Rakamli tizimlarining tuzilish prinsipi. Analog signaldan rakamli signalga utish. AIM signal xususiyatlari, 1 va 2 tartibli AIM signallar. Elektr aloqa tizimlarida axborotlar signallar yordamida uzatiladi. Axborotlarni kanal bo'yicha uzatish uchun takdim qilish shakli signal deb ataladi. Ishlatilish sohalariga karab va vaqt bo'yicha aniklanishiga ko'ra, signallar 4 turga ajratiladi. 1.1 - rasm. Signal turlari Analogli signal deb, analog signal amplitudasining max va min oraligida cheksiz qiymatlar sonini kabul qilinishiga aytiladi. 1.2 - rasm. Analog signal Diskretli signal deb, cheklangan qiymatlar kabul kiladigan signalga aytiladi. Diskret signal raqamli signal bo'lishi mumkin. ATS texnikasida diskretli signallar ko'p kullaniladi, masalan: registrli va chiziqli raqamli signallar 2 asosli kod ko'rinishida tasvir etiladi. Raqamli signallar ishlatilishi, signallarni raqamli ko'rinishda aniklashga imkon beradi. Raqamli signallar, ikkilamchi signal ko'rinishida tasvir etiladi. Hozirgi paytda elektr aloqada raqamli usulda signallarni uzatish juda ko'p qo'llaniladi. Chunki u analog usulga nisbatan qo'yidagicha bir qancha afzalliklarga ega: - shovqindan himoyalanganlikning yuqoriligi, bu asosan ruxsat etilgan sathlarning soni kam bo'lgan kodlarni qo'llash bilan bog'liq. Raqamli uzatish tizim (RUT)larining yuqori shovqinbardoshliligi, shovqin sathi yuqoriligi tufayli analog uzatish tizim (AUT)lari ishlay olmaydigan aloqa liniyasidan foydalana olish imkonini beradi. Bu quyidagilar bilan bog'liq: - aloqa sifatini liniya uzunligini bog'liq emasligi. Bu raqamli signallarni regeneratsiyalash hisobiga amalga oshadi. Raqamli shaklda amalga oshuvchi tranzitlar xam amalda aloqa sifatini pasaytirmaydi; - diskret axborotlarni uzatishda RUT kanallarini qo'llashning yuqori samaradorligi. hozirgi paytda RUTlar orqali o'zining fizik tabiatiga ega bo'lgan juda ko'p diskret oqimlarni uzatish mumkin. Bunda raqamli signallar kanalning past chastotali tugallanishini chetlab o'tgan holda to'g'ridan-to'g'ri gruhli traktga kirgiziladi. RUTlarda bitta telefon kanalining o'rniga 50-60 Kbits li raqamli oqimlarni uzatish mumkin, AUTlarda esa bitta TCh kanalda 10 Kbits dan oshmagan tezlikdagi oqimni uzatish mumkin; - integral raqamli tarmoqlarni tuzish im koniyati integral aloqa tarmoqlarini qurishda, RUTlari va raqamli signallarni kommutatsiyalash tizimlari asosiy hisoblanadi. Bunday tarmoqlarda tranzit va kommutatsiyalash raqamli usulda amalga oshadi. Raqamli tarmoqlarda barcha apparatura majmualarida yuqori integratsiyalash darajasiga ega bo'lgan integral sxemalar bazasidan foydalaniladi. Yuqori chidamlilikga ega bo'lgan va bir xil prinsipda tuzilgan qurilmalarni qo'llash, tarmoqni boshqarish va uning holatini nazorat qilish, ajratilgan tarmoqning barcha operatsiyalarini yuqori darajada avtomatlashtirish bilan bog'liq bo'lgan masalalarni tarmoqning chidamliligini va mustahkamligini tashkil qilishni ta'minlaydi. RUTlarning eng asosiy kamchiligidan biri, uning keng oraliqligidir. Kanallari chastota bo'yicha ajratilgan AUTlarda bitta TCh kanalni uzatish uchun 4 kGts ajratiladi. Shuning uchun N-kanalli tizimlarning guruhli signalini chastota spektrini kengligi: ΔFkchba=4·N kGts. IKMli RUTlarda guruhli signal spektrining kengligi taxminan taktli chastotaga teng. ΔFIKM=ftfgmN. Mavjud RUTlarda telefon signallari uchun fg=8 ...
![Raqamli tizimlarining tuzilish prinsipi | Analog signaldan raqamli signalga o'tish [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image-750x500.webp)
Joylangan
01 Oct 2022 | 13:37:06
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
174.13 KB
Ko'rishlar soni
159 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:24
Arxiv ichida: doc
Joylangan
01 Oct 2022 [ 13:37 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
174.13 KB
Ko'rishlar soni
159 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:24 ]
Arxiv ichida: doc