Telekommunikatsiya tarmoqlari haqida umumiy tushunchalar [info-referat]

Telekommunikatsiya tarmoqlari haqida umumiy tushunchalar [info-referat]

O'quvchilarga / Informatika va AT
Telekommunikatsiya tarmoqlari haqida umumiy tushunchalar [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Telekommunikatsiya tarmoqlari haqida umumiy tushunchalar Aloqa tarmoqlari o'z ichiga quyidagilarni oladi. (2.1-rasm). Axborotni uzatish tizimi (liniya va apparatura); Kommutatsiya tizimi (uskunasi); Oxirlash uskunasi. 2.1-rasm. Aloqa tarmoqlari. OU - oxirgi uskuna; AUT - axborotni uzatish tizimi; KT - kommutatsiya tizimi. Kapital xarajatlar bo'yicha eng katta sarf-xarajatlar liniya tarmoqlari va axborotlarni uzatish apparaturalari egallaydi, shuning uchun tarmoqlar tuzilishini tanlashda optimal variantni tanlash asosiy rollardan biridir. Tarmoqlar tugunlardan (zanjirlar, kanallar, kommunikatsiya manzillaridan) va bu tugunlarni bir biri bilan bog'lash uchun qo'llanadigan aloqa liniyalaridan tashkil topadi. Odatda aloqa tarmoqlarini da uni iqtisodli puxtalik bilan qurib yaratishga intilinadi. Tarmoq puxtaligi odatda tarmoq turi, tomonlarga tarqalishi va tarqatilgan uchastkalarda turli xil aloqa liniyalarni qo'llash va qurish bilan erishiladi. Bunday liniyalarda kerakli aloqa kanallari aylanma va zaxira yo'llari bilan tashkil qilinadi. Iloji boricha har bir tugun boshqa tugunlar bilan ikki-uchta bir biriga bog'liq bo'lmagan yo'llar bilan bog'lanishi kerak. Bunda tarmoqlar qurilishi iloji boricha qisqa vaqtda bajarilishi lozim. Tarmoq tuzilishi bir necha variantlardagi tarkibiy tuzilishga egadir. a) b) v) 2.2-rasm. Aloqa tarmoqlarining tuzilish variantlari: a)to'g'ridan-to'g'ri bog'lanishli 6) tugun bog'lanishli; v) radial bog'lanishli. To'g'ridan-to'g'ri bog'langan «har biri bilan yoki to'liq» bunday holatda har qanday tugun boshqa tugun bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'lanadi. (2.2a-rasm); Tugunlashtirilgan - holatda bir necha manzilgohlar tugunlarga guruhlanib, ular bir biri bilan bog'lanadi (2.2b-rasm) Radial (yulduzsimon) - da tugun bitta markazda bo'lib, u liniyalar bilan radius bo'yicha boshqa manzilgoxlar bilan bog'lanadi (2.2v-rasm) Keltirilgan aloqa tarmoqlarning tuzilish variantlaridan shuni ko'rish mumkinki, har bir manzilgoxlarni to'g'ridan - to'g'ri bog'lanish varianti o'ta mustahkam hisoblanadi, ammo texnik-iqtisod tomonidan o'zini oqlamaydi, chunki unda juda ham ko'p bog'lovchi liniyalar mavjud. Tugunli bog'lanish varianti ham iqtisod tomonidan o'zini oqlamaydi. Bu variantlardan eng ishonchlisi radial varianti bo'ladi, ammo unda hech qanday zahira yo'llari yo'q shuning uchun u aloqani uzluksiz ishlashini ta'minlay olmaydi. Bu variantlardan eng yaxshi natija radial va tugunli tizimlarni birlashgan varianti hisoblanadi. Bunday tizimlar yordamida tarmoqlashtiruvchi, uzluksiz tizim yaratilib, u o'z navbatida iqtisodli aloqa tarmog'ini yaratishga imkon beradi.(2.3a-rasm) 2.3-rasm. Aloqa tarmoqlarini tarkibiy tuzilishi: a) radial tugunlashgan; b) aloqa to'r tuzilishi; v)panjarali tuzilish. Bunday tizimda bir xil tarkibli aloqa tugunlari aloqa liniyalari yordamida bir biri bilan bog'lanishidan tashqari o'zidan bir pog'ona kichik bo'lgan aloqa tugunlari bilan ham bog'langan, bundan tashqari bu tugunlar aylanma yo'llar bilan ham bog'langandir. Har doim aloqa to'g'ri hosil qilishda, iloji boricha har bir aloqa tuguni o'ziga yaqin bo'lgan tugun bilan bog'lanishi kerak, bu holatda aylanma va zahira yo'llar hosil bo'ladi, va ular yordamida tugunlarga chiqish uchun ikki uchtata bir-biriga bog'liq bo'lmagan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 369.25 KB
Ko'rishlar soni 34067 marta
Ko'chirishlar soni 3461 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:33 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 369.25 KB
Ko'rishlar soni 34067 marta
Ko'chirishlar soni 3461 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga