Texnika xavfsizligi qoidalari [info-referat]

Texnika xavfsizligi qoidalari [info-referat]

O'quvchilarga / Informatika va AT
Texnika xavfsizligi qoidalari [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Texnika xavfsizligi qoidalari Laboratoriyalarda ishlashdan oldin texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishish lozim. Har bir laboratoriya xodimi o'z ish stolida tozalikka va tartibga rioya qilishi lozim. Laboratoriyada faqat xalatda ishlash mumkin. Laboratoriyada tinchlikni saqlab, astoydil, ozoda, shoshmasdan ishlash kerak. Ish joyini sumka, portfel, ortiqcha narsalar bilan to'ldirib tashlash mumkin emas. 2.Ish boshlashdan oldin laboratoriya asbob va apparatlarining tuzilishi va ta'sir prinsiplari bilan tanishish lozim. 3.O'qituvchining ko'rsatmasisiz hech qanday qo'shimcha tajribalar o'tkazmang. 4. Laboratoriya mashg'ulotlarida foydalaniladigan elektr asboblari lokal tebranishli elektromagnit nurlanish va issiqlik hosil qiladi. Ular bilan ishlashda ularni nazoratsiz qolmasligiga etibor bering. 5. Laboratoriyada ovqatlanish mumkin emas. 6. Darz ketgan yoki cheti uchgan laboratoriya idishlaridan foydalanish qatiyan taqiqlanadi. 7. Tajriba o'tkazish yakunlangach foydalanilgan idishlarni sovunli yoki kuchsiz ishqoriy eritmali suvda tozalab yuvish zarur. 8. Ish oxirida suvni, elektr isitish asboblari va uskunalarini o'chirish kerak. Reaktivlar bilan ishlash qoidalari Barcha laboratoriya reaktivlari shaxsiy etiketkasiga ega bo'lishi shart. Eritma yoki reaktivdan foydalangandan keyin darhol flakonni probka bilan berkitish lozim, chalkashtirib yubormaslik uchun. Ularni kitob yoki daftar ustiga qo'yish mumkin emas. Kimyoviy moddalarni qo'l bilan ushlash va tamini tekshirish mumkin emas. Moddalarni tekshirish quyidagicha: ko'krak bilan to'liq nafas olmasdan, kaftni silkitib havoni o'zingizga yuborish orqali amalga oshiriladi. Zaharli moddalar bilan faqat havo tortadigan shkaflarda ishlash mumkin. Kontsentrlangan kislota va ishqorlarni ehtiyotlik bilan havo tortadigan shkafga qo'yish kerak, ish stoliga olib o'tish mumkin emas. Kislota ishqor va boshqa zaharli moddalarni faqat rezinali grusha yoki shpritslar yordamida pipetkaga to'ldirish mumkin. Baxtsiz hodisalar vaqtida tezda o'qituvchiga yoki navbatchi laborantga xabar berish lozim. Laboratoriyada tibbiyot aptechkasi bo'lishi lozim. Laboratoriya hayvonlari bilan ishlash Laboratoriya hayvonlaridan hayvonning u yoki bu ichki a'zolarining fiziologik, anatomik funksiyalarini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Hozirgi vaqtda laboratoriyalarda oq sichqon, oq kalamush, dengiz cho'chqasi, quyon kabilar ko'proq foydalaniladi. Hayvon qafasini tozalayotganda, ularni ovqatlantirayotganda, laboratoriya mashg'ulotlariga tayyorlash vaqtida ehtiyotsizlik qilinganda hayvon jarohat etkazishi mumkin. Yoki hayvonni ichki organlarini ajratishda xloroform yoki efirda narkoz qilinganda laboratoriya xodimining o'zi ham bu moddalarni hidlash orqali uning asab va nafas olish organlariga zararli ta'sir ko'rsatadi. Buning oldini olish uchun doimo niqob va qo'lqoplarda xalatda ishlash lozim. Tajribalar yakunida qo'lni yaxshilab sovun va spirtda tozalash lozim. Asbob-uskunalar bilan ishlash qoidalari: Tarozilar bilan ishlash. Texnik va kimyoviy tarozilardan tashqari havoda og'ir buyumlarni o'lchaydigan ilmiy tadqiqot isharida foydalaniladigan tarozilar ham bor. Bundan tashqari maxsus ishlar uchun ultraminitarozilar mavjud. Har bir tarozi uchun o'zining maxsus og'irlikka ega toshlari mavjud. Toshning haqiqiy og'irligi uning polinol massasiga teng emas, chunki toshlarni tayyorlash chog'ida xatoliklarga yo'l qo'yishadi. Bu ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.17 KB
Ko'rishlar soni 1555 marta
Ko'chirishlar soni 254 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:33 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.17 KB
Ko'rishlar soni 1555 marta
Ko'chirishlar soni 254 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga