Windows XP|7|8 operatsion tizimlarini o'rnatish [info-referat]

Windows XP|7|8 operatsion tizimlarini o'rnatish [info-referat]

O'quvchilarga / Informatika va AT
Windows XP|7|8 operatsion tizimlarini o'rnatish [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Windows XP78 operatsion tizimlarini o'rnatish. REJA: 1. Operatsion sistema tushunchasi. 2. WINDOWS operatsion sistemasi. 3. WINDOWS operatsion sistemasini o'rnatish. Kompyuter ishga tushirilganda, odatda uning qurilmalari bilan bir qatorda maxsus dastur ishga tushadi. Mazkur dastur foydalanuvchi bilan kompyuter o'rtasidagi muloqatni ta'minlaydi va bu muloqat operatsion sistema deb yuritiladi. Operatsion sistemani disk operatsion sistemasi yoki qisqacha DOS deb ham yuritiladi. EHM operatsion sistemasi ishini zamonaviy uyda istiqomat qiluvchining ayrim harakatlari bilan qiyoslash mumkin. Masalan, elektr chirog'ini yoqmoqchi bo'lsangiz, ulagichdagi tugmani bosishingiz, suv tarmog'idan suv olmoqchi bo'lsangiz, jo'mrakni burashingiz etarli. Keng ko'lamdagi xizmat ko'rsatish qurilmalari va tarmoqlari majmuisiz, bu resurslar (misolimizda suv va elektr toki) ni olish uchun ko'pdan-ko'p ishlarni bajarish lozim bo'lar edi. Masalan, katta orolda yolg'iz qolgan kishi suv olishi uchun o'zi quduq qazishi; o'tin yoki qurilish uchun lozim bo'lgan yog'och olish uchun daraxtlarni kesishi, yo'nishi; oziq-ovqat uchun o'zi bug'doy ekishi va shu kabi ishlarni bajarishi kerak bo'ladi. EHM yaratila boshlagan davrda unda biror arifmetik amalni bajarish uchun katta hajmdagi ishlar qilinar edi (amalda ishtirok etgan har bir ma'lumotni aniq bir adresda joylash; amal bajariladigan va natija yoziladigan barcha adreslarni bilish talab etilar edi, chunki ular dasturda ko'rsatilishi kerak edida). Bu ishlarni hozirgi kunda osongina hal qilish mumkin, chunki ko'p ishlarni engillashtirishga qaratilgan dasturlar (foydalanuvchiga yordamchi dasturlar) majmui ishlab chiqilgan va u amaliy masalalarni hal qilishda qo'l kelmoqda. Bajaradigan vazifalaridan qat'iy nazar, operatsion sistema quyidagi sifatlarga ega bo'ladi: 1. Ishonchlilik. Sistema o'zi boshqarayotgan kompyuter qurilmalari kabi ishonchli bo'lishi kerak. Agar dasturda yoki qurilmada biror xato uchrasa, uni sistema topa olishi va bu holatni tuzatishga harakat qilishi, hech bo'lmaganda, shu xato tufayli foydalanuvchi dasturiga etkaziladigan zararning oldini olishi kerak. 2. Himoyalash. Ixtiyoriy foydalanuvchi o'z ishiga boshqa foydalanuvchilarning ha-laqit qilishini xohlamaydi. Shu sababli sistema foydalanuvchilarni dastur va ma'lumotlarini o'zgalar xatolari ta'siridan hamda aralashuvidan himoya qilishi lozim. 3. Samaradorlik. Odatda operatsion sistemaning o'zi EHMning katta resursini egallaydi. Bu resurslar foydalanuvchi ixtiyoriga berilmaydi. Demak, sistemaning o'zi ancha ix-cham bo'lishi va EHM resurslarini har tomonlama samarali boshqarishi lozim. 4. Qulaylik. Operatsion sistemada ko'p hollarda bir paytda ikki va undan ortiq foydalanuvchi ishlaydi. Ular operatsion sistema orqali turli maqsadli va turli algoritmli masalalarni hal qiladilar. Ravshanki, bunday holda har bir foydalanuvchiga keng qulayliklar yaratilishi talab etiladi. Shu bois mazkur xususiyat operatsion sistemaning muhim xususiyati hisoblanadi. Windowsni o'rnatishdan oldin qattiq disk razdellari konfiguratsiyasi haqida jiddiy o'ylab ko'rish kerak. Agar kompyuterda bir necha hil OT mavjud bo'lsa bu masalaga jiddiyroq tus oladi. Bu holatda har bir OT uchun alohida ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 186 KB
Ko'rishlar soni 175 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:40 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 186 KB
Ko'rishlar soni 175 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga