Shaxsiy kompyuterning dasturiy ta'minoti va turlari [info-referat]

Shaxsiy kompyuterning dasturiy ta'minoti va turlari [info-referat]

O'quvchilarga / Informatika va AT
Shaxsiy kompyuterning dasturiy ta'minoti va turlari [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Shaxsiy kompyuterning dasturiy ta'minoti va uning turlari Reja: Dasturiy ta'minotning turlari Tizimli dasturiy ta'minot Shaxsiy kompyuterlarning turlari Shaxsiy kompyuterning asosiy va atrof qurilmalari Shaxsiy kompyuter ikkita tashkiliy qismlardan iborat: apparat ta'minot (hardware) va dasturiy ta'minot (software)lardir. Apparat ta'minoti - kompyuterning asosiy texnik qismlari va qo'shimcha (atrof) qurilmalaridir. Dasturiy ta'minot-kompyuterning ikkinchi muhim qismi bo'lib, u ma'lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bo'lgan hujjatlarni o'z ichiga oladi. Dasturiy ta'minotsiz har qanday kompyuter bamisoli bir parcha temirga aylanib qoladi. Kompyuterning apparat va dasturiy ta'minoti orasida bog'lanish interfeys deyiladi Kompyuterning turli texnik qismlari orasidagi o'zaro bog'lanish - apparat interfeysi, dasturlar orasidagi o'zaro bog'lanish esa - dasturiy interfeys, apparat qismlari va dasturlar orasidagi o'zaro bog'lanish - apparat dasturiy interfeys deyiladi. Shaxsiy kompyuterlar haqida kompyuter tizimi bilan ishlashda uchinchi ishtirokchini, ya'ni insonni (foydalanuvchini) ham nazarda tutish lozim. Inson kompyuterning xam apparat, xam dasturiy vositalari bilan muloqotda bo'ladi. Insonning dastur bilan va dasturni inson bilan o'zaro muloqoti - foydalanuvchi interfeysi deyiladi. Barcha dasturiy ta'minotlarni uchta kategoriya bo'yicha tasniflash mumkin: -Tizimli dasturiy ta'minot; - amaliy dasturiy ta'minot; - dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari. Tizimli dasturiy ta'minot (Sistem software) - kompyuterning va kompyuter tarmoqlarining ishini ta'minlovchi dasturlar majmuasidir. Amaliy dasturiy ta'minot (Aplication program paskage) - bu aniq bir predmet sohasi bo'yicha ma'lum bir masalalar sinfini yechishga mo'ljallangan dasturlar majmuasidir. Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari - yangi dasturlarni ishlab chiqish jarayonida qo'llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo'lib xizmat qiladi, ya'ni ular dasturlarni ishlab chiqish,saqlash va joriy etishga mo'ljallangan Tizimli dasturiy ta'minot (TDT) quyidagilarni bajarishga qaratilgan: - kompyuterning va kompyuterlar tarmog'ining ishonchli va samarali ishlashini ta'minlash; - kompyuter va kompyuterlar tarmog'i apparat qismining ishini tashkil qilish va profilaktika ishlarini bajarish. Tizimli dasturiy ta'minot ikkita tarkibiy qismdan - asosiy dasturiy ta'minot va yordamchi(xizmat ko'rsatuvchi) dasturiy ta'minotdan iborat. Asosiy dasturiy ta'minot kompyuter bilan birgalikda yetkazib berilsa, xizmat ko'rsatuvchi dasturiy ta'minot alohida, qo'shimcha tarzda olinishi mumkin. Asosiy dasturiy ta'minot (baze software) - bu, kompyuter ishini ta'minlovchi dasturlarining minimal to'plamidan iborat. Ularga quyidagilar kiradi: - operatsion tizim (OT); - tarmoq operatsion tizimi. Yordamchi dasturiy ta'minotga asosiy dasturiy ta'minot imkoniyatlarini kengaytiruvchi va foydalanuvchining ish muhitini (interfeysni) qulayroq tashkil etuvchi dasturlar kiradi. Bular tashxis qiluvchi, kompyuterning ishchanligini oshiruvchi, antivirus, tarmoq ishini ta'minlovchi va boshqa dasturlardir. Shunday qilib, sistemaviy dasturiy ta'minotni sxematik ravishda quyidagicha tasvirlash mumkin. Shaxsiy kompyuterlar (ShK) - hammaboplik va qo'llashda universallik talablarini qoniqtiruvchi, bir kishi foydalanadigan mikro EHMlardir. Shaxsiy kompyuterlar hammaboplik va universallik talablarini qondirishi uchun quyidagi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 296.2 KB
Ko'rishlar soni 311 marta
Ko'chirishlar soni 24 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:28 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 296.2 KB
Ko'rishlar soni 311 marta
Ko'chirishlar soni 24 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga