Reja: Davlatning bozor iqtisodiyoti rivojlanishiga aralashuvi zarurligi va asosiy iqtisodiy funksiyalari. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish vositalari. Antimonopol faoliyat va raqobatni rivojlantirish. Daromadlarni ijtimoiy manfaatlarni e'tiborga olgan holda qayta taqsimlash. Resurslarni qayta taqsimlash. 1. Davlatning bozor iqtisodiyoti rivojlanishiga aralashuvi zarurligi va asosiy iqtisodiy funksiyalari. Davlatning aralashuvisiz iqtisodiyot o'zini - o'zi samarali boshqara olmas ekan. Bozor kuchlari avvalam bor iqtisodiyotda mavjud barcha resurslardan to'liq foydalanishni va baholarning barqaror darajasini ta'minlab turadigan darajadagi milliy ishlab chiqarish xajmlarini saqlab turish uchun yetarli emas. Bozor iqtisodining ko'zda tutilmagan salbiy samaralari quyidagilar: Sof bozor uchun xos bo'lgan bu kamchiliklar davlatning, iqtisodiy tizimning samaradorligini oshirishga qaratilgan, asosiy funksiyalarini belgilab beradi. Aynan shu tufayli bozor va davlat simbiozi ro'y berdi, va ko'pchilik davlatlarning bugungi kundagi iqtisodiyoti sof bozor iqtisodiyoti xam, sof davlat iqtisodiyoti xam emas. «Iqtisodiyotni barqaror amal qilishi uchun ikki tashkiliy qism- bozor va hukumat zarur. Ularsiz hozirgi zamon iqtisodiyotini boshqarish -xuddi bitta qo'l bilan qarsak chalish bilan barobardir»* ilg'or davlatlar bozorlari rivojlanishiga davlatning aralashuvi tufayli davriy tebranishlar amplitudasini kamaytirishga, inqiroziy hodisalarni yumshatishga va iqtisodiy rivojlanishda jiddiy ilgarilashga erishildi. Davlatning iqtisodiy funksiyalari ko'p va xilma-xildir. Davlatning asosiy iqtisodiy funksiyalariga quyidagilar kiradi: Davlat bozor iqtisodiyotining samarali faoliyat ko'rsatishi uchun asos bo'ladigan ayrim xizmatlarni va huquqiy bazani ta'minlash vazifalarini zimmasiga oladi. huquqiy bazani ta'minlash asosan iqtisodiy faoliyatni tartibga soluvchi qonunlar ishlab chiqarishda va bu qonunlarni bajarishni ta'minlash hamda nazorat qilishda namoyon bo'ladi. Davlat, shuningdek xalqaro munosabatlarni yo'lga qo'yib o'z tadbirkorlaring mahsulotlarini xorijiy mamlakatlarda sotishi uchun qulay sharoit yaratadi. Bunga ikki tomonlama soliqqa tortmaslik, boj to'lovlari bo'yicha o'zaro imtiyozlar berish, investitsiyalarni kafolatlash kabi masalalarda hukumatlararo kelishuvlar orqali erishiladi. tashqi savdoni tartibga solish vositalari orqali xam davlat o'z ishlab chiqaruvchilarini himoya qiladi. 2.Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish vositalari. Iqtisodiyot davlat tomonidan ma'muriy, iqtisodiy va ijtimoiy usullar bilan tartibga solinadi. Ma'muriy usullar antimonopol tadbirlar, majburiy standartlarni o'rnatish, tadbirkorlik faoliyatini litsenziyalash va subyektlarini ro'yxatga olish kabilarni o'z ichiga oladi. Ijtimoiy usullarga davlat ijtimoiy ta'minoti, minimal ish xakini o'rnatish, ishsizlik nafaqalarini berish kabilar kiradi. Iqtisodiy usullar byudjetdan moliyalashtirish, davlat xaridi, davlat sektori faoliyati kabi to'gridan-to'gri usullarni va byudjet-solik hamda pul-kredit siyosatidan iborat bevosita tartibga solish usullarini o'z ichiga oladi. Davlat byudjet xarajatlarini (davlat xarajatlari va transfert to'lovlari) ko'paytirish yoki qisqartirish orqali mamlakat iqtisodiyotiga aralashadi. Davlat tomonidan tartibga solishning bevosita usullari yoki byudjet siyosati tovar va xizmatlarning davlat xaridi, YAIMni taksimlash va qayta taqsimlash, ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, davlat byudjetining daromadlar va xarajatlar kismidagi mutanosiblikni ta'minlash, ishlab chiqaruvchilarga moliyaviy yordam shakllarini ...

Joylangan
19 Mar 2024 | 11:46:02
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
79.26 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:37
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
19 Mar 2024 [ 11:46 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
79.26 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:37 ]
Arxiv ichida: pptx