Slaydlar rejimida ishlash Bu rejimda yangi slayd yaratish, uning belgisini o'zgartirish, slayd matnini terish, taxrir qilish, slaydlarni guruhlash, rang sxemasini o'zgartirish hamda maxsus fon yaratish mumkin. Ushbu rejimda tayyorlangan slayddan bir namunani 9.10-rasmda ko'rib turibsiz. · Yangi slayd yaratish uchun darchaning standart uskunalar panelidagi (9.4-rasm) (Slayd yaratish) tugmachasi bosiladi. · Slayd belgisi, turi, Ko'rinishlarini o'zgartirish uchun darchaning standart uskunalar panelidagi (9.4-rasm) (Slaydni belgilash) tugmachasi bosiladi. · Slaydlarning bezash ishlarini o'zgartirish uchun shu paneldagi Primenit' oformlenie (jihozlash kullanilsin) tugmasi bosiladi. Slaydga matn kiritish va uni taxrir qilish 2 usulda amalga oshiriladi: 1) matn uchun ajratilgan maydonga sichqoncha ko'rsatkichi olib kelib bosiladi va kursor paydo bo'lgandan So'ng matn klaviatura orqali kiritiladi; 2) Sichqoncha ko'rsatkichi «A» tugma (piktogramma)siga olib kelinib bosiladi va kerakli sohaga matn kiritiladi. · Slaydlarni kichraytirish uchun matn bloki tanlanadi yoki obyekt va tanlash markeri chegaralari tanlanadi. · O'zgartirish kiritish uchun sichqonchaning ung tugmachasi bosiladi. Ekranda yordamchi (kontekstli ) menyu hosil bo'ladi (9.11-rasm). Menyudan kerakli rejim tanlab olinadi. Slaydlarni belgilash. Slaydlarni belgilashni kullab rasm, diagramma, jadval yoki Windowsning ixtiyoriy obyektini qo'yishni muljallab slayd tanlash mumkin. Buning uchun «Fayl» menyusidan «Sozdat'» (Yaratish) buyrug'i tanlanadi. Ekranda quyidagi darcha ochiladi (9.12-rasm). Tavsiya kilinayotgan slaydlardan kerakli ko'rinishdagi slayd tanlanadi va tugmasi bosiladi. Savol va topshiriqlar 1. Slaydlar rejimida qanday ishlarni amalga oshirish mumkin? 2. Yangi slayd qanday yaratiladi? 3. Slaydlarni bezash ishlarini amalga oshirish uchun qaysi tugmachalardan foydalaniladi? 4. Slaydga matnni kiritish va taxrirlash usullarini tavsiflab bering. 5. Slaydlarni belgilash deganda nimani tushunasiz? U nima uchun kerak? ...
![Slaydlar rejimida ishlash [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image-750x500.webp)
Joylangan
01 Oct 2022 | 13:37:06
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
53.96 KB
Ko'rishlar soni
264 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
01 Oct 2022 [ 13:37 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
53.96 KB
Ko'rishlar soni
264 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:29 ]
Arxiv ichida: doc