Tarmoq marshrutizatsiyasi umumiy tushuncha [info-referat]

Tarmoq marshrutizatsiyasi umumiy tushuncha [info-referat]

O'quvchilarga / Informatika va AT
Tarmoq marshrutizatsiyasi umumiy tushuncha [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Tarmoq marshrutizatsiyasi haqida umumiy tushuncha REJA: Marshrutizator haqida Marshrutizator portlari. Marshrutizator turlari. Marshrutizator yoki router - bu ikki va undan ortiq turli xildagi tarmoqni bir-biri bilan bog'lab beruvchi qurilmadir. Marshrutizator dastur va qurilma ko'rinishida bo'ladi. Dastur ko'rinishidagi marshrutizator oddiy shaxsiy kompyuterga o'rnatilgan va unga ikkita turli tarmoq ulangan bo'ladi. Bu ko'rinishdagi marshrutizator bizdan ortiqcha mablag' talab qilmasada, ishonchli hisoblanmaydi. Chunki kompyuterni har doim ham yoqig' holatda saqlab bo'lmaydi. Shuning uchun ham qurilma ko'rinishidagi routerlar afzaldir. Eng sodda routerda, kamida 2 ta port mavjud bo'ladi. Biri WAN port hisoblansa, ikkinchisi LAN port hisoblanadi. WAN portga turli tehnologiyalarga mansub tarmoq - xDSL, Frame Relay, ATM va boshqa kabilar ulanishi mumkin. LAN portga Ethernet texnologiyasiga tegishli tarmoq ulanadi. Hozirgi kunda router ishlab chiqaruvchi firmalar soni kundan kunga ko'payib bormoqda. Cisco, Tp-link, D-link, Tenda, Zyxell, Fast, Telmax va boshqalar shular jumlasidandir. Endi routerning ishlash prinsipini ko'rib chiqsak. Siz xonadoningizga o'rnatadigan ADSL modemlar ham router hisoblanadi. Bu modemlar ko'pi bilan 8 Mbits tezlikni ko'tarib bera oladi. Ammo hozirgi abonent liniya tarmoqlari bu tezlikni ko'tarmaydi. Boshqariladigan routerlar nafaqat ikki tarmoqni bir biri bilan bog'lab beradi, balki sizning lokal tarmog'ingizni tashqi hujumlardan himoya vazifasini ham bajarib beradi. Ularda tarmoq ekrani - firewallar mavjud bo'lib, ular yordamida sizning tarmog'ingizga ruhsatlarni berishi mumkin. Shu bilan birga router sotib olayotganingizda, uning Wi-fi router ekanligiga e'tibor bering. Chunki xonadoningizda wi-fi bilan ishlay oladigan qurilmalar mavjudligi yoki bo'lmasam kelajakda albatta sotib olishingiz mumkinligini inobatga oling. Router marshrutizasiya jadvaliga asoslangan holda ishlaydi. U ikki hil ko'rinishda bo'ladi: dinamik marshrutizasiya va static marshrutizasiya. Dinamik marshrutizasiya, ko'rinishidan qulay, uni sozlash shart emas. U o'ziga ulangan barcha qurilmalar tog'risida ma'lumotni saqlaydi. Vaqti - vaqti bilan tarmoqqa paketlar jo'natib turadi va ulardan qaytgan javob orqali tarmoqni xotirasida quradi. Ammo bu routerni ko'proq ishlashiga sabab bo'ladi(yuklama ko'payadi). Havsizklik jihatda ham mukammal deb bo'lmaydi. Statik marshrutizasiya esa tarmoq havfsizligining barcha talablariga javob beradi. Unda tarmoq marshruti avvaldan yozib qo'yiladi. Barcha paketlar ushbu route bo'yicha harakat qiladi. HUB - tarmoqqa ulanishga qobil qurilmalarni birlashtirib, mahalliy tarmoq hosil qilishda qo'llaniladigan eng oddiy qurilma. Misol bilan tushuntiradigan bo'lsak, kichik ofisdagi 2 ta PC, 1 ta Printerdan iborat tarmoq hosil qilish uchun, har biriga IP address berib, so'ng tarmoq kabeli bilan HUBga ulansa, 3 ta qurilmadan iborat kichik tarmoq yuzaga keladi. Eng oddiy qurilma deyilganiga sabab esa, Switch va Routerlardan farqli o'laroq, Hub marshrutizatsiya, IP Address taqsimlash kabilarni amalga oshirolmaydi. Bu uning asosiy kamchiligi - tarmoqda shovqinning oshib ketishiga sababdir. Yana misol - ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 53.6 KB
Ko'rishlar soni 185 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:32 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 53.6 KB
Ko'rishlar soni 185 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga