SHaxsiy komp'yuter tuzilishining axboriy- mantiqiy asoslari. SHaxsiy komp'yuterlarning funksional-tuzilmaviy tashkil etilishi. Komp'yuterlarning rivojlanish yo'nalishlari. Reja: Mantiqiy amallar va elementlar. Shaxsiy kompyuterlar. EHMning funksional imkoniyatlari. Kompyuterlardan foydalanish texnologiyasining taraqqiyot yo'nalishi. Kelgusida yaratilishi rejalashtirilgan kompyuterlar. Kundalik hayotimizda turli mulohazalardan foydalanamiz. Mulohaza bu -narsa va hodisalarning sifatini anglatuvchi darak gapdir. Mulohazalar sodda va murakkab bo'lishi mumkin. Odatda murakkab mulohazalar sodda mulohazalardan VA, YOKI, kabi bog'lovchilar, EMAS shaklidagi ko'makchilar yordamida tuziladi. Mulohazalarni lotin alifbosi bilan belgilash qabul qilingan. Har bir mulohaza faqat ikkita: rost yoki yolg'on mantiqiy qiymatga ega bo'lishi mumkin. Qulaylik uchun rost ni 1 raqami bilan, yolg'on ni esa, 0 raqami bilan belgilaymiz. Biror shart yoki usul bilan bog'lanmagan hamda, faqat bir holatni ifodalovchi mulohazalar sodda mulohazalar deyiladi. Sodda mulohazalar ustida amallar bajarib, murakkab mulohazalarni hosil qilish mumkin. Quyida sodda mulohazalar ustida bajarilishi mumkin bo'lgan ba'zi amallar bilan tanishamiz. Mantiqiy ko'paytirish amali A va B sodda mulohazalar bir paytda rost bo'lgandagi rost bo'ladigan yangi (murakkab) mulohazani hosil qilish amali mantiqiy ko'paytirish amali deb ataladi. Mantiqiy ko'paytirish amali ikki yoki undan ortiq sodda amallarni VA bog'lovchisi bilan bog'laydi hamda A va B, A^B, kabi ko'rinishlarda yoziladi. Mantiqiy ko'paytirish jadvali yordamida bunday ifodalash mumkin: Mantiqiy qo'shish amali A va B mulohazalarning kamida bittasi rost bo'ladigan yangi (murakkab) mulohazani hosil qilish amali mantiqiy qo'shish amali deb ataladi. Mantiqiy qo'shish amali ikki yoki undan ortiq sodda amallarni YOKI bog'lovchisi bilan bog'laydi hamda A yoki B, A+B kabi ko'rinishlarda yoziladi. Mantiqiy qo'shish amalini jadval ko'rinishida bunday ifodalash mumkin: Mantiqiy inkor amali A mulohaza rost bo'lganda yolg'on, A yolg'on bo'lganda esa rost qiymat oladigan mulohaza hosil qilish amali mantiqiy inkor amali deb ataladi. Mantiqiy inkor amali A EMAS, ko'rinishida yoziladi. Mantiqiy inkor amali jadval ko'rinishida bunday ifodalanadi: Ko'rinib turibdiki, mantiqiy o'zgaruvchilar, munosabatlar, mantiqiy amallar va qavslar yordamida mantiqiy ifodalar hosil qilish mumkin ekan. Mantiqy ifodalarda mantiqiy amallar quyidagi tartibda bajariladi: inkor, mantiqiy ko'paytirish mantiqiy qo'shish. Teng kuchli yoki bir hil amallar ketma-ketligi bajarilayotganda amallar chapdan o'nga qarab, tartib bilan bajariladi; ifodada qavslar ishtirok etgan holda esa dastlab qavslar ichidagi amallar bajariladi. Qavslar ichma-ich joylashgan bo'lsa, dastlab eng ichkaridagi qavslar ichidagi amallar bajariladi. Kompyuterning har qanday mantiqiy amali asosiy mantiqiy vositalar yordamida bajariladi. Elementlarning o'zi oddiy elektr sxemalardan iboratdir. Bunda sxema kirish qismiga kelgan signallar argument deyilsa, unda chiqish nuqtasidagi signallar argumentlarning funksiyasi deyiladi. Sxemaning ma'lum qismida signalning mavjud bo'lishi birni, yo'q bo'lishi nolni ifodalaydi. Mos tushish sxemasi (VA elementi). Mantiqiy ko'paytirishni amalga oshiradigan sxema tuzish masalasi qo'yilgan ...
![Shaxsiy kompyuter tuzilishining axboriy - mantiqiy asoslari [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image-750x500.webp)
Joylangan
01 Oct 2022 | 13:37:06
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
162.56 KB
Ko'rishlar soni
254 marta
Ko'chirishlar soni
38 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:27
Arxiv ichida: docx
Joylangan
01 Oct 2022 [ 13:37 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
162.56 KB
Ko'rishlar soni
254 marta
Ko'chirishlar soni
38 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:27 ]
Arxiv ichida: docx