Shaxsiy kompyuterlar tasnifi va tarkibi. Tizimli blok va uning tuzilmasi. Kompyuterda ma'lumotlarni tashkil etish va saqlash. Reja: Shaxsiy kompyuterlar tasnifi va tarkibi. Tizimli blok va uning tuzilmasi. 3. Kompyuterda ma'lumotlarni tashkil etish va saqlash. Informatika - bu axborotning nafaqat umumiy xususiyatlari, balki unga avtomatlashtirilgan ishlov bеrishning uslublari, jarayonlari va tеxnik vositalarini urganuvchi fandir. Avtomatlashtirilgan ishlov bеrish jarayonlarining asosini axborotni yig'ish, talqin qilish, saqlash, qayta ishlash va uzatish tashqil qiladi. Bu jarayonlar xisoblash tеxnikasi, jumladan, EHMlar yordamida amalga oshiriladi. Utgan asrning 40-yillaridan boshlab univеrsal EHMlarning davri boshlandi dеsa bo'ladi. Ularning taraqqiyotini avlodlarga bo'lib urganish tajribasi kеng qullanib kеlingan. Ayni paytda EHMda qullanilgan radiotеxnik elеmеntlar bazasi xamda dasturiy ta'minoti kabi tasnif bеlgilari buyicha avlodlarga ajratishdan xam foydalanilgan. Lеkin yana bir tasnif bеlgisi - EHMning arxitеkturasidagi farqiga qarab xam u yoki bu avlodga ajratish maqsadga muvofiqdir. Bunga oid gapni «bazaviy EHM»ning arxitеkturasi, ya'ni abstrakt modеlidan boshlaymiz. Ushbu EHM tarkibidagi arifmеtik - mantiqiy, boshqarish, xotira, axborotni kiritish va chiqarish kabi qurilmalar uning arxitеkturasini tashkil etadilar. Univеrsal EHMlar arxitеkturasiga qarab quyidagilarga bo'linadi: 1 - avlod mashinalari. Bu kompyuterlar XX 40-yillarida paydo bo'lgan. Edison tomonidan 1883 yil vakuumdagi tuk utkazish mumkinligini kashf kilinganiga karamay. 1904 yili Fleming birinchi vakum diodli elektron lampani qurdi. Keyinchalik Li de Forrest vakuumniy triod kashf etdi, keyin gaz tulatilgan elektron lampa - tiratron kashf kilindi. 30-yillargacha elektron vakumli va gaz tulatilgan lampalar radiotexnikada ishlatilgan. Lekin 1931 yilda ingliz olimi Vinni-Vilyams (fizik eksperimentlar uchun) elektr impulsli tiratron schetchik ishlab chikdi, shu bilan u elektron lampalarga yangi yo'nalish ochib berdi. EXMda elektron lampalar ishlatilishi juda katta muammolar keltirib chiqarardi. Lampalarning uzunligi 7 sm bo'lganligi uchun mashina xajmi juda katta bulardi. Xar 7-8 minutda bir lampa ishdan chiqardi, undagi lampalar 15 - 20 mingta bulishini xisobga olsak kuygan lampani topib almashtirishga juda kup vaqt ketardi. Bundan tashkari ular uzidan juda katta issiklik energiyasi chiqarardi, uni ishga solish uchun maxsus sovutgichlar kerak edi. I avlod kompyuterlariga Mark 1, ENIAC, EDSAC (Electronic Delay Storage Automatic Calculator), UNIVAC (Universal Automatic Computer) misol bo'la oladi. 2- avlod mashinalari. Nyu-York Tayms gazetasining 1948 yilning 1 iyulida Bell telefon laboratoriz firmasi elektron lampa o'rnini bosa oladigan elektron kurilma ishlab chikarganini e'lon qiladi. Fizik-teoretik Djon Bardin va mazkur firmaning eksperimentatori Uolter Braytten birinchi tranzistor yaratishdi. Tranzistorga asoslangan birinchi kompyuterlar 50-yillarning oxirlarida paydo bo'ldi. 60-yillarda tashqi tomondan ancha kichikrok kompyuterlar paydo bo'ldi. Digital Equipment firmasi 1965 yilda birinchi xolodilnikka teng keladigan kiymati atigi 200 $ ni tashkil kiladigan mini-kompyuter PDP-8 yaratdi. Tranzistorning ...
![Shaxsiy kompyuterlar tasnifi va tarkibi Tizimli blok va uning tuzilmasi Kompyuterda ma'lumotlarni tashkil etish va saqlash [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image-750x500.webp)
Joylangan
01 Oct 2022 | 13:37:06
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
155.01 KB
Ko'rishlar soni
274 marta
Ko'chirishlar soni
32 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:27
Arxiv ichida: docx
Joylangan
01 Oct 2022 [ 13:37 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
155.01 KB
Ko'rishlar soni
274 marta
Ko'chirishlar soni
32 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:27 ]
Arxiv ichida: docx