G'aznachilik tizimida yuridik majburiyatlarni ro'yxatga olish tartibi Reja: Majburiyatlarni qabul qilish. Majburiyatni hisobga olish omillari Yuridik majburiyatlarning mazmuni va ahamiyati. Shartnomalarni boshqarish Xo'jalik yurituvchi subyektlarning shartnomaviy- huquqiy bazasi. (670-I). Byudjet tashkiloti bilan tovar yetkazib beruvchi o'rtasida tuzilgan shartnomani ro'yxatga olinishi (1475). Shartnomalarni g'aznachilikda ro'yxatga olinishining asosiy shartlari. Dastlabki va joriy moliyaviy nazoratni amalga oshirish byudjet mablag'lari oluvchilari majburiyatlarini hisobga olinishini taqozo etadi. Majburiyat - bu odatda yozma ravishda rasmiylashtirilgan, so'zsiz bajarilishi talab qilinuvchi vada demakdir. Iqtisodiy mazmuniga ko'ra majburiyat fuqarolik huquqiy munosabati bo'lib, malum bir shaxs (qarzdor) boshqa bir shaxs (kreditor) manfaati hisobiga malum bir harakatlarni amalga oshirishi, yani: mol-mulkni berish, ish bajarish, xizmat ko'rsatish, pul to'lash yoki malum harakatlardan voz kechish va boshqa shu kabilarni amalga oshirilishini anglatadi. Byudjet tizimida: Majburiyatlarni qabul qilish - bu byudjet tashkiloti tomonidan smeta xarajatlarida ko'zda tutilgan mablag'lar doirasida kelajakda moliyaviy xarajatlarni amalga oshirish harakatidir; Majburiyat huquqiy me'yoriy hujjatlarga asosan majburiyat qabul qilish huquqiga ega bo'lgan shaxs tomonidan qabul qilinadi; Qabul qilinadigan majburiyatlar summasi tasdiqlangan byudjet mablag'lari me'yoridan oshib ketmasligi lozim. kontrakt va shartnomalar imzolash asosida (tender bo'yicha xaridlar, tovar va xizmatlar sotib olish, qarzdorlik bo'yicha shartnomalar, patentlar, litsenziyalar, sug'o'rta va boshqalar); qonuniy asos mavjudligi (stipendiya, nafaqa pullari va boshqalar); davlat vakolatli organlari qarorlari (jarimalar va sud qarorlariga asosan penyalar); bir tomonlama qarorlar (dotatsiyalar, grantlar, mukofotlar). Majburiyatlarni qabul qilish asoslari: Majburiyatlarni qabul qilish huquqiga ega javobgar shaxslar: majburiyatlarni qabul qilish byudjet mablag'larini oluvchi vazifasiga kiradi; byudjet mablag'lari oluvchi byudjet tashkiloti rahbari yoki bu vazifa yuklatilgan shaxslar hisoblanadi; g'aznachilik bo'limlarida g'aznachilik tomonidan xizmat ko'rsatiladigan barcha byudjet mablag' oluvchi tashkilot rahbarlari va bosh hisobchi imzo namunalari, hamda byudjet tashkiloti muhri namunalari bo'lishi kerak. Ushbu namunalar g'aznachilikning maxsus kartochkalarida saqlanadi. Yuridik majburiyat Moliyaviy majburiyat Majburiyatlarning turlari Shartnoma ro'yxatdan o'tgandan keyin vujudga keladi; Shartnomani imzolashdan oldin byudjet mablag'lari mavjudligi tekshirilishi lozim; Shartnoma to'liq yuridik kuchga ega bo'lishi uchun G'aznachilik bo'limlarida ro'yxatdan o'tishi kerak. Tovar va xizmat yetkazib berilgandan keyin schet-faktura yoki byudjet tashkilotining kreditorlik qarzi mavjudligini tasdiqlovchi hujjat bo'lgan sharoitda vujudga keladi; Moliyaviy majburiyat G'aznachilikning Bosh kitobida qayd qilinadi; Moliyaviy majburiyat shartnoma yoki boshqa kelishuvlarning muddati o'tgunga qadar qoplanishi lozim. YuRIDIK MAJBURIYaT MOLIYaVIY MAJBURIYaT Majburiyat tushunchasi, uning huquqiy jihatlari Yuridik majburiyatlarni hisobga olishning asosiy maqsadi - byudjet nazoratini ta'minlash, yani xarajatlarning tasdiqlangan rejadan oshib ketishiga yul qo'ymaslik. Moliyaviy majburiyatlarni hisobga olishning asosiy maqsadi - qabul qilingan yuridik majburiyatlar, tasdiqlangan byudjet rejasi me'yorida xarajatlarni amalga oshirishni ta'minlash, hamda ...

Joylangan
19 Mar 2024 | 11:46:02
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
94.63 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:38
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
19 Mar 2024 [ 11:46 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
94.63 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:38 ]
Arxiv ichida: ppt