Qattiq jismlarning mexanik xossalari [info-referat]

Qattiq jismlarning mexanik xossalari [info-referat]

O'quvchilarga / Informatika va AT
Qattiq jismlarning mexanik xossalari [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Mavzu:Qattiq jismlarning mexanik xossalari. Moddalarning issiqlikdan kengayishi. Suyuq kristallar. R e j a. 1.Guk qonuni. 2. Mustahkamlik. Mustahkamlik zapasi. 3. Cho'zilish diagrammasi. 4. Moddalarning issiqlikdan kehgayishi. 5 Issiqlikdan kengayishni texnika va turmushda e'tiborga olish. 6. Suyuq kristallar va ularning qo'llanilishi. Qattiq jismlarning deformatsiyasi va mexanik xossalari haqida ota- bobolarimiz ham yaxshigina tushunchaga ega bo'lganlar.Ular o'z bilimlaridan Buxoro, Xiva , Samarqand va boshqa joylarda barpo etilgan tarixiy obidalarni qurishda oqilona foydalanganlar.Inshootlarning og'irligi natijasida yerning deformatsiyalanishi,namlikning va sho'rning ta'siri oldindan hisobga olingan. Shuning uchun ularning ildizlari ya'ni poydevorlari mustahkam qilib qurilgan.Masalan: Buxopoda barpo etilgan bu inshootlarning balandligi 30-40 metr bo'lib, ularning poydevori yer ostida 12 metrni eni esa 2 metrni tashkil qiladi.Bino poydevorining sinch qismida qamish kesmalari qo'yilgan.Qamish kesmalari 50 sm ni tashkil qiladi.Qamish qo'yishdan maqsad shuki, u zax va namning yuqoriga o'tishiga monelik qiladi, ishqalanishni saqlaydi havo o'tkazgich vositasi bo'lib,binoni nurab ketishdan saqlash uchun xizmat qiladi.Ayniqsa inshootlarni qurishda ishlatiladigan g'ishtlarni tayyorlash texnologiyasiga katta etibor berilgan.Ishlatiladigan tuproq bir necha marta elakdan o'tkazilib , uch marta yuvilib tuzdan tozalangach maxsus qoliplarda quyilgan.Tayyor bo'lgan g'ishtlarni pishirishda gullagan yantoqdan foydalanganlar.Gullagan yantoq tarkibida kimyoviy moddalar ko'p bo'lib , g'ishtning mustahkam bo'lishiga katta ta'sir ko'rsatadi.Shuning uchun ham bu inshootlar ming yillardan beri mustahkam qad ko'tarib turibdi. Bizning burchimiz bobolarimiz qurib qoldirgan bu buyuk merosni ko'z qorachig'imizdek asrashdan iborat. Deformatsiyalarning hamma turi uchun ingliz olimi Guk qonunini tadbiq etish mumkin. Guk qonuni quyidagicha ta'riflanadi: elastiklik yo'qolguncha deformatsiya kattaligi kuchga proporsional bo'ladi. Siqadigan yoki cho'zadigan kuch qancha katta bo'lsa jism shuncha ko'p siqiladi yoki cho'ziladi. Guk qonunini cho'zilish deformatsiyasi uchun tadbiq etylik. Simning boshlang'ich uzunli gi L0 , cho'zilgandan keyin gi uzunligi L bo'lsin. L0 L ∆L=L-L0 absalyut uzayish nisbiy uzayish. P Simning yuzasini S desak, P yukni Sga nisbatini olsak mexanik kuchlanishni topamiz. Demak elastiklik yo'qolguncha nisbiy uzayish kuchlanishga proporsional bo'ladi. - kattalik cho'zilish koeffisienti =1Nm2 bo'lganda cho'zilish koffisienti son jihatidan nisbiy uzayishga teng bo'ladi. yoki kattalik elastiklik moduli deb ataladi k- jismning bikrligi bo'lib , Har qanday buyumga qo'yilgan birinchi talab uning mustahkamligidir. Materialning mustahkamligi deb, uning tashqi kuchlarga qarshilik ko'rsatish qobiliyatiga aytiladi. Deformatsiyaga uchragan materialni emira oladigan kuchlanish mustahkamlik chegarasi deyiladi. Mustahkamlik chegarasi yo'l qo'yilgan kuchlanishdan necha marta katta ekanligini ko'rsatuvchi son mustahkamlik zapasi deyiladi. Turli xildagi qurilmalarni lohihalashda materiallarning mustahkamligini hisobga olish kerak. Kuchlanganlik va nisbiy uzayish orasidagi bog'lanishini ko'raylik. Guk qonuni bajariladigan OA qismga elastik deformatsiya mos keladi. Agar tashqi kuch jismdagi kuchlanish elastiklik chgarasidan katta miqdorda bo'lsa, uholda kuch ta'siri to'xtatilgandan so'ng ham ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 389.82 KB
Ko'rishlar soni 236 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:23 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 389.82 KB
Ko'rishlar soni 236 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga