Mavzu: BOZOR IQTISODIYOTINI TARTIBGA SOLISHDA DAVLATNING IQTISODIYOTDAGI ROLI Iqtisodiyotni Davlat tomonidan tartibga solish, uning maqsadi va vazifalari. Bozor xo'jaligi sharoitida iqtiyosodiyotni davlat tomonidan tartibga solish qonunchilik, ijro etish va nazorat qilish xarakteridagi tadbirlar tizimidan iborat bo'ladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish (IDTTS) ning obyektiv imkoniyati iqtisodiy rivojlanish, ishlab chiqarish va kapital to'planishi ma'lum darajaga erishganda vujudga keladi. Iqtisodiy rivojlanishda qiyinchiliklar o'sib va ziddiyatlar to'planib borishi bu imkoniyatlarni haqiqatga aylantirishni zarur qilib qo'yadi. Hozirgi sharoitda IDTTS takror ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bir qator vazifalarni hal qilishga qaratiladi. Bular jumlasiga iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish, bandlilikni tartibga solish, tarmoq va mintaqaviy tuzilmalardagi ijobiy siljishlarni qo'llab -quvvatlash, eksportni himoya qilish kabilarni kiritish mumkin. IDTTSning asosiy maqsadi iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash, mavjud tuzumni mustahkamlash (mamlakat ichida va xalqaro maydonda) va uni o'zgarib turuvchi sharoitga moslashtirish hisoblanadi. Bozor xo'jaligi sharoitida davlatning iqtisodiy vazifalari asosan bozor tizimining amal qilishini engillashtirish va himoya qilish maqsadiga ega bo'ladi. Bu sohadagi davlatning iqtisodiy vazifalaridan quyidagi ikki turini ajratib ko'rsatish mumkin: Bozor tizimining samarali amal qilishiga imkon tug'diruvchi huquqiy asos va ijtimoiy muhitni ta'minlash; Rahobatni himoya qilish. Davlatning boshqa vazifalari iqtisodiyotni tartibga solishning umumiy tamoyillaridan kelib chiqadi. Bu yerda davlatning uchta vazifasi alohida ahamiyatga ega: Daromad va boylikni qayta taqsimlash; Resurslarni qayta taqsimlash; Iqtisodiyotni barqarorlashtirish ya'ni iqtisodiy tebranishlar vujudga keltiradigan inflyatsiya va bandlilik darajasi ustidan nazorat qilish hamda iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish. Davlatning iqtisodiyotga ta'sir qilish usullari va vositalari. Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bir qator usullardan foydalanadi. Bu usullarni umumlashtirib quyidagicha guruhlash mumkin: Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy dastak va vositalarga ustunlik beriladi. U davlatning pul - kredit va byudjet siyosatida o'z ifodasini topadi. Pul - kredit siyosatining asosiy vositalari quyidagilardan iborat bo'ladi: ...

Joylangan
19 Mar 2024 | 11:46:02
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
661.81 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:36
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
19 Mar 2024 [ 11:46 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
661.81 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:36 ]
Arxiv ichida: pptx