Shaxsiy kompyuterlarni yig'ish uchun kerakli qurilmalarni tanlash Mos keluvchi IBM PC kompyuterlarining jozibadorligi uning arxitekturasini ochiqligidir. Bu jumla bunday kompyuterlar modul tamoyilida yig'ilgan belgini bildiradi, ya'ni uning asosiy qismlari va bo'laklari, bloklari alohida modullar shaklida ishlab chiqilgan. Bunday tarzda yig'ilganda kompyuter tarkibiga kiruvchi yangi uskunalarni o'rnatish yoki eskirganlarini yangilariga almashtirish uncha qiyinchilik tug'dirmaydi. Bunday kompyuterlarni takomillashtirish ulardan foydalanuvchilarning ham imkoniyatlari darajasidadir. 1-rasm. Shaxsiy kompyuter Mos keluvchi IBM PC-shaxsiy kompyuterlari tarkibida uchta asosiy qismni ajratib ko'rsatish mumkin. Bular: tizimli blok, monitor va klaviaturadir. Tizimli blokda kompyuterning hamma elektron qismlari: ta'minot bloki, ona (tizimli) plata va almashtiriluvchi yoki almashtirilmaydigan tashuvchilarni to'plovchi (diskovod)larning uzatmalari joylashtirilgan. Klaviatura kompyuterga ma'lum belgilarni yoki boshqaruvchi signallarni uzatishga imkon beruvchi axborot kiritish standart qurilmasidir. Monitor (yoki displey) ekranda monoxrom yoki rangli, belgili yoki grafika axborotlarni aks ettirish uchun mo'ljallangan yuqorida sanab o'tilgan qismlarning hammasi bir-biri bilan ulash joyi bo'lgan kabellar vositasida birlashtiriladi. 2-rasm. Klaviatura, tizimli blok va monitorning o'zaro aloqasi 2-rasmda har qanday kompyuterning asosiy bloklarini klassik to'plami yoki kompyuter atamashunosligidan foydalanib aytilganda, minimal konfiguratsiyasi: tizimli blok, klaviatura va monitor ko'rsatilgan. Tizimli blok o'z ichiga hisoblashni amalga oshiruvchi va tashqi qurilma bilan aloqani ta'minlovchi hamma bloklarni olgan. Amalda bu biz tilga olayotgan kompyuterning o'zginasidir. 2-rasmda ko'rsatilgan boshqa bloklar tashqi qurilma bo'lib, ular kompyuterlarga axborotni kiritish va chiqarishni ta'minlaydi. 2-rasmda axborotning kompyuterning bloklari orasidagi harakati strelkalar bilan ko'rsatilgan. Klaviaturadan odam klavish (tugmacha)larni bosib kompyuterga yuborayotgan belgilarning siyrak oqimi keladi. Matnni terish yoki tugmachalarni bosish tezligi kamdankam hollarda minutiga 200 belgi dan oshadi, shuning uchun biz axborot oqimini ingichka to'g'ri chizilgan strelka bilan belgiladik. Ba'zi hollarda kompyuter klaviaturaga boshqaruv buyruqlarini yuboradi (2-rasmda ular punktir chiziqlar bilan ko'rsatilgan). Monitor ekraniga chiqariluvchi rasmlar, matnlar, ayniqsa, videofilmlar berilayotgan axborot hajmining sezilarli darajada ko'p bo'lishini talab qiladi. Televizor ekraniga qaraganda tasvirning sifati yaxshiroq bo'lgan professional monitorlarda tizimli blokdan monitorga yuboriladigan axborotning hajmi odatdagi televideniya ko'rsatuvida ekranga yuboriladigan axborot hajmidan bir necha barobar ko'pdir. Shuning uchun ham 2-rasmda bu yo'nalishni ko'rsatuvchi strelka yo'g'on qo'shaloq chiziq ko'rinishida bajarilgan. Xuddi klaviatura uchun bo'lganidek, punktir chiziq bilan kamdan-kam beriladigan boshqaruv buyruqlarining yo'nalishi ko'rsatilgan (bunda monitor faqat kompyuterning dastlabki yuklash paytidagina u bilan xizmat axboroti almashadi deb hisoblash mumkin). Axborot kiritish uskunalariga, shuningdek, kursorning monipulyatori - sichqon kiradi. Sichqon - bu tepa qopqog'ida ikki yoki uchta tugmachasi bo'lgan kichik qutichadir. Sichqon bilan ishlash uchun stol ustida suish kerak. Kompyuter sichqonning harakatlarini kuzatib turadi va monitorning ekranida maxsus ko'rsatkich - kursorning tasvirini u yoki bu tomonga suradi. Sichqonni stol yuzasida ...
![Shaxsiy kompyuterlarni yig'ish uchun kerakli qurilmalarni tanlash [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image-750x500.webp)
Joylangan
01 Oct 2022 | 13:37:06
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
141.62 KB
Ko'rishlar soni
294 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
01 Oct 2022 [ 13:37 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
141.62 KB
Ko'rishlar soni
294 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:27 ]
Arxiv ichida: doc