Total commander qobiq dasturi Reja 1. Total Commander panellarini boshqarish 2. Total Commander matn muharriri 3. Total Commander funksional tugmachalardan foydalanish Total Commander dasturi Windows bilan ishlashni yengillashtirishdan iborat. Bu dastur fayllar va papkalar bilan asosiy amallarni qidirish, nusxa olish, qayta nomlash, o'chirish kabilarni soddaroq, qulayroq va yaqqolroq bajaradi. Total Commander turli funksiyalarni bajaradi, xususan: -Diskdagi kataloglar ro'yxatini yaqqol ko'rsatadi. -Diskdagi kataloglar daraxtini ko'rsatish, kataloglarni yaratish, qayta nomlash, o'chirish imkoniyatlariga ega. - Fayllar ustida nusxa ko'chirish, qayta nomlash, joyni o'zgartirish va o'chirish komandalarini qulayroq bajaradi. -Turli matnli fayllar, hujjatlar, arxiv fayllar, ma'lumotlar bazasimatnlarini ko'rish, matnli fayllarni tahrir qilish imkoniga ega. Total Commander (Windows Commander) dasturi WINDOWS operatsion tizimi bilan ishlash uchun eng ommaviy dastur-qobiqlardan biridir, u Windows tizimida foydalanuvchi disklarni va disklardagi ma'lumotlarni, papkalarni (kataloglarni) ko'radi, fayllarni o'chiradi, nusxa oladi, qayta nomlaydi, dasturni ishga tushiradi va h.k. Total Commander ekranda buyruqni yoki faylning nomini tanlash yetarli, Enter tugmasini, funksional tugmasini yoki sichqonchani shiqirlatish kerak va kerakli jarayon bajariladi. Total Commander bilan birgalikda matnli fayllarni va boshqa hujjatlarni tahrir qilish va ko'rib chiqish uchun dasturlar yetkazib beriladi. Total Commander dasturini yuklash uchun Пуск menyusidan Программ -Total Commander dasturi tanlanadi. Total Commander dasturi ishga tushirilgandan keyin oynaning yuqori qismida menyular qatori, disklarni tanlash tugmalari, ikkita ramka bilan chegaralangan to'g'ri to'rtburchakli oyna paydo bo'ladi.(3.1 rasm) Ekranning pastki satrlarida buyruqli satr va F3-F8, Alt+F4 boshqarish tugmalari joylashgan: F3 o'qish (View)- kursor bilan tanlangan faylni ko'rib chiqish. F4 to'g'rilash (Edit)- kursor bilan tanlangan faylni tahrir qilish. F5 nusxa(Soru)- kursor bilan tanlangan papkani (katalogni) yoki fayllarni nusxalash. 3.1 rasm. Total Commander oynasining tuzilishi. F6 nom(RenMov)- kursor bilan tanlangan papkani (katalogni) yoki fayllarni qayta nomlash yoki siljitish(siljitish boshqa panelda ochilgan papkada amalga oshiriladi). F7 katalog(Mkdir) - yangi papka (katalog) yaratish. F8 o'chirish(Delete)- kursor bilan tanlangan faylni (bo'sh katalogni) o'chirish. Alt+F4 chiqish(Quit)- Total Commander dasturidan chiqish. Total Commander panellarini boshqarish. [Tab]- Joriy panelni o'zgartiradi. [Ctrl]+[U]- Panellarning o'rnini almashtiradi. [Alt]+[F1]- Chap panelda disklar ro'yxatini chiqaradi. [Alt]+[F2]- O'ng panelda disklar ro'yxatini chiqaradi. Paneldagi fayl va papkalar (kataloglar) ro'yxati [Ctrl]+[F3]- fayl va papkalarni nom bo'yicha tartiblaydi. [Ctrl]+[F4]-fayl va papkalarni kengaytma bo'yicha tartiblaydi. [Ctrl]+[F5]-fayl va papkalarni vaqt bo'yicha tartiblaydi. [Ctrl]+[F6]-fayl va papkalarni hajm bo'yicha tartiblaydi. [Ctrl]+[F7]-kataloglarning tartiblanmagan ro'yxatini beradi. Funksional tugmachalardan foydalanish [F1]-Total Commander dasturi haqida qisqacha ma'lumotni beradi [F2]-foydalanuvchi ko'rsatgan komandalar ishini taxminlaydi [F3]-fayl matnini ekranga chiqaradi [F4]-faylni tahrir qilish imkoniyatini beradi [F5]-faylning nusxasini ko'chiradi [F6]-faylni qayta nomlaydi yoki boshqa katalogga ko'chiradi [F7]-yangi papka tashkil etadi [F8]-tanlangan fayl yoki ...
![Total Commander qobiqli dasturi [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image.webp)
Joylangan
01 Oct 2022 | 13:37:06
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
63.78 KB
Ko'rishlar soni
209 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:35
Arxiv ichida: docx
Joylangan
01 Oct 2022 [ 13:37 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
63.78 KB
Ko'rishlar soni
209 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:35 ]
Arxiv ichida: docx