1.8. Zamonaviy axborot texnologiya vositalari Reja: 1. Zamonaviy axborot texnologiya vositalari. 2. Matnni qayta ishlash texnologiyasi va uning dasturiy vositalari. 3. Grafik axborotlar bilan ishlash texnologiyasi va uning dasturiy vositalari. 4. Sonli axborotlar bilan ishlash texnologiyasi va uning dasturiy vositalari. 5. Ma'lumotlar bazasi va banki haqida ma'lumotlar. 6. Ekspert sistemalar haqida ma'lumotlar. Tayanch so'z va iboralar: ekspert tizimlari, sun'iy intellekt, ma'lumotlar bazasi, videо fayl Hozirgi kunda axborot bilan ishlash, uni qabul qilish, yaratish, qayta ishlash ko'p vaqt talab qilmoqda. Shuning uchun 1995-yilda Microsoft kompaniyasi tomonidan axborotlarni kirituvchi, uni tahrir qiluvchi, ularni jadval usulida tartiblovchi, hattoki matematik amallarni bajaruvchi Microsoft Office paketi dasturini ishlab chiqdi. Bu dastur kundan kunga ko'pgina kerakli dasturlarni o'z ichiga olmoqda. Masalan ular ichida eng ko'p foydalanadiganimiz Microsoft Word, Microsoft Excel, Microsoft Power Point va h.k. Microsoft Office dasturi ilk bor Windows 95 operatsion tizimi uchun 1995-yilda Microsoft firmasi tomonidan yaratilgan. Microsoft Office 95 paketida asosan Excel, Word, Publisher dasturlari joy olgan edi. Keyinchalik 1998-yilda Microsoft yangi Office dasturini Microsoft Office 98 deb nomlanuvchi paketni ishlab chiqdi. Bu paketga qo'shimcha qilib, Outlook va Power Point dasturlari kiritildi. 200, 2003, 2007, 2010 va 2013 yilda yaratilgan Office paketidagi dasturlar soni yil sayin ko'payib takomillashib kelmoqda. Hozirgi kunda eng ko'p foydalaniladigan turi bu Microsoft Office 2003 dasturidir. Bu dastur nafaqat mutaxassislar balki yangi ishlovchilar uchun ham bir muncha qulay. Microsoft Office versiyasi Tarkibidagi Ishlab dasturlar soni chiqarilgan yili Microsoft Office 95 3 1995 Microsoft Office 97 4 1997 Microsoft Office 200 5 200 Microsoft Office XP 5 2001 Microsoft Office 2003 7 2003 Microsoft Office 2007 9 2006 Microsoft Office 2010 9 2009 Microsoft Office 2013 12 2012 Microsoft Office 2010 paketining imkoniyatlari. Microsoft Office paketi Microsoft Office 2003 gacha imkoniyatlari ortib, tarkibiga yangi dasturlar qo'shilib borsada, o'z ko'rinishini o'zgartirmagan edi. Ammo 2006-yil sotuvga chiqarilgan Microsoft Office 2007 paketi o'zidan avvalgi avlodlarning barcha buyruqlari va imkoniyatlarini saqlab qolgan bo'lsada, ko'rinishi oldingi versiyalardan tubdan farq qilar edi. Bu farqni dasturlarning ish sohasiga ma'lumotlar bilan ishlash jarayonida sezish mumkin. Microsoft Word - Windows muhitida ishlash uchun mo'ljallangan Microsoft Office tarkibiga kiruvchi dasturlardan biri bo'lib, uni matn muharriri deb atashadi. U har xil xatlar, hujjatlar va hisobotlar tayyorlashda qulay vositadir. Shuningdek uning yordamida blankalar va anketalar, maqolalar hamda risolalar ham tayyorlash mumkin. Word -matn kiritish, tahrirlash, nusxa olish, formatlash, jadval o'rnatish, grafik o'bektlar qo'yish va umuman matnlar tayyorlash dasturidir. Wordda hujjatlarni yaratishda, uning tarkibiga kiritilgan, ko'plab shablonlar tizimi va formatlash uslublaridan foydalaniladi. ...

Joylangan
20 Oct 2022 | 22:46:50
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
283.2 KB
Ko'rishlar soni
188 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:42
Arxiv ichida: pdf
Joylangan
20 Oct 2022 [ 22:46 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
283.2 KB
Ko'rishlar soni
188 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:42 ]
Arxiv ichida: pdf