Bozor muvozanati, maksimal va minimal narxlar

Bozor muvozanati, maksimal va minimal narxlar

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Bozor muvozanati, maksimal va minimal narxlar - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston RespublikaSI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT IQTISODOYOT UNIVERSITETI « xalqaro turizm» fakulteti « Xizmalar sohasi» yo'nalishi O'quv loyiha mavzusi: Bozor muvozanati, maksimal va minimal narxlar. Kichik guruh a'zolari: 1.F.I.SH Soatova Shahlo guruhi: TU-62 2.F.I.SH To'ymetova Dinara guruhi: TU-62 3.F.I.SH Tursunov Sardorbek guruhi: TU-62 4.F.I.SH Tolibov Saidakbar guruhi: TU-62 5.F.I.SH Karimberdiyev Mirqodir guruhi: TU-62 Fan o'qituvchisi: Oraliq nazoratidan to'plangan ball:. Komissiya a'zosi: . Komissiya a'zosi: . Toshkent-2018 Bozor muvozanati, maksimal va minimal narxlar. Reja: Kirish. 1. Bozor muvozanati va muvozanatli narx. 2. Talab va taklif o'zgarishining bozor muvozanatiga ta'siri. 3. Maksimal va minimal narxlar. 4. iste'molchi va ishlab chiqaruvchi yutug'i. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish Hozirgi vaqtda iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o'tishi bilan jamiyatda bozor iqtisodiyotining amal qilish mexanizmini, turli mulkchilikka asoslangan korxonalarning, firmalarning xo'jalik yuritish faoliyatini, ularning bozor sharoitidagi harakatini, cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish yo'llarini va shu asosda ularni samarali faoliyat yuritishlarini o'rgatuvchi bilimga bo'lgan ehtiyoj ortib boradi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga asosan Respublika iqtisodiyotida olib borilayotgan erkinlashtirish jarayonlari chuqurlashdi, moliya bozori shakllandi va undagi operatsiyalarning ko'lami o'sib, ishtirokchilarining soni ham ortdi. Narxning muayyan darajasida talab va taklif miqdori nisbatan bir-biriga mos kelgan holat bozor muvozanati deyiladi. 1. Bozor muvozanati va muvozanatli narx P S D E Pe Q 0 Qe Muvozanat narx Pe va muvozanat xajm Qe Bozor muvozanatiga erishganda shakllangan narx muvozanatli narx, shu narxda sotilishi mumkin bo'lgan tovarlar miqdori ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi deyiladi. Har qanday bozorda narx, xaridlar va sotuvlar hajmi talab va taklifning o'zaro munosabati orqali o'rnatiladi. Buni quyidagi jadval orqali ko'rib chiqamiz: Guruchga bo'lgan talab va taklif parametrlari: Arzon narxlarda talab hajmi taklif hajmidan ko'p bo'ladi: iste'molchilar sotuvchilar taklif qilganidan ko'proq guruch sotib olishni xohlashadi. Talab hajmining taklif hajmidan oshishi guruchga bo'lgan ortiqcha talabning vujudga kelishiga sabab bo'ladi. Agar narx bir kg uchun 600 so'm darajasida qatiy ushlab turilganda, bozorda guruch tanqisligi vujudga kelgan bo'lar edi. iste'molchilar o'zlari xohlagan miqdordagi guruchni xarid qilish imkoniyatiga ega bo'lmasdi. Yuqori narxlarda talab hajmi taklif hajmidan kam bo'ladi: sotuvchilar ko'p hajmdagi guruchni sotishni istaydi, ammo xaridorlar qimmat narxlarda ko'p guruch xarid qilishni xohlamaydi. Agar bozorda taklif hajmi talab hajmidan oshib ketsa, tovarning ortiqcha taklifi vujudga keladi. Agar narx yuqori darajada (900 so'mkg) ushlab turilganda, bozorda ortiqcha guruch taklifi kuzatilgan bo'lar edi va sotuvchilar ixtiyorlaridagi barcha guruchni sotish uchun xaridor topa olmagan bo'lar edi. Guruchning narxi 700 so'mkg. bo'lganda talab hajmi taklif hajmiga teng. Bu narxda guruch tanqisligi ham, ortiqcha guruch taklifi ham kuzatilmaydi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 8.52 MB
Ko'rishlar soni 181 marta
Ko'chirishlar soni 29 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:36 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 8.52 MB
Ko'rishlar soni 181 marta
Ko'chirishlar soni 29 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga