Karera turlari va bosqichlari Dots. Xalmirzaev A.A. RYeJA Martaba tushunchasining mohiyati Martaba turlari Martaba modellari Martaba bosqichlari Kasbiy tanlov omillari Ishbilarmonlik martabasining motivlari Martabani tasniflanishi Karerogramma. Martabani boshqarish Martaba tushunchasining mohiyati Kadrlarni rivojlantirishni boshqarishning muhim yo'nalishi korxona xodimlarining martabasi rejalashtirishidir. Martaba atamasi umumiy manoda ijtimoiy, xizmat, ilmiy va boshqa sohalardagi muvaffaqiyatga erishishni anglatadi. Har bir shaxs - ichki va tashqi tashkiliy voqelikning o'ziga xos xususiyatlarini va, eng muhimi, o'z maqsadlari, istaklari va munosabatlarini hisobga olgan holda, o'z harakatining traektoriyasini-martabasini quradi. Martaba deganda, biz shaxsning ishidagi individual o'zgarishning ketma-ketligini tushunamiz, bu uning mehnat murakkabligining vertikal shkalasida yoki ishlarning, lavozimlarning ijtimoiy zinapoyasidagi pozitsiyasining o'zgarishi bilan bog'liq. Mehnat martabasi kasbiy-malakaviy o'sish yoki ishbilarmonlik martabasi tushunchalariga nisbatan kengroq tushuncha hisoblanadi. Shunday qilib, ishbilarmonlik martabasi - bu mehnat martabasining quyi turi-yani mehnat faoliyatining o'ziga xos turlari (biznes va tijorat)da ko'tarilish va muvaffaqiyatga erishish, foyda, daromad yoki boshqa shaxsiy manfaat keltirishi. Mehnat martabasining ikki turi mavjud: 1. Kasbiy martaba - bu xodimning kasbiy va malakali mutaxassis sifatida, uning butun hayoti davomida amalga oshiriladigan shakllanishi jarayonidir. Bu turli korxonalarda amalga oshishi mumkin. Ushbu martaba xodimning kasbiy faoliyati davomida shakllanishining turli bosqichlaridan o'tishi bilan tavsiflanadi: o'qishi, ishga yollanishi, kasbiy o'sishi, individual kasbiy qobiliyatlarni qo'llab-quvvatlanishi va pensiyaga chiqishini bildiradi. 2. tashkilot ichidagi martaba - bu bitta korxona ichida xodimning rivojlanish bosqichlarini izchil o'zgarishi. Kasbiy martaba quyidagi yo'nalishlar bo'yicha o'tishi mumkin: Ixtisoslik (kasbiy yo'lning boshida tanlangan faoliyatning bitta sohasini chuqurlashuvi); transprofessionalizatsiya (boshqa sohalardagi mahoratni ham egallashi). tashkiliy martaba to'rtta asosiy yo'nalish bo'yicha amalga oshiriladi; Shunga ko'ra uning quyidagi modellari ajralib turadi: 2.1. Vertikal martaba (strukturaviy ierarxiyaning boshqa darajasiga o'tish). O'z navbatida, u quyidagilarga bo'linadi: yuqorilab boruvchi martaba (xodimni martaba pog'onasiga ko'tarilishi); pastlab boruvchi martaba (xodimni martaba zinapoyasidan pastga siljishi). 2.2. Gorizontal martaba (tarkibiy ierarxiyaning bir xil darajasida faoliyatning boshqa funksional sohasiga o'tish; mavjud lavozimda huquq va majburiyatlarni kengaytirish). 2.3. Zinasimon martaba (gorizontal va vertikal martaba elementlarini birlashtiradi; xodimlarning ko'tarilishi gorizontal bilan vertikal o'sishni almashtirish orqali amalga oshiriladi). 2.4. Markazga intiluvchi martaba (xodimning korxona boshqaruviga yaqinlashuvi). Martaba modellari Martaba modellari Martaba bosqichlari Muvaffaqiyatli martaba omillari quyidagilar bo'lishi mumkin: insonga katta imkoniyat beradigan tasodif; faoliyat yo'nalishini tanlashga realistik yondashuv; oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati (ta'lim, aloqa) tomonidan yaratilgan imkoniyatlar; o'zining kuchli va zaif tomonlarini chiroyli bilish; aniq rejalashtirish. Kasbiy tanlovlar omillari Ishbilarmonlik martabasining quyidagi motivlari mavjud: 1. Mustaqillik(avtonomiya). Shunday qilib, inson mustaqillikni xohlaydi, hamma narsani o'z xohishi bilan qilishni istaydi. Korxonada yuqori mavqe, maqom, obro'-etibor beriladi, hamma u bilan hisoblashishga majbur. ...

Joylangan
19 Mar 2024 | 11:46:02
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
701.6 KB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:41
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
19 Mar 2024 [ 11:46 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
701.6 KB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:41 ]
Arxiv ichida: pptx