Mintaqaviy iqtisodoyot fanining nazariy asoslari

Mintaqaviy iqtisodoyot fanining nazariy asoslari

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Mintaqaviy iqtisodoyot fanining nazariy asoslari - rasmi

Material tavsifi

ma'ruzachi: Sodiqov Avazbek Madaminovich, i.f.d. Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Mavzu: Mintaqaviy iqtisodiyot fanining nazariy asoslari Mintaqaviy iqtisodiyot: Mintaqaviy rivojlanishning klassik nazariyalari Mintaqaviy iqtisodiyot nisbatan yosh fan bo'lishiga qaramasdan, u o'z ilmiy maktablari va yorqin namoyandalariga ega. Ayniqsa, Germaniya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Rossiya, AQSH va Fransiyada mintaqaviy iqtisodiyotning kuchli ilmiy maktablari va yo'nalishlari shakllangan. Mintaqaviy iqtisodiyotning nazariy asoslarining shakllanishida mutlaq va nisbiy ustunlik nazariyasi (A.Smit va D.Rikardo), hududiy ixtisoslashuv va mintaqalararo savdo nazariyasi (A.Smit va D.Rikardo, E.Xeksher, B.Olin), sanoat (A.Veber, V.Launxardt) va qishloq xo'jaligi shtandorti (Y.Tyunen) nazariyalari muhim o'rin tutdi. 2 Mintaqaviy rivojlanishning klassik nazariyalari Hududiy mehnat taqsimoti takror ishlab chiqarishning tavsifi va suratlariga, tarmoqlarni joylashtirish va ixtisoslashtirishga faol ta'sir ko'rsatadi va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning zarur sharti hisoblanadi. Shu sababli hududiy mehnat taqsimotining obyektiv qonuniyatlari hamda ishlab chiqarishni joylashtirish va ixtisoslashuv omillari hisobga olinishi zarur. Hududiy ixtisoslashuv va xalqaro savdo tamoyillari birinchi marta ingliz siyosiy iqtisodi klassiklari A.Smit, D.Rikardo hamda shved iqtisodchilari E.Xeksher va B.Olinning nazariyalarida asoslab berildi. Mazkur nazariyalar mintaqalarni ishlab chiqarishning arzonroq omillaridan foydalanadigan tovarlar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirish zarurligini asoslaydi. 3 Mintaqaviy rivojlanishning klassik nazariyalari Dastlab hududiy mehnat taqsimoti ta'limotini ingliz klassik iqtisodchilari A.Smit va D.Rikardolar yaratgan. Ular merkantilizmga qarshi ochiq, erkin savdo, yani fritredizm g'oyasini oldinga surishgan. Bu g'oyaning asosiy mohiyati har bir mamlakat yoki mintaqa o'zida nisbatan qulay va arzon mahsulotlarni chetga chiqarib, bu yerda ishlab chiqarish xarajatlari ko'p va qimmat mahsulotlarni sotib olishdan, import qilishdan iboratdir. Bunday fikrlash asosida mutlaq va nisbiy (qiyosiy) qulaylik yoki afzallik yotadi. Xuddi shunga o'xshash g'oya ishlab chiqarish omillari nuqtai nazaridan shved iqtisodchilari E.Xeksher va B.Olinlar tomonidan ham yaratilgan. Buning manosi-har bir mamlakat o'zida arzon omil mahsulotini chiqarib, qimmat omil mahsulotini chetdan keltirish demakdir. 4 Mintaqaviy rivojlanishning klassik nazariyalari XX asrning birinchi yarmida joylashtirish nazariyasi bilan iqtisodiy tafakkurning Stokgolm maktabi faol shug'ullandi; 20-30-yillar davomida T.Pallanderning asarlari mashhur bo'ldi. Birmuncha keyinroq G.Myurdal mintaqaviy o'sishni joylashtirish va mintaqaviy rivojlanishni tartibga solish nazariyasi rivojlanishiga hissa qo'shgan model yaratdi. Buyuk Britaniya maktabi mintaqaviy siyosat bo'yicha yirik tadqiqotchilar, shu jumladan D.Smit, X.Richardson, S.Dennison, E.Robinson, G.Kameron va boshqa bir qancha olimlar timsolida namoyon bo'ldi. Amerika maktabida esa X.Xotelling, R.Vernon, M.Stopler, R.Uolker joylashtirish nazariyasiga, J.Fridman, E.Taafe mintaqaviy o'sish nazariyasiga, E.Guver hududiy rivojlanishni davlat tomonidan tartibga solish nazariyasiga salmoqli ulush qo'shdilar 5 Mintaqaviy rivojlanishning klassik nazariyalari Buyuk Britaniya maktabi mintaqaviy siyosat bo'yicha yirik tadqiqotchilar, shu jumladan D.Smit, X.Richardson, S.Dennison, E.Robinson, G.Kameron va boshqa bir qancha olimlar timsolida namoyon bo'ldi. Amerika maktabida esa X.Xotelling, R.Vernon, M.Stopler, R.Uolker ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 102.49 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:44 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 102.49 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga