Web-sahifalar orasida aloqalarni o'rnatish imkoniyatlari Reja: Web-sahifalar orasida aloqalarni o'rnatish Web-sahifalarda gipermurojat WW-sahifasida ma'lumotlar gipermatnli hujjatlar shaklida olinadi. Gipermatn boshqa matnli hujjatlarga yo'l ko'rsatuvchi matndir. Bu esa boshqa matnlarga (bu matnlar qaysi mamlakatning severida turishidan qat'i nazar) tezda o'tish va yuklanish imkonini beradi. Web-sahifasidagi giperbog'lanishlar hujjat matnining bir qismi bo'lib hisoblanadi, shuning uchun u matn elementi kabi tegi yordamida beriladi. Bu tegning yozilishi umumiy holda quyidagi ko'rinishga ega: giperyuborish matni Bu yerda HREF atributi siz giperaloqa o'rnatmoqchi bo'lgan Web-sahifaning adresi. Agar siz giperaloqa o'rnatmoqchi bo'lgan hujjat boshqa serverda joylashgan bo'lsa, bu atributning qiymati Internetning (URL) to'liq adresi ko'rinishida (masalan, http:ww.REFERAT.UZpage.htm) beriladi. Agar siz giperaloqa o'rnatmoqchi bo'lgan hujjat lokal serverda, ya'ni giperaloqa o'rnatilayotgan hujjatlar bir serverda joylashgan bo'lsa, u holda atributning qiymati qisqartirilgan URL ko'rinishida (masalan, …LabPasLab1htm). SHuni ta'kidlab o'tish lozimki, agar zarur hujjat joriy (hozir biz ishlab turgan) hujjat bilan bir direktoriyaga joylashgan bo'lsa, u holda HREF atributining qiymati sifatida zarur hujjatning nomini yozish kifoya. hujjatni brauzerda ochish qoidasini tasniflovchi ko'rsatmalr TARGET atributi yordamida beriladi. Bu ko'rsatmalar boshqa kodlardan quyi chiziqqa (pastki chiziq) simvoli bilan ajralib turadi. Bu atributning eng ko'p ishlatiladigan qiymatlaridan biri TARGET=blank bo'lib, bu murojaat qilingan HTML hujjatni brauzerning yangi oynasida ochilishi zarur ekanligini ko'rsatadi. TITLE atributi altirnativ matnni yaratish uchun mo'ljallangan. Agar foydalanuvchi sichqoncha ko'rsatkichini giperyuborish matnining ustida biroz qimirlatmay tursa, u holda kichikroq to'rtburchakning ichiga yozilgan ko'rsatma (matn) paydo bo'ladi va u altirnativ matn hajjatning to'liq tasnifini o'z ichiga olishi mumkin. SHuni nazarda tutish kerakki, tegi yordami bilan ichma-ich joylashgan bir tipdagi elementlarni tashkil etish mumkin emas. Boshqacha aytganda bir giperyuborishning ichiga ikkinchisini joylashtirish mumkin emas. 3.2. hujjatning bo'limlarida bog'lanishlarini tashkil etish Agar Web sahifa juda katta hajmdagi axborotlarni(materialni) o'z ichiga olgan bo'lsa, uning bir bo'limidan boshqa bo'limiga o'tish ancha noqulay. Bunday xollarda giperyuborishlarni boshqa hujjatlarga emas, balki bir hujjat doirasida joylashgan bo'lim yoki matnni ma'lum bir qismiga qo'yish zarurati paydo bo'ladi. SHuning uchun Web-hujjat uzun (katta) bo'lgan xollarda mazkur sahifa ichida murojaat o'rantishga to'g'ri keladi Masalan, sahifa boshida uning mundarijasi, keyin shu faylning o'zida mundarijada ko'rsatilgan paragraf yoki boblarning mazmuni joylashtirilgan bo'lsa, u holda mundarijadan har bir bobga murojaat etish va murojaat manziliga belgi qo'yish mumkin. Buning uchun tegidagi name atributidan foydalanib, boshlang'ich va yopish teglari ichidagi matn bo'lagini manzil deb belgilash mumkin. HTML hujjatidagi giperyuborishlarni faollashtirganda brauzer ekranni shunday «aylantiradiki», natijada zarur bo'lim yoki jumla uning yuqori qismiga joylashib qoladi. hujjatni bo'limlariga yuborish jarayonini ...
![Veb sahifalar orasida aloqalarni o'rnatish imkoniyatlari [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image.webp)
Joylangan
01 Oct 2022 | 13:37:06
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.27 KB
Ko'rishlar soni
548 marta
Ko'chirishlar soni
121 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:37
Arxiv ichida: docx
Joylangan
01 Oct 2022 [ 13:37 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.27 KB
Ko'rishlar soni
548 marta
Ko'chirishlar soni
121 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:37 ]
Arxiv ichida: docx