish imkonini beradi. · Otkrit prezentasiyu (Taqdimotlarni ochish) - kompyuter xotirasida va diskda mavjud bo'lgan ko'rgazmali fayllarni ochadi. Xar bir foydalanuvchi dasturda ish olib borishi uchun yuqoridagi bo'limlardan birini o'z maqsadiga ko'ra tanlab oladi. Dastur ishini bo'sh taqdimotdan xam boshlash mumkin. Buning uchun sichqoncha ko'rsatkichi Pustuyu prezentasiyu (Bo'sh taqdimotni) bo'limiga olib kelinadi va OKtugmasi bosiladi. Bunda quyidagi muloqot darchasi hosil bo'ladi (3-rasm). Bu yerda ko'rsatilgan xar bir slaydni tanlab olish imkoniyati bor. Buning uchun yo'nalish tugmalari yoki sichqonchadan foydalanish mumkin. Muloqot darchasidan kerakli holat, masalan: Pustoy slayd (Bo'sh slayd) ko'rinishi tanlanadi va OK tugmachasi bosiladi. Bu amallar bajarilgandan so'ng powerpoint dasturining asosiy oynasi hosil bo'ladi (4-rasm). U sarlavxalar qatori, gorizontal menyu, uskunalar paneli (standart, bichimlash va rasmlar bilan ishlash), rejim (holat) tugmachalari (slaydlar rejimi, strukturalar rejimi, saralash rejimi, namoyishlar rejimi) va ishchi maydonni o'z ichiga oladi. Powerpoint ekranining pastki chap burchagida ish rejimi va uning turlarini boshqaruvchi tugmachalar (piktogrammalar) guruhi joylashgan. Powerpointdan chiqish uchun Fayl menyusidan Vixod (Chiqish) buyruqi tanlanadi Taqdimotlar yaratish ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.88 KB
Ko'rishlar soni 179 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:21 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.88 KB
Ko'rishlar soni 179 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga