Web- dizayn va uning dasturiy ta'minoti. Reja: 1.WEB-sahifalar haqida tushuncha 2.Gipermatnlarni belgilash dasturiy tili (yoki HTML tili)da bir qancha maxsus nomlar 3.Gipermatn muharrirlari Hozirgi paytda ko'pgina tashkilotlar to'liq tushunib yetdilarki, internetda o'z Web-saytlarini tashkil etmaslik u bu kiberfazoda mavjud bo'lmaslikka olib keladi va demak, bunday tashkilot rivojlanishdan ancha orqada qoladi. Shuning uchun ham turli xil mamlakatlarning ilg'or intelligensiya vakillari internetni insoniyat jamiyatining yangi informasion yashash muhiti deb tushunadilar va bu bilan unchalik katta xatoga yo'l qo'ymaydilar, albatta. Kerakli ma'lumotlarni ko'rishning gipermurojaat deb ataluvchi usul bilan kompyuter tarmoqlarida joylashtirish WW-World Wide Web-Jahon axborot tarmog'i (butun dunyo o'rgimchak to'ri-vsemirnaya pautina) deb atalgan. 1989 yili CERN (Yevropaelektron zarralar fizikasi labaratoriyasi) tadqiqotchilari tomonidan turli ilmiy guruhlar orasida o'zaro aloqani tashkil qilish maqsadida ish boshladilar. 1993 yildan boshlab WW Internet ning eng ommaviy resurslaridan biriga aylandi. WW da turli yo'llar orqali tegishli ma'lumotga yetib borish va uni ko'rish imkoniyati bor. WEB sahifalar HTTM - gipermatnlarni belgilash tilida yozilgan hujjat sifatida tayyorlanadi. Kalit so'zlar deb nomlangan so'zlar orqali boshqa ma'lumotlarga murojaat qilish-gipermurojaat deyiladi. Bunday giperalohalar faqat so'zlar emas, balki tasvirlar, grafiklar va ularning qismlari orqali amalga oshirilishi mumkin. Gipermatnli hujjatlarni qidirish, topish va ekranda tasvirlash uchun sharxlovchi-brouzerlardan foydalaniladi. HTML formatida tayyorlangan elektron hujjat HTML- hujjat deb ataladi. Agar bu hujjat Internet orqali tarqatilsa WEB-hujjat, undan foydalanish haqida gap borsa WEB-sahifa deb ataladi.Bitta muallif yoki WW ga tegishli bo'lgan bir guruh o'zaro giperbog'lanishlar bilan aloqador bo'lgan WEB-sahifalar majmuasi WEB uzel (tugun) yoki sayt deb ataladi. Web - Internet tarmoqlarida joylashgai fayllar to'plami bo'lib, ularning soni soat sayin ko'payib bormoqda. Bu fayllarda ma'lumotlarning turli xillarini: matn, grafik, tasvirlar, video, audio ma'lumotlarini uchratish mumkin. Gipermatnlarni belgilash dasturiy tili (yoki HTML tili)da bir qancha maxsus nomlar va yangi terminlar bo'lib, ularni qisqacha tushuntirib o'tish maqsadga muvofiqdir. Element (element) HTML tilining tuzilmasi bo'lib, har qanday Web- sahifa shunday elementlar to'plamidan iboratdir. Gipermatn tashkil qilishning asosiy g'oyasi elementlarning bir biriga bog'liqligini ta'minlab berishdir. Tega (tag) elementning boshlang'ich va oxirgi belgilaridir (yoki markerlari). Tegalar turli xil elementlarning ta'sir qilish chegaralarini aniqlab, bir elementni boshqalaridan ajratib turadi. Web- saqifa matnida tegalar burchakli qavslar ( va ) orasiga olinadilar va oxirgi tega doimo qiyshiq chiziq () bilan belgilanadi. Atribut (attribute) elementning parametri yoki ko'rsatgichi bo'lib, u standart nomga ega bo'lgan o'zgaruvchidir. Demak, unga standart yoki istalgan turdagi qiymatlar berilishi mumkin. Atributlarning simvolli qiymatlari ko'pchilik holatlarda qavslar orasiga olinishi kerak bo'ladi. Atributlar boshlang'ich tegalar ichida joylashgan bo'lib, bir birlari bilan probellar (bo'sh joylar) ...
![Veb dizayn va uning dasturiy ta'minoti [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image.webp)
Joylangan
01 Oct 2022 | 13:37:06
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.47 KB
Ko'rishlar soni
255 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:36
Arxiv ichida: docx
Joylangan
01 Oct 2022 [ 13:37 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.47 KB
Ko'rishlar soni
255 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:36 ]
Arxiv ichida: docx