Tizimli blok va uning tuzilmasi [info-referat]

Tizimli blok va uning tuzilmasi [info-referat]

O'quvchilarga / Informatika va AT
Tizimli blok va uning tuzilmasi [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Tizimli blok va uning tuzilmasi. REJA: 1.Shaxsiy kompyuterning asosiy bloklari 2.Tizimli blok 3.Tizimli plata 4.Kengaytirish slotlari 5.Tashqi uskunalarning interfeyslari 6.Xotira turlari 7.Kompyuterning konfiguratsiyasi 8.Kompyuterlarning standart konfiguratsiyalari Shaxsiy kompyuterning asosiy bloklari Mos keluvchi IBM PC kompyuterlarining jozibadorligi uning arxitekturasini ochiqligidir. Bu jumla bunday kompyuterlar modul tamoyilida yig'ilgan belgini bildiradi, ya'ni uning asosiy qismlari va bo'laklari, bloklari alohida modullar shaklida ishlab chiqilgan. Bunday tarzda yig'ilganda kompyuter tarkibiga kiruvchi yangi uskunalarni o'rnatish yoki eskirganlarini yangilariga almashtirish uncha qiyinchilik tug'dirmaydi. Bunday kompyuterlarni takomillashtirish ulardan foydalanuvchilarning ham imkoniyatlari darajasidadir. 3.1-rasm.Shaxsiy kompyuter. Mos keluvchi IBM PC-shaxsiy kompyuterlari tarkibida uchta asosiy qismni ajratib ko'rsatish mumkin. Bular: tizimli blok, monitor va klaviaturadir. Tizimli blokda kompyuterning hamma elektron qismlari: ta'minot bloki, ona (tizimli) plata va almashtiriluvchi yoki almashtirilmaydigan tashuvchilarni to'plovchi (diskovod)larning uzatmalari joylashtirilgan. Klaviatura kompyuterga ma'lum belgilarni yoki boshqaruvchi signallarni uzatishga imkon beruvchi axborot kiritish standart qurilmasidir. Monitor (yoki displey) ekranda monoxrom yoki rangli, belgili yoki grafika axborotlarni aks ettirish uchun mo'ljallangan yuqorida sanab o'tilgan qismlarning hammasi bir-biri bilan ulash joyi bo'lgan kabellar vositasida birlashtiriladi. 3.2-rasm. Klaviatura, tizimli blok va monitorning o'zaro aloqasi 3.2-rasmda har qanday kompyuterning asosiy bloklarini klassik to'plami yoki kompyuter atamashunosligidan foydalanib aytilganda, minimal konfiguratsiyasi: tizimli blok, klaviatura va monitor ko'rsatilgan. Tizimli blok o'z ichiga hisoblashni amalga oshiruvchi va tashqi qurilma bilan aloqani ta'minlovchi hamma bloklarni olgan. Amalda bu biz tilga olayotgan kompyuterning o'zginasidir. 3.2-rasmda ko'rsatilgan boshqa bloklar tashqi qurilma bo'lib, ular kompyuterlarga axborotni kiritish va chiqarishni ta'minlaydi. Klaviatura (chapda) odamga u yoki bu vazifani bajarish yoki qandaydir matn, aytaylik, hisobot uchun zarur bo'lgan matnni yoki kitobni terish haqida buyruq berish uchun bir qator belgilarni kompyuterga kiritishga imkon beradi. Klaviaturasiz joriy vazifalarni hal qilishda kompyuterdan to'laqonli foydalanishning hech qanday imkoni yo'q. Monitor (o'ngda) grafik axborotni odam ongi qabul qilishi uchun qulay bo'lgan ko'rinishda chiqarishni ta'minlaydi. Insonning kompyuter bilan muloqoti qay darajada yoqimli va qulay bo'lishi monitor ekranidagi tasvirining sifatiga bog'liqdir. Shuni ta'kidlash lozimki, ko'pincha, monitorning narxi tizimli blokning bahosidan qimmatroqdir, ammo bunday holatda arzonroq monitor sotib olib qilingan tejamkorlik mehnat unumdorligining kamayishigagina emas, balki ko'zning ko'ngilsiz kasalliklarga chalinishiga ham olib keladi. 3.2.-rasmda axborotning kompyuterning bloklari orasidagi harakati strelkalar bilan ko'rsatilgan. Klaviaturadan odam klavish (tugmacha)larni bosib kompyuterga yuborayotgan belgilarning siyrak oqimi keladi. Matnni terish yoki tugmachalarni bosish tezligi kamdankam hollarda minutiga 200 belgi dan oshadi, shuning uchun biz axborot oqimini ingichka to'g'ri chizilgan strelka bilan belgiladik. Ba'zi hollarda kompyuter klaviaturaga boshqaruv buyruqlarini yuboradi (3.2-rasmda ular punktir chiziqlar bilan ko'rsatilgan). Monitor ekraniga chiqariluvchi rasmlar, matnlar, ayniqsa, videofilmlar berilayotgan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 375.23 KB
Ko'rishlar soni 296 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:34 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 375.23 KB
Ko'rishlar soni 296 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga