ISh VAQTI Reja Ish vaqti tushunchasi Ish vaqtining normal muddati Ish vaqtining qisqartirilgan muddati Xodimlar uchun ish vaqtining qisqartirilgan muddati To'liqsiz ish vaqti Ish haftasining turlari. Ish vaqti rejimi Ish vaqtidan tashqari ish Bayram kunlari arafasidagi ishning muddati Ish vaqti tushunchasi Xodim ish tartibi yoki grafigiga yoxud mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq o'z mehnat vazifalarini bajarishi lozim bo'lgan vaqt ish vaqti hisoblanadi. Ish vaqtining normal muddati Xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan ortiq bo'lishi mumkin emas. Olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati etti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa sakkiz soatdan ortib ketmasligi lozim. Ish vaqtining qisqartirilgan muddati Ayrim toifadagi xodimlar uchun ularning yoshi, sog'lig'i holati, mehnatning shartlari, mehnat vazifalarining o'ziga xos xususiyatlari va o'zga holatlarni inobatga olib, mehnatga to'lanadigan haqni kamaytirmasdan, ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi. Ish vaqtining qisqartirilgan muddati quyidagilar uchun belgilanadi: 18 yoshga to'lmagan xodimlar (242-modda); I va II guruh nogironi bo'lgan xodimlar (220-moddaning uchinchi qismi); noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo'lgan xodimlar (117-modda); alohida tusga ega bo'lgan ishlardagi xodimlar (118-modda). 3 yoshga to'lmagan bolalari bor, byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta'minlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollar (228-1-modda). Xodimlar uchun ish vaqtining qisqartirilgan muddati Ish vaqtining haftasiga 36 soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati mehnat jarayonida sog'lig'iga fizikaviy, kimyoviy, biologik va ishlab chiqarishning boshqa zararli omillari ta'sir etadigan xodimlar uchun belgilanadi. Yuqori darajadagi his-hayajon, aqliy zo'riqish, asab tangligi bilan bog'liq, yani alohida tusga ega bo'lgan ishlardagi ayrim toifadagi xodimlar uchun (tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqalar) ish vaqtining muddati haftasiga 36 soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi. To'liqsiz ish vaqti Xodim bilan ish beruvchi o'rtasidagi kelishuvga binoan ishga qabul qilish chog'ida ham, keyinchalik ham to'liqsiz ish kuni yoki to'liqsiz ish haftasi belgilab qo'yilishi mumkin. To'liqsiz ish vaqti sharti bilan ishlash xodimning yillik asosiy mehnat tatilining muddatini, mehnat stajini hisoblashni hamda boshqa mehnat huquqlarini biron bir tarzda cheklashga asos bo'lmaydi va ishlangan vaqtga yoki ishlab chiqarilgan mahsulotga mutanosib ravishda haq to'lanadi. Ish haftasining turlari. Ish vaqti rejimi Ish haftasining turi (2 kun dam olinadigan 5 kunlik ish haftasi yoki 1 kun dam olinadigan 6 kunlik ish haftasi) va Ish vaqti rejimi (kundalik ish vaqtining (smenaning) muddati, ishning boshlanish va tugash vaqti, ishdagi tanaffuslar vaqti, sutka davomidagi smenalar soni, ish kunlari hamda ishlanmaydigan kunlarning navbat bilan almashinishi, xodimlarning smenadan smenaga o'tish tartibi) korxonada ichki mehnat tartibi qoidalari, boshqa lokal normativ hujjatlar bilan, bu hujjatlar bo'lmaganda esa, - xodim bilan ish beruvchining kelishuviga binoan belgilanadi. Xodimni surunkasiga ikki smena davomida ishga jalb ...

Joylangan
19 Mar 2024 | 11:46:02
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
39.24 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:40
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
19 Mar 2024 [ 11:46 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
39.24 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:40 ]
Arxiv ichida: pptx