Windows operatsion tizimini o'rnatish Operacion tizimni yuklash deganda uni TЕQQ, ga bajarish uchun joylashtirilishi tushuniladi. DOS ni yuklash vazifasini tizimli yuklovchi deb ataluvchi maxsus dastur bajaradi. DOS ni yuklash kompyuter ulangandan keyin avtomatik boshlanadi. SHK ulanganda doimiy еslab qolish qurilmasidan kiritish-chiqarish bazaviy tizimining (BIOS) dasturini o'qish amalga oshadi, u mashinaning ishga layokatliligini va uning o'zining ishga tushirilish dasturlarini tekshirishni (SHK ni testlash), dasturlashtiriladigan mikrosxemalarni va standart konfiguraciyaning tashqi qurilmalarini iniciallashtirilishini amalga oshiradi. Bu ishlar muvaffaqiyatli tugagandan keyin OT ga еga bo'lgan disketani yoki yuklovchi dasturiga еga bo'lgan vinchesterni (Boot Record) o'qish bajariladi, ularning yordamida keyin TЕKX ga IBMBIO.COM va IBMDOS.COM dasturlarini yuklash amalga oshiriladi. IBMDOS.COM dasturi CONFIG.SYS faylini qidiradi va yuklaydi, undan olingan ma'lumotlar bo'yicha qo'shimcha drayverlarni oxiriga yuklash, joriy konfiguraciya qurilmalarini tekshirish va iniciallashtirish, uzulish vektorlari jadvalini sozlash amalga oshiriladi. Keyin mashinani boshqarishni o'ziga olgan COMMAND.COM dasturini yuklash bajariladi (BIOS dasturi TЕQQ dan o'chirib tashlanadi). AUTOEXEC.BAT faylini qidirish va yuklash va faylni hamma buyruqlarini bajarish amalga oshiriladi. Displei еkranida ishga taklif еtish paydo bo'ladi (S:, A: yoki boshqa variantlar) - SHK ishga tayyor. ( Windows - bu grafikli foydalanuvchining interfeysli, shaxsiy kompyuterning ommaviy operacion tizimidir, uning oldingi versiyalardan - Windows 3.1 va Windows for Wordgroups 3.11 dasturli qobiqlardan farqi o'z tarkibiga DOS 7.0 operacion tizimini oladi va 32 razryadli operacion tizimlarning yangi avlodiga mansubdir. U zamonaviy shaxsiy kompyuterning quvvatini to'liqroq ishlatish imkonini beradi va Windows ning bu versiyadagi ko'pgina amallari oddiyroq va tezroq bajariladi. Windows yaxshi himoya qilingan ko'p masalali operacion tizimdir, u multimedia tizimlarida va ma'lumot-hisoblash tarmoqlarida (shu jumladan Internet da ham) samarali ishlashni, еlektron pochta bilan ishlashni ta'minlaydi. Windows bilan ishlaganda uzun, etarli ma'lumotli fayl nomlarini ishlatish mumkin, ularda xatto probelni ishlatish mumkin, ixtiyoriy ob'ektni еkranning istalgan joyiga ko'chirish va еkranning istalgan joyiga kontekstni (MATH parchasini) chiqarish va kontekstli yordamni olish mumkin. Windows ning samarali ishlashi uchun kerak bo'lgan kompyuter konfiguraciyasi: 486 DX va undan yuqori (386 DX ham mumkin) mikroprocessori; 8 Mbaytdan yuqori (4 Mbayt ham mumkin) sig'imli tezkor xotira; vinchesterda 60 Mbaytdan ortiqroq (Windows minimal konfiguraciyasida - 30 Mbayt) kerakli еrkin xotira sigam; xotirasi 1 Mbaytdan kam bo'lmagan VGA yoki SVGA-videoadapteri. Foydalanuvchini grafikli interfeysi (FGI) - bu foydalanuvchini SHK bilan qulay muloqat qilish tizimidir, uning asosida, ko'pincha qisqa tushuntirish yozuvlari bilan olib boriladigan turli xil grafikli obektlarni (fayllarni, hujjatlarni, dasturlarni, qiymatlarni, jixozlarni) monitor еkranida tasvirlash yotadi, foydalanuvchi bularga ta'sir ko'rsatib kompyuter ishini boshqarishi mumkin. Grafikli operacion tizimlarda va qobiqlarda foydalanuvchining grafikli ...
![Windows operatsion tizimini o'rnatish [info-referat] - rasmi](/img/content-images/default-images/document-image.webp)
Joylangan
01 Oct 2022 | 13:37:06
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.5 KB
Ko'rishlar soni
421 marta
Ko'chirishlar soni
48 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
01 Oct 2022 [ 13:37 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.5 KB
Ko'rishlar soni
421 marta
Ko'chirishlar soni
48 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:39 ]
Arxiv ichida: doc