TAQDIMOT MAVZUSI: ISHLAB CHIQARISH xarajatLARI VA ULARNI KAMAYTIRISH USULLARI. Reja: Kirish 1. Ishlab chiqarish xarajatlari mohiyati va ularning klassifikatsiyasi. 2.Xarajatlar va ularning grafikda ifodalanishi 3. Mahsulot tannarxini hisoblash usullari. 4. Ishlab chiqarish xarajatlari va uni pasaytirish yo'llari. Xulosa. . Kirish Mavzuning dolzarbligi:Bugungi bozor iqtisodiyoti davrida har bir korxona o'z foydasini maksimallashtirishga harakat qiladi.Buning uchun korxona o'z xarajatlarini minimallashtirib,daromadlarini esa maksimallashtirishi lozim.Shunda ichki bozorda raqobat oshadi va mahsulot sifati yaxshilanadi. Mavzuning obyekti: Ishlab chiqarish xarajatlari, o'rtacha o'zgarmas xarajatlar,doimiy xarajatlar, ularning ta'rifi hamda grafikda ifodalanishi mavzuning obyekti hisoblanadi. Mavzuning predmeti: cheklangan resurslarning oqilona taqsimlanishi, ularning firmalardagi ishlab chiqarish imkoniyatlariga ko'rsatadigan ta'siri, ishlab chiqarish hajmini oshirish yo'llari TADQIQOTNING MAQSAD VA VAZIFALARI Maqsad: Cheksiz ehtiyojlarni qondirishda cheklangan resurslardan oqilona foydalanish va ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish, shu orqali firmalarda ishlab chiqarish hajmini oshirish yo'llarini o'rganish tadqiqotning maqsadi hisoblanadi Mavzu doirasida quyidagi vazifalar belgilab olindi: - iqtisodiyotning bosh masalasini tahlil qilish - resurslar va mahsulot bozorida firmalar holatini o'rganish - ishlb chiqarish harjatlarini tahlil qilish - mahsulot tan narxini hisoblash yo'llarini o'rganish 1.Ishlab chiqarish xarajatlari mohiyati Ishlab chiqarish xarajatlari deganda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste'molchilarga yetkazib berishga qilinadigan barcha sarflar tushuniladi. Ishlab chiqarish sarf-xarajatlari tarkibiga xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg'i va energiya uchun qilingan xarajatlar, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi, foiz to'lovlari va boshqa xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf-xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday korxonani asosiy maqsadi foyda olishdir. Ammo ushbu maqsadni amalga oshirish, unga erishish, ishlab chiqarish xarajatlarini miqdori va korxona ishlab chiqaradigan mahsulotga bo'lgan talab bilan chegaralangandir. Ishlab chiqarish xarajatlari foydani asosiy chegaralovchisi va shu vaqtni ichida taklif hajmiga ta'sir etuvchi asosiy omil hisoblanadi. Mehnat nazariyasiga asosan K. Marks ishlab chiqarish xarajatlarini tovar ishlab chiqarishga sarflar (ish haqi, xom ashyo, yoqilg'i, mehnat qurollarini amortizatsiyasi) sifatida talqin etgan. Undan tashqari ishlab chiqarish xarajatlariga u savdodagi xarajatlarni ham qo'shgan. Birinchi xil xarajatlarni u ishlab chiqarish, ikkinchi xilini esa muomala xarajatlari deb atagan. Bunda u bozordagi ahvol va boshqa hollarni e'tiborga olgan. Marks tovarning qiymatini ishlab chiqarish xarajatlari tashkil etadi degan fikrga asoslangan. Iqtisodiy xarajatlar - korxona tomonidan resurslarni yetkazib beruvchilarga to'lov, shuningdek ishlab chiqarishni aniqlangan variantini amalga oshirish uchun xuddi shu korxona tomonidan qo'llanishini ta'minlovchi ichki xarajatlardir. Yuqorida berilgan ta'rifdan biz xarajatlarni tashqi va ichki turlarga bo'linishini ko'rishimiz mumkin. Tashqi xarajatlarga o'z mahsulotini ishlab chiqarish uchun zarur narsalarni ya'ni ish haqi, yoqilg'i, xom ashyo va shu kabilarga tushuniladi. Ichki xarajatlar bu xususiy korxona egasi ...

Joylangan
19 Mar 2024 | 11:46:02
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.51 MB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:40
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
19 Mar 2024 [ 11:46 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.51 MB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:40 ]
Arxiv ichida: pptx