Sun'iy intellect tushunchasi Sun'iy intellekt yordamida masalalarni hal qilishning kaliti yechimni izlashda tanlanadigan variantlar sonini kamaytirishdan iborat. Buning uchun dastur inson fikrlash jarayonida qo'llaydigan prinsiplardan foydalanishi lozim. Duglas B. Lenat «Sun'iy intellekt» tushunchasi dastlab AQSHda paydo bo'ldi va sekin-asta boshqa davlatlarda ham keng qo'llanila boshlandi. 1956- yil AQSHda kompyuter va dasturlash sohasidagi 10 nafar amerikalik yetakchi mutaxassisning birinchi uchrashuvi bo'lib o'tdi. O'sha paytda mutaxassislardan ko'pchiligi yaqin o'n yil ichida sun'iy aql yaratilishi mumkinhgini taxmin qilardi. Chorak asrdan keyin, ya'ni 1981- yili sun'iy intellekt bo'yicha Kanadada bo'lib o'tgan xalqaro konferensiyada birinchi uchrashuvning o'nta qatnashchisidan beshtasi qilingan bashoratlar o'ta optimistik bo'lganligini, muammolar esa anchagina murakkab ekanligini tan olishdi. Shunday bo'lsa-da bu yo'nalishda ko'pgina ilmiy va amaliy natijalarga erishilgani qayd etildi. Hozirgi kunda sun'iy intellektni yaratish bo'yicha ilmiy ishlar ko'pgina davlatlarda olib borilyapti. Intellekt - insonning tafakkur yuritish qobiliyati. Sun'iy intellekt - inson intellektining ba'zi vazifalarini o'zida mujassamlashtirgan avtomatik va avtomatiashtirilgan tizimlar xususiyati. Sun'iy intellekt shaxsning nisbatan barqaror bo'lgan, masalan, axborotni qabul qilish va undan ma'lum masalalarni hal qilishda foydalana olishi kabi aqliy qobiliyatini ifodalaydi. Kompyuterda hal etilayotgan masalalar, hatto ayrimlari anchagina murakkab bo'lsa-da, intellektual hisoblanmaydi. Bu o'rinda maktabda bajariladigan arifmetik amallar intellektual emasmi, degan savol tug'iladi. Bu ifodada masalaga tegishli qandaydir noaniq element mavjud. Bu masalani yechishning aniq algoritmi noma'lumligi yoki mavjud emasligidadir. Qandaydir standart materiallar masalani yechish metodini bilmaydigan o'quvchi uchun javobni izlash, aniq aqliy mehnatni talab qiladigan intellektual amal hisoblanadi. Uslubni bilgan o'quvchi ushbu turdagi masalani avtomatik ravishda yechadi. Shunday qilib, masala qanday murakkab bo'lmasin, agar uni yechishning aniq uslubi (algoritmi) topilgan va mos dasturi ishlab chiqilgan bo'lsa, u ishni intellektual yoki haqiqatdan ijodiy hal qilingan deb hisoblasa bo'ladi. Kompyuter uchun esa odatda bu ishning faqat mexanik amallarni bajarish qismi qoladi. Lekin bu barcha masalalarda ham emas. Shunday vaziyatlar bo'ladiki, masalani yechish algoritmi umuman topilmagan bo'lib, anchagina vaqt sarflaganda ham urn kompyuterda yechib bo'lmaydi. Bunday masalalar kam emas. Bular qatoriga obrazlarni topish, shaxmat o'ynash dasturlarini yaratish, tarjimalarni avtomatlashtirish kabilarni kiritish mumkin. Inson shunday masalalarga duch kelganda u qandaydir yagona yechimni yoki samarali uslubni topishga intilmaydi, balki masalani yechish jarayonida turli uslub va yo'l, axborot manbalaridan foydalanishga harakat qiladi. U mantiq qonunlarini, matematik munosabatlar, murakkab masalani maydaroq masalalarga ajratish yo'llaridan yoki awal uchragan masalalarga o'xshash mulohaza qilishdan foydalanadi. Bir so'z bilan aytganda, bu o'rinda inson fikrlashining moslashuvchanligi va ko'p tomonlamaligi namoyon bo'ladi. Sun'iy intellekt sohasidagi ishlar, asosan, kompyuterni hozircha kam egallagan uslub va usullardan samaraliroq foydalanishga «o'rgatish»dan iborat. Hozirgi kunda bu ...
![Sun'iy intellekt tushunchasi [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image-750x500.webp)
Joylangan
01 Oct 2022 | 13:37:06
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
26.71 KB
Ko'rishlar soni
394 marta
Ko'chirishlar soni
51 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:31
Arxiv ichida: docx
Joylangan
01 Oct 2022 [ 13:37 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
26.71 KB
Ko'rishlar soni
394 marta
Ko'chirishlar soni
51 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:31 ]
Arxiv ichida: docx