Mavzu. «ma'naviyat va iqtisodiyot ularning o'zaro bog'liqligi» Reja: 1.Iqtisodiyot va ma'naviyatning birligi 2.ma'naviyat va ma'rifat - iqtisodiy taraqqiyotga erishish sharti 3.Milliy mustaqillikning iqtisodiy va ma'naviy-ma'rifiy asoslari Iqtisodiyot - yunoncha so'zdan olingan bo'lib, uy xo'jaligini boshqarish degan manoni bildiradi. Iqtisodiyot - xalq xo'jaligi tarmoqlari, bo'limlari yig'indisi, sektorlari (sanoat, qishloq xo'jaligi, xizmat ko'rsatish) va davlat xo'jaligi bo'limlari, ishlab chiqarish sharoitlari va elementlarini o'rganuvchi fan tarmog'i hamdir. Iqtisodiyot - moddiy va ma'naviy hayotni, xalqning turmishini bildiradi. Har bir kishiga xo'jalikda va oilada tejamkor bo'lishi, mol-mulk qadriga etish, isrofgarchilikka yo'l qo'ymaslik, mehnat evaziga orttirilgan barcha narsalarga tejam va jonkuyarlik bilan munosabatda bo'lish, kelajakda haqiqiy uy egasi, chinakam xo'jayin bo'lishda yordam beradi. Davlat mol-mulkini ko'z qorachig'iday asrash, halol, pok, to'g'ri bo'lish kabilarni o'z ichiga oladi. Iqtisod - moddiy boyliklar va ma'naviy g'animatlarning mushtarakligidan iborat - ishlab chiqarish munosabatlarining yig'indisi - jamiyatning iqtisodiy bazasidir. Iqtisodiyot - juda keng va murakkab tushuncha. Unga birinchi navbatda shu mamlakat yoki jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlar kiradi, ularning tabiati mavjud mulkchilik munosabatlari bilan belgilanadi. Iqtisodiyot tushunchasiga mamlakatning ishlab chiqarish holati, uning joylashishi va dinamikasi (harakati) ham kiradi. U mamlakatning o'ziga xos xususiyatlari bilan bog'liq. Iqtisodiyot keng va tor manolarga ega: Keng manoda: Iqtisodiyot - eng avvalo odamlar faoliyati, ularning tabiatga bo'lgan o'zaro ta'siri natijasida moddiy nematlar yaratish va vujudga keltirishdir. Tor manoda: Iqtisodiyot - xalq xo'jaligini ayrim tarmoqlaridagi ishlab chiqarish, undagi natijalar, ularning taqsimlanishi va istemol qilinishi holatini ifodalaydi. Iqtisodiyot tuzilishida ikki muhim farq mavjud: 1) Makroiqtisodiyot - ijtimoiy xo'jalik, umummilliy iqtisodiyot, mamlakat miqyosidagi iqtisodiyot va u haqidagi ilmdir (yoki iqtisodiyotni rivojlantirish, uning hajmi, sifati, yalpi daromad, bandlik, tovarlar va xizmatlarni ko'paytirish muammolari haqidagi ilmdir). 2) Mikroiqtisodiyot - korxonalarda nematlar va xizmatlarni yaratish ularni istemol qilish hamda ular haqidagi ilmdir (yoki korxona, firmalar, yani iqtisodiyotning birlamchi, boshlang'ich bo'g'ini muammolari, mahsulot qiymati, tanarxi, ta'riflari haqidagi ilmdir. Iqtisodiy munosabatlar kishilik jamiyati rivojining barcha iqtisodiy davrlarida to'rt bosqichda bo'ladi: 1) nematlar yaratish; 2) taqsimlash; 3) ayriboshlash; 4) istemol qilish jarayonida ishlab chiqaruvchilar o'rtasida vujudga kelgan ishlab chiqarish munosabatlaridir. Tarixiy tajribadan malumki, iqtisodiyotni tashkil etish shakllari yoki iqtisodiyot tizimlari uch ko'rinishda bo'lgan. Natural iqtisodiy tizm - bu shaklda maqsad g'oyat cheklangan shaxsiy manfaatlarni qondirishdan iborat bo'lgan. Rejali (buyruqbozlik) iqtisodiyot tizimi. Bu shaklda bosh manfaat davlat manfaatidir. Shaxsiy yoki xususiy manfaat, iqtisodiy manfaat keyingi o'ringa suriladi. Shaxsiy yoki xususiy manfaatlar birinchi o'ringa qo'yilmas ekan, iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlik haqida o'ylash befoyda, chunki bevosita manfaatga erishish insonga individga xos ichki tug'yondir. Bozor iqtisodiyoti tizimi. Bu hozirgi vaqtda eng ...

Joylangan
19 Mar 2024 | 11:46:02
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
283.99 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:43
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
19 Mar 2024 [ 11:46 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
283.99 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:43 ]
Arxiv ichida: ppt