Shaxsiy kompyuterlarning asosiy bloklari va ulaning vazifalari [info-referat]

Shaxsiy kompyuterlarning asosiy bloklari va ulaning vazifalari [info-referat]

O'quvchilarga / Informatika va AT
Shaxsiy kompyuterlarning asosiy bloklari va ulaning vazifalari [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Shaxsiy kompyuterlarning asosiy bloklari va ulaning vazifalari. Mikprotsessor, sistemali shina, asosiy xotira, tashqi xotira, ta'minot manbai, taymer, tashqi qurilmalar Reja: Shaxsiy kompyuterlarning asosiy bloklari va ulaning vazifalari. Mikprotsessor, sistemali shina, asosiy xotira, tashqi xotira. Kompyuterni elektr tarmoq manbaiga ulash. Kompyuternining tashqi qurilmalari. Tayanch iboralar: Informatika, informatsiya birligi, bit, bayt, kilobayt, megabayt, gigabayt, kompyuter, elektron lampa, tranzistor, integral sxema, mikrosxema, protsessor, xotira, disk, diskovod, disketa, operativ xotira, mikroprotsessor, displey, printer, klaviatura, venchester, sichqon, CD ROM, multimedia, plotter, skaner, modem va hujjatlarni nusxalovchi vositalar. Kompyuterning asosiy va qo'shimcha qurilmalari, ularning ishlash prinsiplari. Kompyuter konfiguratsiyasi. Zamonaviy kompyuterlarning turlari Kompyuterlarning tuzilishi. Yuqorida aytib o'tilganidek zamonaviy kompyuterlarning barchasi fon Neyman tamoyillari asosida yaratilgan, yani ularning barchasi bir xil funksional tuzilmaga ega. Kompyuter konfiguratsiyasi deb uning tarkibiga kiruvchi qurilmalar ro'yxatiga va bu qurilmalarning asosiy parametrlariga aytiladi. Zamonaviy kompyuterlar quyidagi asosiy bloklardan tashkil topadi. Protsessor (tizim) bloki; Monitor; Klaviatura va sichqoncha. Protsessor bloki tarkibiga kamida quyidagi qurilmalar kiradi. Korpus va elektr ta'minoti bloki; Asosiy plata; Mikroprotsessor va uni sovutuvchi kuler; Tezkor xotira; Vinchester turidagi tashqi xotira. Ulardan tashqari, protsessor bloki ichida optik disklar: CD va DVD larni o'qiydigan va ularga ma'lumot yozadigan qurilmalar, videoprotsessor platasi, internetga ulanish uchun turli rusumdagi modemlar, FM radio, oddiy yoki sun'iy yo'ldosh televideniyesini qabul qiluvchi qurilmalar va boshqa shunga o'xshash jihozlar joylanishi mumkin. Kompyuterga ulanadigan boshqa qurilmalar: klaviatura, sichqoncha, joystik, ovoz kuchaytirgich, mikrofon, printer, skaner, foto va video kamera, mobil telefon, flesh xotira, tashqi vinchester, mahalliy kompyuter tarmog'i, internetga ulanish kabeli va boshqa shunga o'xshash qurilmalar protsessor blokiga uning old va orqa tomoniga chiqarilgan ulanish nuqtalariga ulanadi. Kompyuterga ulanadigan, to'g'rirog'i, uning tarkibiga kiruvchi qurilmalar joylashiga ko'ra to'rt toifaga bo'linadi: joylangan, ichki, tashqi va qo'shimcha. Joylangan qurilmalar asosiy plata tarkibiga kiradi. Ichki qurilmalar turli shinalar orqali asosiy plataga ulanadi va kompyuterning protsessor bloki ichida joylashgan bo'ladi. Tashqi qurilmalar deb kompyuterning asosiy konfiguratsiyasi tarkibiga kiruvchi va protsessor blokidan tashqarida joylashgan qurilmalar: klaviatura, sichqoncha, monitor, printer, flesh xotira, ovoz kuchaytirgich kabi qurilmalarga aytiladi. Qo'shimcha qurilmalar deb kompyuterning asosiy konfiguratsiyasi tarkibiga kirmaydigan va protsessor blokidan tashqarida joylashgan qurilmalar: proyektor, skaner, videokamera va boshqalarga aytiladi. Funksional vazifasi (ma'lumotlarni kiritishi va chiqarishiga) ko'ra qurilmalar uch toifaga ajratiladi: kirituvchi, chiqaruvchi, hamda kirituvchi va chiqaruvchi kirituvchi qurilmalar. Masalan, klaviatura kirituvchi, monitor chiqaruvchi, vinchester ham kirituvchi, ham chiqaruvchi qurilmadir Korpus. Kompyuter korpuslari odatda tik va yotiq ko'rinishda bo'ladi. Tik korpuslar Tower (minora) deb ataladi va ularning uchta turi bor: big (katta, balandligi 19 dyuym), midi (o'rta, 16 dyuym), mini (kichik, 13 ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 289.14 KB
Ko'rishlar soni 271 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 289.14 KB
Ko'rishlar soni 271 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga