Zamonaviy jadval protsessori va imkoniyatlari [info-referat]

Zamonaviy jadval protsessori va imkoniyatlari [info-referat]

O'quvchilarga / Informatika va AT
Zamonaviy jadval protsessori va imkoniyatlari [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

Zamonaviy jadval protsessori va uning imkoniyatlari Reja: MICROSOFT EXCEL electron jadvalining asosiy elementlari. Ilovalar darchasining asosiy elementi. MS Excelda matematik masalalarni yechish Zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta'minotining tarkibiy qismiga kiruvchi MICROSOFT OFFICE paketidagi asosiy vositalardan biri jadval protsessori deb ataluvchi EXCEL dasturidir. EXCEL WINDOWS operatsion qobig'i boshqaruvida elektron jadvallarni tayyorlash va ularga ishlov berishga mo'ljallangan. Qayd etilgan ishlar ko'lami Excelning asosiy imkoniyatlarini belgilaydi.Excel electron jadvali 65536 ta qator va 256 ustundan iborat.Qatorlar 1da 65536 gacha raqamlangan ,ustunlar esa lotin alifbosining bosh harflari (A,B,….,AA,AB,…IV) bilan belgilangan.Qator va ustunlar kesishmasida elektron jadvalning tarkibiy asosiy elementi-yacheyka joylashgan. Har bir yacheykaga son ,matn yoki formula tarzidagi ma'lumotlar kiritiladi.Ustun kengligini va qator balandligini o'zgartirish ham mumkin. Elektron jadvallar asosan iqtisodiy masalalarni yechishga mo'ljallangan bo'lsa-da, uning tarkibiga kiruvchi vositalar boshqa sohaga tegishli masalalarni yechishga ham, masalan, formulalar bo'yicha hisoblash ishlarini olib borish, grafik va diagrammalar qurishga ham katta yordam beradi. Shuning uchun EXCEL dasturini o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi va har bir foydalanuvchidan EXCEL bilan ishlay olish ko'nikmasiga ega bo'lish talab etiladi. Inson o'z ish faoliyati davomida ko'pincha biror kerakli ma'lumot olish uchun bir xil, zerikarli, ba'zida esa, murakkab bo'lgan ishlarini bajarishga majbur bo'ladi. MICROSOFT EXCEL dasturi mana shu ishlarni osonlashtirish va qiziqarli qilish maqsadida ishlab chiqilgandir. MICROSOFT EXCEL elektron jadvali hisoblash vositasi sifatida qaralib, iqtisodiy va moliyaviy masalalarni yechishda yordam beribgina qolmay, balki har kungi harid qilinadigan oziq-ovqatlar, uy-ro'zg'or buyumlari hamda bankdagi hisob raqamlari hisob-kitobini olib borishda ham yordam beruvchi tayyor dasturdir. EXCEL elektron jadvalining asosiy elementlari MICROSOFT EXCEL dagi barcha ma'lumotlar jadval ko'rinishida namoyon bo'lib, bunda jadval yacheykalarining (xonalarining) ma'lum qismiga boshlang'ich va birlamchi ma'lumotlar kiritiladi. Boshqa qismlari esa har xil arifmetik amallar va boshlang'ich ma'lumotlar ustida bajariladigan turli amallar natijalaridan iborat bo'lgan axborotlardir. Elektron jadval yacheykalariga uch xil ma'lumotlarni kiritish mumkin: - matnli; - sonli ifodalar; - formulalar. Matnli ma'lumotlar sarlavha, belgi, izohlarni o'z ichiga oladi. Sonli ifodalar bevosita jadval ichiga kiritiladigan sonlardir. EXCELning asosiy ishlov berish obyekti hujjatlar (dokumentlar) hisoblanadi. EXCEL hujjatlari (dokumentlari) ixtiyoriy nomlanadigan va .xls kengaytmasiga ega bo'lgan fayllardir. EXCELda bunday fayllar «Ishchi kitob» deb ataladi. Uar bir ishchi kitob ixtiyoriy sondagi elektron jadvallarni o'z ichiga olishi mumkin. Ularning har biri «ishchi varaq» deb ataladi. Ular bir ishchi varaq o'z nomiga ega bo'ladi. Ishchi kitobni hosil qilish uchun MICROSOFT EXCEL dasturini ishga tushirish zarur. Ishchi kitobning tarkib elementlaridan biri ishchi varaq, ya'ni elektron jadval hisoblanadi. Elektron jadvalning asosiy elementlari esa yacheyka va diapazonlardir. Yacheyka - bu jadvaldagi manzili ko'rsatiladigan hamda bir ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 80.56 KB
Ko'rishlar soni 175 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:42 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 80.56 KB
Ko'rishlar soni 175 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga