Shaxsiy kompyuter va uning qurilmalari Reja: Shaxsiy kompyuterlarning asosiy qurilmalari Shaxsiy kompyuterdan foydalanish qoidalari Kompyuterni ishga tayyorlash tartibi Dastlab hisoblash uchun yaratilgan komyuterlarning imkoniyatlari hozirgi kunda behisob desak adashmaymiz. Shunday imkoniyatlarga IBM PC kompyuteri ham egadir. Bu kompyuter mashhur International Businness Mashsines Corporation korxonasining mahsulidir. IBM PC kompyuterlarining AT 386, 486 SX, 486 DX, 586 hamda Pentium turlari Respublikamizda keng tarqalgan. Shuning uchun, quyida IBM PC kompyuteri tavsifini keltiramiz. Ushbu qismda IBM PC kompyuteri asosiy qurilmalari: protsessor, monitor, klaviatura tavsifi batafsil yoritilgan. Yordamchi qurilmalar vazifasi va imkoniyatlari qayd qilingan. Shuningdek, kompyuterdan foydalanish qoidalari, kompyuterni ishga tushirish tartiblari keltirilgan. Shaxsiy kompyuterlarning asosiy qurilmalari IBM PC shaxsiy kompyuteri quyidagi asosiy qurilmalardan tashkil topadi: protsessor; monitor; klaviatura; Bunda, klaviatura belgilarni kompyuterga kiritish, monitor ma'lumotni tasvirlash imkonini beradi. Protsessor esa asosiy qurilma bo'lib, unda mikroprotsessor, operativ xotira, qattiq disk, kontroller, disketalar bilan ishlash uchun qurilmalar va hoka'zolar joylashadi. Kompyuterning NOTEBOOK turi kichik hajmga ega bo'lib, unda protsessor klaviatura ostiga bekitilgan bo'ladi, monitor esa klaviatura kopkogi shaklida qilingan. Bu kompyuter kitobga o'xshashdir. Masalan, SOLO S120 kompyuteri o'lchami 51x300x224 mm va og'irligi maxsus elektr quvvati (batareylar) bilan birga 3,5 kg. Bu kompyuter odatdagi kompyuter kabi ishlaydi. Zarur holda NOTEBOOK ni kompyuter va qo'shimcha qurilmalar bilan ulash mumkin. Hozirgi kunda, NOTEBOOKlar 6 soat mobaynida ishlash imkoniyatiga ega. Shuning uchun ulardan keng foydalanilmoqda. Shaxsiy kompyuterlarning qo'shimcha qurilmalari Kompyuter imkoniyatlarini oshirish maqsadida unga turli qo'shimcha qurilmalar ulanishi mumkin. Bu printer, holat, modem, skaner va hoka'zolardir. Bunda: Printer - ma'lumotni qog'ozga chiqaradi; Holat - ma'lumot kiritilishini yengillashtiruvchi manipulyator; Modem - telefon tarmog'i orqali boshqa kompyuter bilan ma'lumot almashish imkoniyatini beradi; Skaner - qog'ozdagi ma'lumotni kompyuterga tasviriy ravishda kiritadi. Har bir qurilma protsessorda joylashgan mos ulagichga ulanadi yoki o'rnatiladi. Qo'shimcha qurilmani ulashdan avval kompyuterni o'chirish zarur, aks holda kompyuter ishdan chiqishi mumkin. Ba'zi bir qo'shimcha qurilmalarning batafsilroq tafsilotini shu qismning oxirida keltiramiz. Shaxsiy kompyuterdan foydalanish qoidalari Shaxsiy kompyuterni ishga tayyorlash va o'chirish tartiblari mavjud. Dastlab, kompyuterning tarmoq kuchlanishiga mosligini tekshirish kerak. Shaxsiy kompyuterlar 220 yoki 110 kuchlanishli elektr tarmoqlarida ishlashi mumkin. Shaxsiy kompyuterlar uchun kuchlanishning o'zgarishi, ayniqsa keskin o'zgarishlar xavfli bo'lishi mumkin. Shuning uchun, maxsus stabilizatorlardan yoki elektr quvvati uzluksizligini ta'minlovchi - UPS qurilmasidan foydalanish tavsiya etiladi. Maxsus UPS qurilmasi elektr quvvatini o'zgarmas holda ishlab turadi hamda elektr manbai o'chirilgandan keyin muayyan vaqt davomida kompyuter ishlashini ta'minlab turadi. Bu vaqt kompyuterda bajarilayotgan ishlarni tugatish uchun yetarlidir. Masalan, kerakli ma'lumotlarni diskka yozib qo'yish, yoki programmalar ishini tugatish uchun va hokazo. Kompyuterni ishga ...
![Shaxsiy kompyuter va uning qurilmalari [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image-750x500.webp)
Joylangan
01 Oct 2022 | 13:37:06
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.49 KB
Ko'rishlar soni
304 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
01 Oct 2022 [ 13:37 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.49 KB
Ko'rishlar soni
304 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:27 ]
Arxiv ichida: doc