Ziyonet tarmog'i haqida ma'lumot [info-referat]

Ziyonet tarmog'i haqida ma'lumot [info-referat]

O'quvchilarga / Informatika va AT
Ziyonet tarmog'i haqida ma'lumot [info-referat] - rasmi

Material tavsifi

ZIYONET TARMOG'I HAQIDA UMUMIY MA'LUMOT Umumiy Ma'lumotlar Imkoniyatlar ZiyoNET jamoat ta'lim tarmog'i 2005 yil hukumat qarorlariga muvofiq tashkil topgan. ZiyoNET tarmog'ining asosiy maqsadi ta'lim tizimida Respublika yoshlari hamda ta'lim oluvchilarning bilim olish jarayonida axborot-kommunikasiya xizmatlarini tadbiq etishdir. ZiyoNET tarmog'i Resurs markazining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: · Ta'lim muassasalarini ulash monitoringi; · Veb-texnologiyalar orqali axborot resurslardan keng qamrovda va xavfsiz foydalanish; · Axborot-ta'lim resurslarini birlashtiradigan texnologik maydonchani tuzish va rivojlantirish; · Yoshlarni, o'qituvchilarni ta'lim muassasalari va ta'lim sohasiga bog'liq yoki qiziqqan boshqa ijtimoiy qatlamlarni o'zaro birlashtiradigan virtual jamiyatni yaratish. Ta'lim va ijtimoiy muhim ahamiyatga ega loyihalar uchun xosting Ta'lim va ijtimoiy muhim ahamiyatga ega bo'lgan loyihalarning Uznetda qatnashishi maqsadida, ZiyoNET tarmog'ining resurs markazi tomonidan ta'lim muassasalari va ijtimoiy muhim ahamiyatga ega bo'lgan loyihalar uchun bepul xosting xizmati taqdim etiladi. Batafsil ma'lumotni bu yerda ko'rishingiz mumkin. Ta'lim va ijtimoiy muhim ahamiyatga ega bo'lgan loyihalar uchun xosting taqdim etish bo'yicha savollarga javoblar forumning maxsus bo'limida mavjud ZiyoNETdagi satellit-saytlarining yaratilishi Yoshlarning, o'quvchilarning va manfaatdor shaxslarning orasida AKT dan foydalanish malakalarini rivojlantirish imkoniyatini taqdim etish uchun bepul sayt-satellitlar yaratish imkoniyati amalga oshirilgan. Satellit-saytlar - Wordpress platforma bazasida domenning uchinchi darajasida foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan turli mavzu yo'nalishidagi saytlardir. ZiyoNETda satellit-saytini yaratish bo'yicha savol-javoblar forumning maxsus bo'limida mavjud Ta'lim muassasalarini ZiyoNET tarmog'iga ulash bo'yicha savollar Hukumat qarorlariga muvofiq barcha ta'lim muassasalari (ulanish obyektlari) ZiyoNET yagona axborot-ta'lim tarmog'ida birlashishlari, ya'ni ZiyoNET tarmog'iga birlashish dasturi doirasida internetga ulanishlari shart. UZINFOCOM Markazining ZiyoNET axborot resurs markazi Tender komissiyasining ishchi guruhi vazifasini ham o'z zimmasiga olgan holda, provayderlar hamda tegishli vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarga asoslanib, o'quv muassasalarining internet tarmog'iga ulanishining monitoringini amalga oshiradi. Tarmoqqa ulanish bo'yicha savollarni bu yerda o'qishingiz mumkin. Ko'plab so'ralgan savollarga javoblar «Yordam» bo'limida ham mavjud. 2.2Ziyonet tarmog'dan foydalanuvchilari uchun umumiy qoidalar 1. Hujjat mazmuni 2. Foydalanuvchilar 3. Resurslar 4. Sayt-satellitlar 5 ZiyoNET portalida va sayt-satellitlarda quyidagilar ta'qiqlanadi 6. ZiyoNET portalida mualliflik huquqi 7. Mahfiylik 7.2 shaxsiy ma'lumotlarni to'plash va ulardan foydalanish 7.3 shaxsiy habarlarni fosh etilmasligi 8. Jazo choralari 9. Kafillikdan ozod bo'lish 1. Hujjat mazmuni 1.1 Ushbu qoidalar ZiyoNET ahborot ta'lim tarmog'i (bundan buyon ZiyoNET portali) ma'muriyati va foydalanuvchi o'rtasidagi yuridik mas'uliyatni belgilovchi shartnoma hisoblanadi hamda ZiyoNET portali xizmatidan foydalanishni belgilab beradi.; 1.2 Mavjud qoidalar ZiyoNET portalidan foydalanilgandan boshlab amalga kiradi va belgilanmagan muddatda foydalaniladi; 1.3 Qoidalar doirasida ko'rsatilgan bepul xizmatlarni hisobga olgan holda foydalanuvchilarning huquqlarini himoya qilishni belgilash ularga nisbatan qo'llanilmaydi; 1.4 Sud qaroriga binoan berilgan qoidaning qaysidir bandini bekor qilinishi yoki ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.71 KB
Ko'rishlar soni 292 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:43 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.71 KB
Ko'rishlar soni 292 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga