Hududlar demografik va mehnat salohiyati. Ijtimoiy infratuzilma. Sodiqov Avazbek Madaminovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Reja 1. Aholi va demografik vaziyatning iqtisodiy va ijtimoiy vaziyatga ta'siri. 2. Demografiyaning asosiy tushunchalari. Hududlar demografik va mehnat salohiyati tushunchalarining mohiyati. 3. Aholining hududiy joylashuvi. 4. Aholi soni o'sishining hududiy jihatlari. 5. Aholi bandligi. 6.Ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishning o'ziga xos jihatlari. 2 Asosiy tushunchalar Demografiya Demografik salohiyat Demografik siyosat Aholi soni Aholining tabiiy va mexanik o'sishi Aholining tug'ilish va o'lim ko'rsatkichlari. Aholining yosh tarkibi Aholining jins tarkibi Aholi migratsiyasi Iqtisodiy faol aholi Aholi bandligi Ijtimoiy infratuzilma 3 Demografik omilning ahamiyati 21 asrda iqtisodiy rivojlanish klassik modelining o'zgarishi. Yer, mehnat va kapital o'rniga tadbirkorlik va innovatsiyalar omilining oshib borishi. O'zbekiston sharoitida inson kapitaliga demografik salohiyat orqali yondashuv barqaror iqtisodiy o'sish omili sifatida. Ushbu omilning hisobga olinishi milliy xafsizlikni ta'minlash hamda ijtimoiy xatarlarning oldini olishdagi ahamiyati. 4 Aholi soni O'zbekiston aholisi 2019 yil 1 yanvar holatiga 33 254,1 ming kishini tashkil etdi. 2017 yilga nisbatan 1,8 foizga oshdi. Aholi soni 1990 yilga nisbatan 1,6 martaga ko'paydi. Shahar aholi soni jami aholi soniga nisbatan 50,5 foizni, qishloq aholi soni 49,5 foizni tashkil etdi. 2005 yilda O'zbekiston aholisi MDH mamlakatlari aholisining 9,6 foizini tashkil etgan bo'lsa, 2018 yilda ushbu ko'rsatkich 11,7 foizni tashkil etdi. 5 Aholi soni O'zbekiston mintaqalari kesimida 2019 yil 1 yanvar holatiga eng ko'p aholi soni Samarqand viloyatida 3798,7 ming kishini (Respublika aholi sonidagi ulushi 11,4 foiz), Farg'ona viloyatida 3683,1 ming kishini (11,1 foiz), Qashqadaryo viloyatida 3213,3 ming kishini(9,7 foiz) va Andijon viloyatida 3066,7 ming kishini (9,2 foiz) tashkil etdi. 6 Aholining tabiiy o'sishi Mustaqillik yillarida O'zbekistonda eng yuqori tug'ilish 2018 yilda, yani 768,3 ming bola, aksincha eng past - 2003 yilda, yani 508,5 ming bola qayd etilgani kuzatilgan. O'zbekistonda tug'ilish koeffitsiyenti 2018 yilda 23,3 promilleni tashkil etdi. Tug'ilish koeffitsiyenti yuqori darajasi 1991 yilda 34,5 promille, aksincha past koeffitsiyent - 2003 yilda, yani 19,8 promille kuzatilgan. 7 Aholining tabiiy o'sishi Tug'ilish koeffitsiyentining yuqori darajasi Surxondaryo (26,8 promille), Samarqand (26,2), Qashqadaryo (25,8), Jizzax (25,2), Namangna (24,4), va Andijon (23,8) viloyatlarida kuzatilgan. Tug'ilish koeffitsiyenti past mintaqalar: Toshkent shahri (18,6 promille), Toshkent viloyati (20,6), Buxoro viloyati (21,3), Qoraqalpog'iston Respublikasi (21,6). 8 Aholining mexanik o'sishi 2018 yilda Respublika bo'yicha ko'chib kelganlar soni 160 ming kishini, ko'chib ketganlar soni 176,2 ming kishini tashkil etdi. Migratsiya saldosi -16,2 ming kishini tashkil etdi. 2017 yilda -18,6 ming kishini tashkil etgan edi. Migratsiya saldosining yuqori darajasi Toshkent (- 5,6), ...

Joylangan
19 Mar 2024 | 11:46:02
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
93.14 KB
Ko'rishlar soni
163 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:38
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
19 Mar 2024 [ 11:46 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
93.14 KB
Ko'rishlar soni
163 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:38 ]
Arxiv ichida: pptx